L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Yurak ishini boshqaruvi. Simpatik va parasimpatik nerv tizimlarining yurak boshqaruvida ishtiroki. Yurak faoliyatiga gormonlar va anorganik ionlarning ta’siri



Download 5,47 Mb.
bet98/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

8.2 Yurak ishini boshqaruvi. Simpatik va parasimpatik nerv tizimlarining yurak boshqaruvida ishtiroki. Yurak faoliyatiga gormonlar va anorganik ionlarning ta’siri.
Yurak ishi, organizmning qon aylanishiga bo’lgan talabiga moslashib, o’zgarib turadi. Bu moslashuvni bir necha boshqaruv mexanizmlari ta’minlaydi. Ularning bir qismi yurakning o’zida - intrakardial yurak ichi mexanizmlari, qolganlari esa ekstrakardial yurakdan tashqari mexanizmlardir.
Intrakardial boshqaruvga hujayra mexanizmlari, hujayralararo aloqalarni idora qilish mexanizmlari va asab mexanizmlari, ya’ni yurakning o’zida ro’y beradigan reflekslar kiradi. Hujayraga aloqador boshqaruv mexanizmlari elektron mikroskopik tekshirishlar natijasida miokard sinsitiy emasligi, u, ayrim-ayrim hujayralar - miotsitlardan iborat ekanligini ko’rsatadi. Bu hujayralar, bir-biriga maxsus oraliq disklar yordamida bog’langan. Har qaysi hujayralarda, uning tarkibiy tuzilishi va funksiyasini ta’minlaydigan oqsillar sintezini boshqaruvchi mexanizmlar bor. Miokardning ishi ko’paysa, oqsilning sintezlanishi tezlashadi, aktin va miozin miqdorlari ko’payadi, miokard gipertrofiyaga uchraydi va ish qobiliyati ortadi. Hujayraga aloqador boshqaruv mexanizmlari yurakka ko’p qon quyilganda uning qisqarish kuchini oshiradi. Chunki, yurak miofibrillalari ko’proq cho’zilsa, aktin iplar miozin iplar oralig’ida ko’proq sirpanib chiqadi, faol ko’ndalang ko’prikchalar soni ortib, qisqarish kuchliroq bo’ladi. Bu «yurak qonuni» deb nom olgan.
Kardiomiotsitlarda moddalar almashuvi siklik tabiatga ega: sistola vaqtida ATF hamda glikogen tez parchalanadi va diastolada tiklanishga ulguradi. Yurakning ortiqcha ish bajarishga moslashish yo’llaridan biri - diastolani nisbatan uzaytirishdir. Miokard hujayralari o’z bioenergetikasini ta’minlab va boshqarib turuvchi moddalarni qondan yig’ib olib, protoplazmasida saqlash qobiliyatiga ega.
Hujayralararo boshqarish mexanizmlarida miokard hujayralarini bir-biri bilan bog’lab turuvchi oraliq disklar bir xil ko’rinadi. Bu disklarning ba’zi qismi, hujayralarni faqat mexanik ravishda bog’laydi. Ularning boshqa qismidan miotsit ichiga kerakli moddalar o’tadi. Oraliq disklarning uchinchi qismidan esa qo’zg’alish o’tadi. Disklarning bu qismini neksus deb ataladi. Neksuslar miokardni funksional sinsitiyga aylantiradi. Hujayralararo munosabatlarning buzilishi yurak mushak tolalarini asinxron qisqarishiga va aritmiyalarga olib keladi.
Yurak ichida periferik reflekslar mavjud bo’lib, bu reflekslar yoyi MAT ga emas, balki miokard ichidagi intramural tugunlarda ulanadi. Dendritlari miokarddagi va yurak tomirlaridagi cho’zilish retseptorlariga aloqador afferent neyronlar, oraliq va efferent neyronlar ana shu refleks yoyiga kiradi. Bu refleksni yurak-o’pka preparatida o’rganish mumkin. Agar o’ng bo’lmachaga ballon kiritib, unga havo yuborilsa, bo’lma miokardi cho’ziladi, unda joylashgan retseptorlar qo’zg’alib, chap me’dacha miokardining qisqarish kuchini oshiradi. Bu refleksning ahamiyati shundaki, biror sababga ko’ra yurakka oqib keladigan qon miqdori oshsa, chap me’dacha kuchliroq ishlab, yurakdan chiqadigan qon miqdorini oshiradi. Intrakardial reflekslar, ko’chirib o’tkazilgan yurak ishini idora qilishda juda katta ahamiyatga ega.
Ekstrakardial boshqaruv mexanizmlari. Yurak ishini boshqarishda MAT dan sayyor va simpatik asablar orqali keladigan impulslar yetakchi rol o’ynaydi. Bu impulslar yurak urishini chastotasi (xronotrop ta’sir), kuchi (inotrop ta’sir) va o’tkazuvchanligini (dromotrop ta’sir) o’zgartirishi mumkin.
Yurak faoliyatini uzunchoq miya va ko’prik yurak markazlari to’g’ridan-to’g’ri boshqaradi va ularning ta’siri sayyor va simpatik asablar bo’yicha yurakka uzatiladi (9.6-rasm).
Parasimpatik asab tizimining sayyor asabi yurakka atsitilxolin yordamida, simpatik asab esa noradrenalin yordamida ta’sir ko’rsatadi. O’ng sayyor asab tolalari asosan o’ng bo’lmachani va sino-atrial tugunni innervatsiyalaydi. Atrioventrekulyar tugunchaga chap sayyor asab tolalari kelib qo’shiladi. Shuning uchun, o’ng sayyor asab asosan yurakning urish tezligiga, chap sayyor asab esa ko’proq qo’zg’alishning atrioventrekulyar tugundan o’tishiga ta’sir qiladi. Me’dachalarning parasimpatik innervatsiyasi sust bo’ladi.




Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish