L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Qonning yoshga oid xususiyatlari. Anemiya, turlari va uni oldini olish. Turli dorivor moddalarning qon tizimiga ta’siri



Download 5,47 Mb.
bet94/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

7.4 Qonning yoshga oid xususiyatlari. Anemiya, turlari va uni oldini olish. Turli dorivor moddalarning qon tizimiga ta’siri.
Qonning yoshga oid xususiyatlari. Homilaning uchinchi oyida jigar va taloq shakllanib, ular qon hosil qila boshlaydi.
Homiladorlikning ikkinchi yarmidan boshlab qon hosil qiluvchi asosiy a’zo—ilik o’z vazifasini bajara boshlaydi. To’rt oylikdan boshlab yassi suyaklardan qovurg’alar, to’sh suyagi, umurtqalar qon ishlab chiqara boshlaydilar. Yangi tug’ilgan bolada qon ishlab chiqarish biroz kamayadi, 10—13 yoshlarga kelib kuchayadi. Ontgenyez davomida qon miqdori o’zgarib boradi. Yangi tug’ilgan bola qonining umumiy miqdori tana vaznining 15 % ini tashkil qilsa, bir yoshli bolalarda 11 %, 14 yoshda 9 % va kattalarda 7 % tashkil qiladi.
Postnatal ontogenyezda muhim diagnostik ko’rsatkich—eritrotsitlarning cho’kish reaksiyasi (EChR) o’zgarib boradi. U chaqaloqlarda har soatiga 1 — 2 mm ni tashkil qilsa, uch yoshda 2-7 mm, un ikki yoshda 12 mm ga teng bo’ladi.
Qon gruppasi, qonning ivish tezligi ontogen yez davomida o’zgarmaydi. Qonning ivish tezligi 3 — 6 daqiqani tashkil siladi.
Bola organizmi o’sgan sari qon plazmasi tarkibidagi oqsillar ko’payib boradi. Embrion qancha yosh bo’lsa, uning yonida shuncha albumin ko’p va globulin kam bo’ladi. Shaklli elementlar soni postnatal ontogenezda o’zgarib boradi. Bir kunlik bola qonining 1 mm kubida 300—600 ming trombotsitlar bo’ladi. Bir yoshli bolalarda esa 200 —300 mingacha tushadi. Eritrotsitlar soni 1 mm kubda 1,5 marta kattalarnikiga nisbatan ko’p bo’ladi. Shunga ko’ra, gemoglobin ham yosh orgnizmda ko’proq bo’ladi. Yangi tug’ilgan bola qonida trombotsitlar juda ko’p bo’ladi (25000 — 30000). Bir haftadan keyin trombotsitlar soni 1mm kubda 10— 12 minggacha tushadi.
Qon kamligi va uning oldini olish. Qon tizimi juda murakkab bo’lib, qonning o’zi, qon yaratuvchi a’zolar, qon yemirilishini ta’minlovchi a’zolar va bu tizimni boshqaruvchi mexanizmlarni o’z ichiga oladi. Qon yaratuvchi a’zolar ikki muhim vazifani bajaradi: qonning shaklli elementlarini yaratadi va immunitet bilan ta’minlaydi. Ular markaziy va periferik a’zolarga bo’linadi. Qizil suyak ko’migi va ayirsimonbez (timus) odamning markaziy qon yaratuvchi a’zolarini tashkil qilsa, periferik a’ zolarga limfa tugunlari, taloq va tananing turli qismlaridagi limfoid tuzimalar kiradi. Bu a’zolarning Hammasida yoshga bogliq sezilarli o’zgarishlar kuzatiladi. Suyak ko’migi. Bola tug’ilganidan keyin uning qon aylanishida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ladi. Kichik qon aylanish doirasi ishga tushadi, qonga bo’lgan ehtiyoj ortadi. Bu o’zgarishlar qon yaratilish tezlashishini talab qiladi. Chaqaloqlik davrida qon hujayralari asosan qizil ko’mikda rivojlanadi. Uning miqdori chaqaloq va kichik yoshdagi bolalarda katta yoshdagi odamlarnikiga nisbatan tana massasining 1 kilogrammiga hisoblaganda 2 — 2.5 marta, chunki naysimon va yassi suyaklarning g’ovak moddasi va bushlig’ini qizil ko’mik to’la egallagan. Bola 4 yoshga yetganda naysimo suyaklardi afizidailik (sariq koo’mik) paydo bo’ladi va balog’atga yetish davridailik suyaklarning o’rta bo’shligini to’ldiradi. Sariq ko’mik qonning yaratilishida — gemopoezda ishtirok etmaydi.
Qonning shaklli elementlarini yaratuvchi o’zak hujayralarining asosiy qizmi qizil ko’mikda joylashgan.
Limfoid kompleks — unga ayirsimon bez (timus), limfa tugunlari, taloq, ko’mik va hazm tizimidagi limfoid to’qimalar kiradi. Bolalar orasida timus alohida o’rin tutadi.
Qon kamligi (anemiya) eritrositlar va ular tarkibidagi gemoglobinni kam ayib ketishidir. Anemiya bolalarda turli kasalliklar natijasida va yashash sharoiti yomonlashganda kuzatiladi.
Bolalarda kam qonlik bosh og’rigiga, bosh aylanitpiga olib keladi va bolalarning ishchanlik qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Bunday bolalar kasallik keltirib chiqaruvchi infeksiyalarga bardosh bera olmay doimo kasallikka chalinib yuradi. Kam qonlikning oldini olish uchun kun tartibini to’g’ri rejalash, ratsional ovqatlanish (oqsil, yog’, karbon suv, vitaminlar va mineral tuzlar balanslangan bo’lishi kerak), o’tishda va ishda charchashga va o’ta charchashga yo’l qo’ymaslik kerak. Anemiyasi bor bolalarni ochiq havoda dam olish, harakatli o’yinlarga jalb etish lozim.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish