L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet93/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

Qonning ivishi. Qon jarohatlanmagan tomirlar bo’ylab harakat qilar ekan, u suyuqligicha qoladi. Lekin tomir jarohatlanishi bilan jarohat yuzasida qon laxtasi hosil boiadi. Qon laxtasi (tromb) tiqin singari jarohatni qoplaydi, qon oqimi to’xtaydi va yara sekin-asta tuzaladi. Agar qon ivimaganida edi kichkina tirnalishdan ham odam qon yo’qotib o’lishi mumkin edi.
Qon me’yorda tomirlar ichida ivib qolmaydi, chunki unda ivishga qarshi omillar ham mavjud. Yangi tug’ilgan bola sonining ivishi juda sekin bo’ladi. Uchinchi kundan boshlab qonning ivishi tezlashadi va katta organizmdagi ko’rsatkichga yetib oladi. Kattalarda qon ivish tezligi 3—6 darajaga teng.
Odam qon tomiridan chiqqan qoni 3-4 daqiqada iviydi. Qonning ivishi organizmning muhim himoya reaksiyasi bo’lib h is o b la ­nadi, u qon yo’qotilishining oldini oladi va shu yo’1 bilan aylanib yuruvchi qon miqdorining doimiyligi taininlanadi.
Qon ivishining asosida qon plazmasidagi erigan holdagi fibrinogen oqsilining fizik-kimyoviy xususiyatlarining o’zgarishi yotadi. Qon ivish jarayonida fibrinogen oqsili erimavdigan fibringa aylanadi va u mayda nozik ipchalar shaklida korinadi. Fibrin ipchalari juda mayda turchalar hosil qiladi va unda qonning shaklli elementlari ushlab qolinadi. Qon laxtasi yoki tromb hosil bo’ladi. Sekin-asta qon laxtasining zichlashishi yuz beradi, zichlanish natijasida jarohatning chetlarini tortadi va shu yosh bilan jarohatning bitishini ta’minlaydi. Qon laxtasining qichlashishi paytida undan sarg’ich tiniq suyuqlik zardob ajraladi.
Qon laxtasining zichlashishida trombositlar muhim rolni o’ynaydi, ya’ni qon laxtasining siqilishini ta’minlovchi moddalarni saqlaydi. Bu jarayon sutning ivish jarayonini eslatadi, bunda ivituvchi oqsil bo’lib kaziyen hisoblanadi, malumki, pishloq hosil bo’layotgan paytda ham zardob ajralib chiqadi. Jarohatning bitish jarayonida fibrin laxtasi eriydi va surilib ketadi.
Yuryev (hozirgi Tartu) universitetining professori A. A. Shmidt 1861-yilda qonning ivish jarayoni fermentativ jarayon ekanligini aniqladi. Qon plazmasida erigan holdagi fibrinogenni erimaydigan fibrin oqsil holatiga olishi trombinfermenti ta’siri ostida amalga oshadi. Qonda doimiv holda jigarda ishlab chlqiladigan nofaol holdagi trombin-protrombin saqlanadi. Protrombin tromboplastin kalsiy tuzlari ishtirokida faol trombinga aylanadi, qon plazmasida kalsiy tuzlari mavjud. Trombopalstin esa aylanib yuruvchi qonda yo’q u trombositlarning yoki tananing boshqa hujayralarining parchalanishidan hosil bo’ladi. Tromboplastinning hosil bo’lishi ham murakkab jarayondir. Tromoplastinning hosil bo’lishida trombositlardan tashqari yana qonning ayrim oqsillari ham ishtirok etadi. Ayrim oqsillarni qon tarkibida bo’lmasligi qonning ivish jaravoniga keskin ta’sir etadi. Agarda qon plazmasida globulinlardan biri (yirik molekulali oqsillardan) bo’lmaganida gemofiliy kasalligi yuz beradi.
Gemofiliya bilan kasallangan odamlarda qonning ivishi keskin pasaygan bo’ladi. Hattoki kichkinagina jarohat ham ularda xavfli qon ketishini chaqirishi mumkin.
Oxirgi 30 yilda fan qonning ivishi haqidagi juda ko’plab yangi ma’lumotlar bilan boyidi. Qonning ivishida ishtirok etuvchi ko’plab omillar mavjudligi aniqlandi.
Qon ivish jarayoni asab tizimi va ichki sekretsiya bezlari garmonlari bilan boshqariladi. U ham barcha fermentativ jarayonlar singari tezlashishi yoki sekinlashishi mumkin. Agarda qon ketishida qonning ivish xususiyati qanday katta ahamiyatga ega bo’lsa, qon tomirlari bo’ylab aylanishida uning doimiy ravishda suyuq holda qolishi ham xuddi shunday ahamiyatga egadir. Tomirlar ichida qonning ivib qolishiga va u yerda tromblar hosil bo’lishiga olib keluvchi patologik holat qon ketishi singari kasallar uchun xavfli dir.
Yurakning vena tomirlarining trombozi (miokard infarkt), miya tomirlari trombozi o’pka arteriyasi trombozi va h. k. kasalliklarning mavjudligi hammaga ma’lum.
Organizmda qonning ivishiga qarshilik ko’rsatuvchi moddalar hosil bo’ladi. Xuddi shunday xususiyatga o’pka va jigar hujavralarida ishlab chiqiladigan geparin egadir. Qon zardobida hosil bo’ladigan fibrinni erituvchi ferment fibrinolizin oqsili topilgan.
Shunday qilib, qonda bir vaqtning o’zida ikkita: qonni ivituvchi va uni ivishdan saqlovchi tizimlar mavjuddir. Ma’lum darajadagi ushbu tizimlarning muvozanati tufayli tomirlar ichida qon ivimaydi. Jarohatlanganda va ayrim kasalliklar paytida bu muvozanat buziladi va qonni ivishiga olib keladi. Qon ivishini limon va otquloq kislotalarining tuzlari ivish uchun zarur bo’lgan kalsiy tuzlarini cho’ktiradi va bu jarayormi tormozlaydi.
Tibbiyot zulugining bo’yin bezlaridan juda kuchli ivishga qarshilik ko’rsatuvchi modda giriudin ishlab chiqiladi. Bular anntikoagulyantlar ham deb yuritiladi va ulardan tibbiyotda keng qo’llanilmoqda.
Bolalarning tug’ilgandan keyingi dastlabki kunlari qonini ivishi ancha sekin kechadi, ayniqsa, buni bola hayotining 2-kunida ko’rish mumkin. 3 kundan 7 kunlikkacha bo’lgan hayoti davomida qonning ivishi tezlashadi va voyaga yetgan odamlarniki normasiga vetadi.
Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda qon ivishining muddati shaxsiy o’zgarishga ega. O’rtacha qon ivishi 1-2 daqiqa-dan keyin boshlanadi, u odatda, 3-4 daqiqadan keyin tamom bo’ladi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish