Kreator faoliyat. Qonning bu faoliyatini boshqaruv faoliyatining bir qismi deyish mumkin. Bu faoliyat qon plazmasi va shaklli elementlarning axborotga ega makromolekulalarni tashishda ishtirok etishidan iborat. Bu makromolekulalar tegishli joyga yetkazilgandan keyin oqsil sintezi, hujayralarning bo`linishi va boshqa jarayonlarga ta’sir ko’rsatadi.
Gomeostatik faoliyat. Qon suyuqliklar pHi, osmotik bosimi, elektrolit tarkibbi, organik moddalar miqdori va boshqa ko’rsatkichlarning barqarorligini saqlab turadi va hokazo. Bu masalalar keyin batafsil ko’riladi.
Haroratni boshqarishdagi ishtiroki. Hujayra, to’qimalar faoliyati natijasida uzluksiz ravishda issiqlik hosil bo`lib turadi. Bu issiqlikning ko’p qismi ichki yirik a’zolarga (jigar, chuqur joylashgan muskullar, yurak) to’g’ri keladi. U bevosita tashqi muhitga ajralmaydi. Bu a’zolarning tomirlaridan o’tayotgan qon ma’lum darajada isiydi va issiqlikni organizm bo’ylab tarqatadi. Qon harorati sezilarli darajada oshsa, gipotalamusdagi termoretseptorlar qo’zg’alb, haroratni boshqarib turadigan mexanizmlar faolligi oshadi. Natijada teri qon tomirlari kengayadi, ter ajralishi kuchayadi, issiqlikni yo’qotish tezlashadi.
Himoya faoliyati. Bu faoliyatning yuzaga chiqishida qonning turli tarkibiy qismlari istirok etadi. Himoya faoliyati eng avvalo yuqumli kasalliklarni paydo qiladigan mikroblarning yemirilishini ta’minlashda (hujayra immuniteti) va ana shu mikroblarga hamda ularning zaharlariga qarshi antitelolar ishlab chiqarishdan (gumoral immunitet) iborat. Qonning ivishi ham himoya reaksiya hisoblanadi.
Qonning miqdori va tarkibi.
O’sib borayotgan organizmda qon miqdori o’zgarib boradi. Qon miqdori tana massasiga nisbatan hisoblanganda bolalarda kattalarga nisbatan ko’proqdir.
2-jadval. Bolalarda, o`smirlarda va kattalarda qonning miqdori
Qon miqdori
|
Bolaning yoshi
|
5-7 kun
|
1-11 yosh
|
12-16 yosh
|
Tana massasiga nisbati (% da)
|
14.7
|
10.9
|
7.0
|
1 kg tana massasiga nisbati (ml da)
|
150
|
110
|
70
|
Yangi tug’ilgan bolalarda qon tana vaznining 14,7%, bir yoshli bolalarda — 10.9%, o’smirlarda — 7% tashkil qiladi. Bolalarda qonning miqdori nisbatan yuqori bo’lishining asosiy sababi—bu yoshda modda almashinuvining jadal sur’atda bo’lishidir. Kattalarda 60 — 70 kg vaznga 5.0 — 5.5 litr qon to’g’ri keladi. Odatda, qonning bir qismi qon tomirlarida aylanib yuradi, qolgan qizmi qon saqlovchi organlarda — depolarda (taloq tomirlari, teri, jigar va o’pkalar) saqlanib turadi. Zaruriyat tug’ilganda, masalan, qon yuqotilganda, jismoniy ish bajarilayotganda depodagi qonlar ham qon tomirlariga o’tib o’z vazifasini bajaradi.
Qon plazmasi Artyerial qonga ivishdan saqlovchi vosita yutib, bir shisha idishda saqlasak, u ikkita har xil rangdagi suyuqliklarga ajraladi.
Yuqori sarg’ish rangli suyuq qavati—plazma va pastki to’q qizil rangli suyuqlik cho’kma qavati — shaklli elementlardir. Shaklli elementlar — qon hujayralarining hayotiy vaqti har xil va uzoq emas. Qon shaklli elementlari qizil ilikda, limfa tugunlarida va taloqda hosil bo’ladi. Qon plazmasi va shaklli elementlarning hajmiy nisbatida taxminan 55% ini plazma, 45% ini shaklli elementlar tashkil qiladi. Bolalarda shaklli elementlar ko’proq.
Do'stlaringiz bilan baham: |