Eritrotsitlarning cho’kish tezligi (ECHT). Qon shaklli elementlarining solishtirma og’irligi qon plazmasiga nisbatan yuqori bo’lganligi uchun, jontindirilganda ular cho’kadi. Eritrotsitlarning cho’kish tezligi erkaklarda bir soatda 1—10mm, ayollarda 2—15 mm ga teng. Yangi tug’ilgan bolalarda bir soatda 1—2 mm, uch yoshli bolalarda 2—17 mm, o’n yoshli bolalarda 12 mm dan oshmaydi.
5-jadval. Eritrositlaring cho’kish tezligi.
Maqsad
|
Norma
|
Bolalarda
|
Kattalarda
|
1 kun
|
1 oy
|
6 oy
|
12 oy
|
1-6 yosh
|
7-12 yosh
|
13-15 yosh
|
Erkaklarda
|
Ayollarda
|
ECHT, (СОЭ) ml
|
2 - 4
|
4 - 8
|
4 - 10
|
4 - 12
|
4 - 12
|
4 - 12
|
4 - 15
|
1 - 10
|
2 - 15
|
Leykositlar — qon hujayralari bo’lib, yadroli, ular maxsus ranglar bilan bo’yalib, donador va donasiz leykotsitlarga bo’linadi.
Donali leykotsitlar o’z navbatida eozinofil (2 — 4%), bazofil (0.5 — 1%) va neytrofillarga (63%) bo’linadi. Donasiz leykositlar—monotsit (6—8%) va limfotsitlarga bo’linadi. Bir millimetr kubda 4000—9000 leykotsitlar bo’ladi. Tibbiyotda turli kasalliklarda leykositlarning nisbati o’zgaradi. Malumki, leykositlarning bir — biriga nisbati foiz (%) hisobidagi holati—leykositar formula deb nomlanadi. Ba’zi bir patologiyalarda leykotsitlar soni va leykotsitar formula ham o’zgaradi.
Organizmning tashqaridan tushgan mikroorganizmlarga va toksinlarga qarshi kurashishida leykositlarning roli katta. Bu qon hujayralari amyoba kabi harakat qilib, o’ljasini o’rab oladi va parchalaydi. Bunday jarayon fagositoz deyiladi. Leykotsitlardan limfotsitlar immun mexanizmlarining yaratilishida ishtirok etadi va ular limfa tugunlarida hosil bo’ladi.
Neytrofil leykotsitlar suyakning qizililigida hosil bo’lib, ularning soni juda ko’p va ular, asosan, fagotsitoz vazifasini bajaradilar. Bitta neytrofil 20—30 ta mikrobni qamrab, parchalab yo’qotilishi mumkin. Monosit leykotsitlar taloq va jigarda hosil bo’ladi va ular ham fagotsitozda ishtirok etadi. Leykositlarning soni va leykositar formula organizmning yoshiga qarab o’zgaradi. Yangi tug’ilgan bola qonida kattalarnikiga nisbatan leykotsitlar bir mm kub hisobida yuqori (20000). Bir — ikki kunlik bolalarda yana ko’payadi (30000).
12-rasm. Leykotsitlarning turlari. 1-monositlar, 2-eozinofillar, 3-bazofillar, 4-T,B-limfositlar, 5-neyrofillar.
Ko’payishning sababi shuki, bola tug’ilayotganda tuzimalarda qon quyilish bo’lishi mumkin, ortiqcha to’qimalar tugish davomida paydo bo’lishi mumkin. Shularni yuqotishda leykotsitlar faol qatnashadilar. Postnatal hayotning birinchi haftalarida leykotsitlar soni 10000— 12000 gacha tushadi. O’n besh yoshlarda u katta organizmdagi darajasiga yetadi.
Leykotsitar formulada bir yoshgacha bo’lgan bolalarda limfotsitlar miqdori yuqori, neytrofillar past darajada bo’ladi. Besh—olti yoshlarda bu ko’rsatkichlar tenglashadi. Bolaning yoshi oshgan sari neytrofillar ko’payib, limfotsitlar kamayadi. Yosh bolalarning tez infeksion kasalliklarga duchor bo’lishi, birinchidan, neytrofillarning kamligi va ikkinchidan, ularning fagosit o’z faolligi yetarli darajada emasligidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |