Nazorat savollari:
1. Ichki sekretsiya bezlarining yoshga oid xususiyatlarini tushuntiring.
2. Endokrin bezlarining boshqa bezlardan farqi nimada?
3. Bolalarning o’sishi va rivojlanishida ichki sekretsiya bezlarining qanday ahamiyati bor?
4. Garmonlarning bolalar organizmi uchun qanday ahamiyati bor?
5. Tireoid garmonlarning biologik sintezi nima bilan bog’liq?
6. Gipofiz va epifiz garmonlari qanday ahamiyatga ega?
7. Katexolaminlarning bolalarning o’sishi va rivojlanishidagi roli qanday?
8. Bolaning immun tizimi takomillashuvida ayrisimonbez qanday ahamiyatga ega?
9. Jinsiy bezlar qanday bez hisoblanadi ?
10. Garmonlarning balog’atga yetish davridagi ahamiyati nimadan iborat?
7-MAVZU. QON TIZIMINING YOSHGA OID FIZIOLOGIYASI VA GIGIENASI
Tayanch tushunchalar: Qon, limfa, eritrotsit, leykotsit, trombotsit, qon deposi, muhit, vorsinka", plazma, gemoglabin, SOE, immunitet.
7.1 Qon tizimi. Qon funksiyalari. Qonning miqdori va tarkibi. Qon plazmasi. Qonning bufer sig`imi.
Qon tizimi. Qon, limfa va tizimi suyuqliklari organizmning ichki muhitini tashkil qiladi. Qon kuchsiz ishqoriy muhitga ega bo’lgan suyuqlik bo’lib, solish tirma og’irligi 1,054 — 1,066 ga teng.
Qonning ahamiyati. Qon bir qator muhim funksiyalarni bajaradi. Qon ichakdan shimilib o`tgan oziq moddalarni butun tana bo’ylab tarqatib, ozuqa vazifasini bajaradi. Organizmga tashqaridan kelgan ozuqa qonga, qondan limfaga va so’ng tuzima suyuqligiga tarqalib, har bir hujayragacha yetib boradi. Kislorodni qabul qilib karbonat angidridni o’zidan chiqarish bilan bog’liq funksiyasi qonning nafas funksiyasi deb nomlanadi. O’pka kapillyarlarida qon kislorodga tuyinib, karbonat angidriddan bo’shaydi. Har xil tuzima va a’zolarning kapillyarlaridan o’tib, qon o’zidagi kislorodni tarqatib, karbonat angidridga tuyinadi. Ichki nafasni — to’qima va hujayralarda gazlar almashinuv jarayonini qonsiz tassavur etib bo’lmaydi. Qon ajralish vazifasini ham o’taydi. Moddalar va energiya almashinuvi natijasida hosil bo’lgan keraksiz moddalar to’qima suyuqligiga ajralib, qonga o’tadi, qondan buyraklarga, ter bezlariga, o’pkalarga o’tib organizmdan chiqarilib yuboriladi. Qon himoya vazifasini ham bajaradi. Tashqaridan kelgan mikroblarni, zazarli moddalarni qon hujayralaridan leykotsitlar parchalab, zararsizlantiradi. Qonning yana bir vazifasi bu funksiyalarning gumoral boshqaruvida ishtirok etishidir. Turli garmonlar, biologik faol moddalar va boshqa birikmalar qonga tushib, tegishli a’zo va tizimlarning faoliyatiga ta’sir qiladi. Qon organizmning issiqliz almashinuvida — termoregulyatsiyasida ham ma’lum rol o’ynaydi. U barcha chetki a’zolarga oqib borar ekan, o’zi bilan issiqlikni ham olib boradi. Qon teri kapillyarlarda faol harakatlanganligi uchun ortiqcha harorat nurlanish yo’li bilan teridan tashqariga chiqariladi. Qon transport vazifasini ham bajaradi. Bu funksiya qonning doimiy harakati tufayli amalga oshadi. Qon bilan o’zi ham oddalari (aminokislotalar, trigliyeridlar, karbon suvlar), ionlar, gazlar, garmonlar va boshqa biologik faol moddalar tashiladi va tuzima va hujayralarga yetkazib beriladi. Qon doimiy harakatda bo’lganligi uchun, barcha a’zolar va tizimlarni bir —biri bilan bog’laganligi uchun ichki muhit tarkibining doimiyligini bir maromda ushlab turadi. Organizmda qon bosimi, tana harorati, qonning osmotik bosimi, oqsil va shakar miqdori, kaliy, natriy, kalsiy, xlor va boshqa ionlar konsentrasiyasi gomeostaz kompleks dinamik jarayonlar tufayli saqlanib turadi. Gomeostaz nerv va gumoral yo’l bilan bosh qariladi. Ichki muhit doimiyligini saqlashda nafas olish, yurak—tomir, ovqat hazm qilish va ayirish tizimlarining roli katta bo’lsa ham, qon ular o’rtasida funksional muhim vositachi hisoblanadi.
Qon suyuq to’qima bo`lib, plazma va shaklli elementlardan tashkil topgan. U tomirlar doirasida uzluksiz harakat qilganidan organizmda asosan tashuvchi vazifasini bajaradi. Tashiladigan moddalarning tabiati va ahamiyatiga qarab, qonning quyidagi vazifalari tafovut qilinadi:
1) nafas oldirish;
2) ovqatlantirish;
3) ekskretor;
4) boshqaruv;
5) kreator boshqarishlarni ta’minlash;
6) gomeostatik;
7) haroratni boshqarish;
8) himoya.
Do'stlaringiz bilan baham: |