Qon reaksiyasi. Qonning faol reaksiyasi plazma tarkibida vodorod va gidroksilionlarining miqdoriy nisbati bilan aniqdanadi. Arteriya qonning reaksiyasi pH — 7,40 bo’lsa, vena sonida pH — 7,35 ga tengdir. Organizmda bo’ladigan ko’pgina biokimyoviy, biofizikaviy hodisalar shu qon reaksiyasi bilan chambarchas bog’liqdir, chunonchi, to’qima va hujayralarda bo’ladigan oksidlanish — qaytarilish reaksiyalari asosiy oziq moddalar — oqsillar, yog’lar va uglevodlarning parchalanishi natijasidir. Shuning uchun ham qon reaksiyasining oz bo’lsada, me’yordan o’zgarishi bir qator zararli oqibatlarga olib kelsa, bu sohadagi kuchli o’zgarishlar esa organizmning halok bo’lishiga olib keladi. Qon reaksiyasining doim bir xil saqlanishini uning bufer tizimi va ayirish a’zolari ta’minlaydi.
Qonning bufer tizimi. Qon reaksiyasining doim birdek bo’lishini ta’minlovchi omillar kuchsiz kislota va kuchsiz asoslardan tashkil topgan bufer tizimlaridir. Bunga karbonat kislota va natriybi karbonatlardan iborat bo’lgan karbonat bufer tizimi; bir va ikki asosli natriy ortofosfatlardan iborat bo’lgan fosfat bufer tizimi; gemoglobin va gemoglobinning kaliyli tuzidan iborat bo’lgan gemoglobin bufer tizimi va plazma tarkibidagi bi qator oqsil moddalar ham bufer xususiyatga ega. Qonning buferlik xususiyati asosan uning tarkibidagi gemoglobin va gemoglobin tuzlari miyedoriga bog’liq. Bufer tizimlari qon muhitini bir darajada ushlab turishda ishtirok etadi.
7.2 Qizil qon tanachalari, eritrotsitlar. Gemoglobin. Eritrotsitlarning hosil bo’lishi. Leykotsitlar nisbatining ontogenezda o’zgarishi.
Qonning shaklli elementlariga eritrotsitlar, leykotsitlar va qon plastinkalari — trombotsitlar kiradi.
Eritrositlar qizil rangli disk shaklidagi yadrosiz hujayralardir. Sut emizuvchilardan faqat odam eritrositlari yadrosizdir. Eritrotsitlarning rangi qizil bo’lishiga sabab, tarkibida temir ionini tutuvchi oqsil — gemoglobinning borligidir. Erkaklarning 1 mm kub qonida 4.5 — 5.0 mln, ayollarning shu hajmdagi qonida 4.0 —4.5 mln eritrotsitlar bo’ladi. Ontogenyezda eritrotsitlar soni o’zgaradi. Yangi tug’ilgan bolada 1 mm kub qonda 7 mln, 5—6 kunligida bir oz kamayadi, 3—4 yoshli davrda yana ko’payadi va 8 yoshlardan boshlab kattalarning darajasiga yetadi. Eritrotsitlar qizililikda yetiladi va ularning miqdori tashqi muhit sharoitiga bog’liq Kislorod kam bo’lgan sharoitda (masalan, tog’lik rayonlarda) yashagan odamlarda eritrotsitlar ko’p bo’ladi. Bunday o’zgarishlar eritrotsit tarkibidagi gemoglobinga bog’liq. Eritrotsitlar nafas olishda, ya’ni karbonat angidrid va kislorod gaz molekulalarni tashishda ishtirok etadi. Gemoglobin gem va oqsil globindan tarkib topgan. Gem ikki valentli temirni o’z ichida saqlab, kislorod bilan birikib mustahkam bo’lmagan beqaror birikma oksigemoglobinni hosil qiladi. Kapillyarlarda oqsigemoglobin gemoglobin va kislorodga tezda parchalanib, kislorod bilan hujayralar tuyinadi.
Gemoglobin esa hosil bo’lgan karbonat angidrid bilan birikib karbogemoglobini hosil qiladi va o’pkada u dissosiasiyaga uchrab karbonat angidrid ajraladi. Hosil bo’lgan karbonat angidrid nafasdan chiquvchi havo bilan atmosferaga chiqib ketadi. Gemoglobin kuchli oksidlovchi moddalar bilan birikib (masalan, Bertole tuzi, atomar kislorod) mustahkam birikma metgemoglobinni hosil qiladi.
Agar gemoglobin is gazi bilan biriksa, u karboksigemoglobin birikmasini hosil qiladi. Bu birikma ham juda mustahkam. Metgemoglobin va karboksigemoglobinlar gazlar tashishida ishtirok eta olmaganligi uchun organizmda kislorod yetishmovchiligini keltirib chiqaradi, organizm o’zini buzilganday —his etadi. 100 ml sonda 16.7 g gemoglobin bo’lsa 100% deb hisoblanadi. Lekin kattalarning qonida gemoglobin 60 — 80% ni tashkil qiladi. Qonning tarkibida eritrotsitlar soni 3 mln dan, gemoglobin esa 60% dan kam bo’lsa kam sonlik yoki anemiya kasalligi kelib chiqadi .
Eritrotsitlarning umri 30 kundan 90 kungacha bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |