Meshkopchilar oilasi. Bu oilaga o`rtacha yoki yirik hajmdagi qushlar kiradi. Bo`yni va oyog’i uzun, dumi kalta va keng. Ularning 8 ta turi bor. Meshkopchilar, ya`ni saqoqushlarning suyaklari pnevmatik bo`lishi va terisi ostida havo bilan to`lgan bo`shliqlar borligidan suvga sho`ng’iy olmaydi, chunki suv uni po`kakdek suv betiga irg’itib chiqaradi. Saqoqushlar ham qoravoylar singari, asosan baliqlar, amfibiyalar va umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Uyalari qamishlar orasida, qoyali qirg’oqlarda bo`lib, koloniya holda yashaydi.
MDHning janubida, shu jumladan, O`zbekistonda saqoqushlarning ikki turi uya quradi, ya`ni binafsha saqoqush (Pelecans onocrotalus) va jingalak saqoqush (Pelecans crispus) (169-rasm).
Saqoqushlarning og’irligi 9-14 kg keladi. MDHda uchraydigan saqoqushlardan jingalak saqoqush, ya`ni oq saqoqush eng yirik qushlardan hisoblanadi.
Jingalak saqoqushning bo`yi 180 sm gacha, yozilgan qanotlarining kengligi 3 m gacha va og’irligi 12 kg gacha boradi. Issiq iqlimli mamlakatlarda yashaydi. MDHda, Qora, Kaspiy va Orol dengizlari qirg’oqlarida hamda Kavkaz va O`rta Osiyodagi katta daryolar va ko`llarda uchraydi.
Saqoqushlar suvda yaxshi suzadi. Qoravoylar bilan saqoqushlar birgalashib baliq ovlaydi., ya’ni ular o’rtasida simbiozlik namoyon bo’ladi. Ular yarim doira bo’lib tizilib,qoravoylar suv tagidan, saqoqushlar esa suv yuzasidan qirg’oqqa qarab qanotlarini qattiq qoqib suzadi va baliqlarni qirg’oqqa haydaydi hamda ikkala oilaga kiruvchi qushlar sayoz joyda baliqlarni tutib yeydi.
Laylaksimonlar (Ciconiiformes) turkumi. Bu turkum vakillari har xil kattalikdagi qushlar bo’lib, og’irligi 100 g gan 6 kg gacha boradi. 120 dan ortiq turlari bor. Ularning yirik, uzun va mustahkam bo’yni, tumshug’i va oyog’i bor. Suv bo’ylarida va botqoqliklarda yashaydi. Oyoqlaridagi barmoqlari 4 ta, oldingi 3 tasi orasida suzgich pardalari bo’lmaydi, agar bo’lsa ham u qisqa bo’ladi. Tumshuqlari turli shaklda bo’ladi. Patlari siyrak, sekin uchadi, uchganda oyoqlari dumidan keyinga chiqib turadi. Yer sharida deyarli barcha qit’alarda keng tarqalgan. Koloniya bo’lib uya quradi. Uyalarini qamishlarga, daraxt shoxlariga quradi, uyasining balandligi yarim metrgacha, diametri bir metrgacha boradi. Mart oyida tuxum qo’yadi. Uyada 2-8 ta tuxum bo’ladi. May oyining boshida tuxumdan jo’jalari chiqadi. Iyul oyining oxirida ular koloniya bo’lib yig’ilib, avgust, sentyabr oylarida uchib ketadi.
Laylaksimonlar tipik jish bolali qushlar hisoblanadi. Bu turkumga 3 ta oila kiradi: Laylaklar (Ciconidae), Ibislar (Threskiornithdae), Qarqaralar yoki Qo`tonlar (Ardeidae).
Do'stlaringiz bilan baham: |