Kichik qon aylanish doirasi. Yurakning o’ng qorinchasidan o’pka arteriyasi bilan boshlanadi, O’pka arteriyasi orqali vena qoni o’pka kapillarlariga olib boriladi. O’pkada kapillarlar bilan o’pka alveolalari havosi orasida gazlar almashinuvi kechadi. O’pkadan to’rtta o’pka venalari orqali arterial qon chap bo’lmachaga qayariladi. Chap bo’lmachada qon aylanishining kichik doirasi tugaydi. Chap bo’lmachadan qon chap qorinchaga tushadi va qaysiki u yerdan katta qon aylanish doirasi boshlanadi.
Katta va kichik qon aylanish doiralari. Yurak va qon tomirlari faoliyatlari tufayli qonning aylanishi bajariladi. Tomirlar tizimi ikkita: katta va kichik qon aylanish doiralaridan iborat. Katta qon aylanishi doirasi yurakning chap qorinchasidan, qonni aortaga chiqarilishi bilan boshlanadi. Arterial qonning yo’li arteriyalar bo’ylab davom etadi, ya’ni yurakdan uzoqlashishiga qarab tarmoqlanadi va ulardan eng maydalari kapillarlarga shoxlanadi, ya’ni ularning qalin turi butun organizmni qamrab oladi. Kapillarlarning nozik yupqa devorlari orqali to’yimli moddalarni va kislorodni to’qimalararo suyuqliklarga beradi, hujayralarning hayot faoliyati mahsulotlari bu paytda to’qimalararo suyuqliklardan qonga tushadi, kapillarlardan qon mayda venalarga tushadi va ular qo’shilib ancha yirik venalar hosil qiladi va yuqorigi hamda pastki kovak venalarga qo’yiladi. Yuqorigi va pastki kovak venalar vena qonini, katta qon aylanish doirasi tugaydigan o’ng bo’lmachaga olib keladi.
Kichik qon aylanish doirasi. Yurakning o’ng qorinchasidan o’pka arteriyasi bilan boshlanadi, O’pka arteriyasi orqali vena qoni o’pka kapillarlariga olib boriladi. O’pkada kapillarlar bilan o’pka alveolalari havosi orasida gazlar almashinuvi kechadi. O’pkadan to’rtta o’pka venalari orqali arterial qon chap bo’lmachaga qayariladi. Chap bo’lmachada qon aylanishining kichik doirasi tugaydi. Chap bo’lmachadan qon chap qorinchaga tushadi va qaysiki u yerdan katta qon aylanish doirasi boshlanadi.
Arteriyalar devorlarining elastikligi.Qon oqimining pulsga bog’liq o’zgarishlari. Yurak har safar qisqarganda qon chap qorinchadan aortaning yuqoriga ko’tariluvchi qismiga faqat haydaalish davrida chiqadi. Bu yerda qon oqish tezligi aortaning qopqoqlari ochilganda tez ortib, davrning 1/3 qismi o’tganida eng yuqori darajaga yetadi. Haydalish davrining oxiriga borib qon oqishi to’xtaydi. Bo’shashish davri boshlanishidan aorta qopqoqlari berkilishigacha o’tgan vaqt ichida qon chap qorinchaga qayta oladi. Diastola vaqtida ko’tariluvchi aortada qon harakat qilmaydi. Tinch holatda bo’lgan odamning ko’tariluvchi aortasida qon oqish tezligi qon haydalish fazasining boshlarida 100 sm/s dan ko’proq bo’ladi. Bu davr butun olinganida, qon oqimining o’rtacha tezligi 70 sm/s chamasida. Yurakdan uzoqlashgan sari qon oqish tezligining o’zgarish amplitudasi asta-sekin kamayadi. Ammo ko’krak aortasida va periferik arteriyalarda ham diastola vaqtida qonning orqaga oqishi kuzatiladi. Arteriyalarning oxirgi shoxlarida va arteriolalarda qonning uzlukli oqishi asta-sekin uzluksiz qon oqishiga o’tadi.