4-topshiriq.
1.Hujaraning osmotik bosimi nima?
1-javob. Osmotik bosim, diffuziya bosimi — suyuklikda erigan moddaning diffuziya harakati tufayli paydo boʻladigan bosimi. Osmotik bosim eritmada erigan modsaning konsentratsiyasini oʻta kamaytirish uchun erituvchining eritmaga soʻrilishini yuzaga keltirib chiqaradi.
2.O’simliklarning suvga bo’lgan ehtiyoji qanday aniqlanadi?
2-javob. O'simlikning suvga bo'lgan ehtiyoji osmotik bosim orqali aniqlanadi.
3.O’simlik hujayrasi osmotik bosimini qanday aniqlash mumkin?
3-javob. O‘simliklar hujayra shirasining osmotik bosimini laboratoriya sharoitida plazmoliz usulida aniqlaniladi.
4.Gipotonik, gipertonik va izotonik eritmalar qanday eritmalar?
4-javob. O‘simlik to‘qimasi tushirilgan eritmalar konsentratsiyasining ilgarigi holatiga nisbatan ortishi yoki kamayishi mumkin. Osmotik bosim bir xil boʻlgan eritmalar izotonik eritmalar, agar bir eritmaning Osmotik bosimi boshqasinikiga nisbatan yuqori boʻlsa, gipertonik, past boʻlsa gipotonik eritma deyiladi.
Izotonik nuqtada hujayraning shimish kuchi nolga teng bo‘ladi.
5.Hujayraning osmotik bosimi yuqori ko’rsatkichga ega bo’lishi nimaga bog’liq?
5-javob. Hujayraning osmotik bosimi yuqori ko'rsatkichga ega bo'lishi uning shimish kuchi va konsentratsiyaga bog'liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |