Yurak sikli. Yurak ritmik ravishda qisqaradi: yurak bo’lmalarining qisqarishi uning bo’shashishi bilan navbatlashib turadi. Yurak bo’lmalarining qisqarishi sistola deb atalsa, uning bo’shashishi esa diastola deb ataladi.
Yurakning bir marta qisqarishi va bir marta bo’shashishini qamrab olgan, muddat yoki davr yurakning ish sikli deb ataladi. Nisbatan tinchlik davrda voyaga yetgan odamlarning yuragi bir daqiqada 75 marta qisqaradi. Bu esa, bir siklni bajarilishi uchun 0.8 soniya vaqt sarflanadi deganidir (60:75).
Yurakning har bir ish sikli uch fazadan iborat: birinchi bo’lmachalarning qisqarishi, bo’lmachalarning sistolasi (0,1s davom etadi); ikkinchi qorinchalarning sistolasi (0.3s davom etadi); uchinchi umumiy pauza (0,4 s davom etadi).
Katta jismoniy ish bajarganda yurak daqiqasiga 75 marta emas balki tezroq qisqaradi, bu paytda umumiy pauzaning davomiyligi qisqaradi.
Qonning sistolik va daqiqalik hajmi. Voyaga yetgan odam tinch turgan paytida uning yuragi qisqarganda har bir qorincha arteriyalarga 60-80sm qonni havdaydi. Qorinchalarning bir marta qisqarishi natjasida haydalgan qonning miqdori zarbli yoki sistolik hajmi deyiladi. Chap va o’ng qorinchalar doimo bir xil miqdordagi qonni haydaydi. Yangi tug’ilgan bolaning yuragi bilan aortaga haydalgan qonning miqdori bor-vo’g’i 2,5 sm’ni tashkil etadi, bir yoshga to’lganda uning miqdori 4 martaga, yetti yoshda esa 9 marta, 12 yoshda esa 16,4 martaga ortadi. Yurakning qisqarish chastotasi yangi tug’ilgan bolalarda 1 daqiqada 140 martagacha yetgan bo’lsa, 13 yoshga kelib bu ko’rsatkich 80 martagacha pasayadi. 1 daqiqa davomida yurakdan haydalgan qonning miqdori daqiqalik hajm deyiladi.
Bu ko’rsatkichlar voyaga yetgan odamlarda o’zaro mos holda 72 va 60 ham undan ko’proqni tashkil etadi.
Sistola paytida qorinchalardan haydalgan qon miqdorini va 1 daqiqadagi yurakning qisqarish sonini bilgach, yurakning daqiqalik hajmini aniqlash juda oson. Agar yurakning sistolik hajmi 70 sm 3ga teng bo’lsa, yurakning qisqarish soni daqiqasiga 75 marta bo’lsa, daqiqalik hajm 70.75 = 5250 sm3 ga teng bo’ladi. Sport bilan shug’ullangan odamlarda yurakning daqiqalik hajmining ortishi asosan, sistolik hajmning kattalashishi hisobiga yuz beradi, bu paytda qisqarish sonini jiddiy bo’lmagan holdagi tezlashishi kuzatiladi. Mashq qilmagan odamlarda qonning daqiqalik hajmi, faqatgina yurak isbining tezlashishi hisobiga ortadi.
Ma’lumki, yurakning qisqarish chastotasi tezlashgan paytda yurakning umumiy pauzasining davomiyligi qisqaradi. Bu xulosadan shu narsa kelib chiqadiki, sport bilan shug’ullanmagan odamlarda yurak unchalik ham samarali ishlamaydi va juda tez charchaydigan bo’ladi. Sportchilarda yurak qon tomirlari kasalliklari bilan sport bilan shug’ullanmagan odamlarga nisbatan ancha kam kasallanishi hech kimga sir emas. Juda yaxshi mashq qilgan sportchilarda yurakning sistolik hajmi 200-250 sm3 gacha yetishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |