L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet95/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

Nazorat savollari

  1. Qоnning vаzifаlаri.

  2. Qоnning fizik vа хimiyaviy хususiyatlаri.

  3. Qоnning bоlа vа kаttа yoshli оdаmdа miqdоri vа qоn tоmirlаrdа hаrаkаtlаnishi.

  4. Qоn хususiyatlаrining yoshgа qаrаb o`zgаrishi.

  5. Qоn plаzmаsining хususiyatlаri.

  6. Qоn shаklli elеmеntlаri.

  7. Eritrоtsitlаrning tuzilishi vа аhаmiyati.

  8. Qоnning cho`kish rеаktsiyasi (SОE) nimа?

  9. Lеykоtsitlаrni оrgаnizm ichki muхitidаgi tutgаn o`rni.

  10. Trоmbоtsitlаrni аhаmiyati.

  11. Immunitеt nimа?


8-MAVZU. YURAK-QON TOMIR TIZIMINING YOSHGA OID FIZIOLOGIYASI VA GIGIENASI
Tayanch tushunchalar: Yurak, arteriya, aorta, Gis, Purkinye, ikki va uch tabaqali klapanlar, puls.
8.1 Qon aylanishining ahamiyati. Yurak, uning kameralari, uch tabaqali va ikki tabaqali klapanlari. Yarimoysimon klapanlar. Yurak tonlari. Yurak ishi. Yurakning o’tkazuvchi tizimi. Yurak sikli.
Qon aylanishining ahamiyati. Qon o’zining hayotiy zarur funksiyalarini doimiy harakatda bo’lgandagina bajara oladi. Qonning organizmdagi harakati uning tinimsiz aylanishi qon aylanishining mohiyatini tashkil etadi. Organizmning ichki muhitini doimivligini qon aylanishi tizimi a’zolari ta’min etadi. Qon aylanishi tufayli barcha a’zolarga va to’qimalarga kislorod to’yimli moddalar, tuzlar, garmonlar, suv olib boriladi va organizmdan almashinuv mahsulotlari chiqariladi. To’qimalarni issiqlikni juda past o’tkazganligi sababli, issiqlikni odam tanasidagi a’zolardan teriga va tashqi muhitga o’tkazilishi, asosan, qon aylanishi hisobiga bajariladi. Organizmni va uning barcha a’zolarining faoliyati qon aylanish a’zolari funksiyasi bilan chambarchas bog’liq.
Yurak, uning kameralari, uch tabaqali va ikki tabaqali klapanlari.
Yurak ikkita bo’lmacha va ikkita qorincha: to’rtta kameradan iborat kovak organdir. Yurakning o’ng va chap qismlari bir-biridan uzluksiz to’siq bilan bo’lingan. Bo’lmachalardan qorinchalarga, qon to’siqlardan bo’lmacha va qorinchalar orasidagi teshiklardan o’tadi. Teshiklar klapanlar bilan jihozlangan bo’lib, ular faqat qorinchalar tomonga ochiladi. Klapanlar tutashuvchi tabaqalardan hosil bo’ladi va shuning uchun ham tabaqali klapanlar deb ataladi. Yurakning chap qismidagi klapanlar ikki tabaqali bo’lsa, o’ng tomondagisi uch tabaqalidir.
Chap qorinchadan aortaga va o’ng qorinchadan o’pka arteriyalariga chiqish joyida yarim oysimon klapanlar joylashgan. Yarim oysimon klapanlar qonni qorinchalardan aortaga va o’pka arteriyasiga chiqishiga imkon beradi va qonni tomirlardan qorinchalarga qaytib kirishiga qarshilik ko’rsatadi.
Yurak klapanlari qonni faqat bir tomonga qarab harakatlanishini ta’min etadi. Bo’lmachalardan-qorinchalarga qorinchalardan esa arteriyalarga. Yurakning yuqorigi kengaygan qismini asos qisqargan pastki qismini esa yurak uchi deb yuritiladi.
Xomila tug’ilishiga yaqin yurak to’rt kamerali strukturaga ega bo’lib, ikki bo’lmachalar o’rtasida teshik ochiq bo’ladi. Tug’ilgandan keyin bir necha oy o’tib bu teshik bitib ketadi. Odam yuragining massasi 250 g dan 360 g gacha bo’ladi. Yurak to’sh suyagining orqasida qiyshiq yotadi. Uning asosi orqaga, yuqoriga va o’ngga yo’nalgan bo’lsa, uning uchi esa pastga, oldinga va chapga yo’nalgan bo’ladi. Yurakning uchi ko’krak qafasining oldingi qismining V chap qovurg’alar orasida yotadi: ana shu yerda yurak qisqargan paytda yurak zarbi yoki turtqisi seziladi. Yurakni devorlarining asosiy massasini kuchli muskullar miokard tashkil etadi va ular maxsus turdagi ko’ndalang talg’ir muskul to’qimasidan iboratdir. Yurakning turli qismlarida miokardning qalinligi turlichadir. U bo’lmachalarda ancha nozik va yupqa (2-3 mm), chap qorincha esa juda kuchli muskulli devorga ega, u hatto o’ng qorinchaga nisbatan 2.5 martaga qalindir.
Yurak muskullarining asosiy massasi yurakka xos bo’lgan tipik tolalar bilan namoyon bo’ladi, ular yurak bo’limlarini qisqarishini ta’min etadi. Ularning asosiy funksiyasi-qisqaruvchanlik. Bu tipik ishchi yurak muskulaturasidir. Bundan tashqari, yurak muskullarida tipik tolalar ham mavjud. Yurakdagi qo’zg’alish va uning bo’lmachalardan qorinchalarga o’tkazilishi atipik tolalarning faolivati bilan bog’liq.
Yurak muskullarining atipik tolalari qisqaruvchi tolalardan o’zining tuzilishi va fiziologik funksiyalari hamda xususiyatlari bilan farq qiladi. Ularda ko’ndalang talg’irligi juda zaif ko’rinadi. Lekin yengil qo’zg’aluvchan va zararli ta’sirlarga juda turg’unlik xususiyatlari yuqoridir. Muskullarning atipik tolalarining yuzaga kelgan qo’zg’alishni yurak bo’ylab o’tkazish xususiyati uchun uni yurakning o’tkazuvchi tizimlari ham deyiladi.
Hajmi bo’yicha tipik bo’lmagan muskullar yurakning uncha katta bo’lmagan qismini tashkil etadi. Atipik muskullarning yig’ilgan joyi tugunlar deb ataladi. Shunday tugunlardan biri o’ng bo’lmachada, yuqorigi kovak venaning qo’yilish joyida joylashgan. Bu sinus-bo’lmacha tuguni yoki Kiss-Flek tuguni. Aynan ana shutugunda sog’lom odamlarni yuragining qisqarish ritmini aniqlovchi qo’zg’alish impulslari hosil bo’ladi. Ikkinchi tugun o’ng bo’lmacha va qorinchalar orasidagi yurak to’siqlarida joylashgan bu esa bo’lmacha, qorinchali tugun yoki Ashof Tavar (atrio ventrikullar) tuguni deb yuritiladi. Yurakning bu oblastdan qo’zg’alish bo’lmachalardan qorinchalarga qarab tarqaladi.
Bo’lmacha qorinchalari tugunidan qo’zg’alish bo’lmacha qorinchalarni o’tkazuvchi tizim tolalari (Giss bog’i) bo’ylab qorinchalar orasidagi to’siqlarda joylashgan. Bo’lmacha qorinchalar bo’g’ining dastasi ikkita oyoqchalarga bo’linadi, ulardan biri o’ng qorinchaga, ikkinchisi chap qorinchaga yo’nalgan bo’ladi.
Atipik muskullardan qo’zg’alish yurakning qisqaruvchi muskul tolalariga atipik muskullar guruhiga kiruvchi tolalar yordamida o’tkaziladi. Odam yuragi shunday bir xususiyatga egaki, u o’zida paydo bo’lgan impulslar tufayli doimiy suratda maromli ravishda qisqarib turadi. Bunday qisqarish yurakka chetdan boshqa qitiqlanish berilmaganida ham kuzatiladi. Shuning uchun ham bu holatni yurak avtom atizmid yeb ataladi. Yurak avtom atizmini ta’minlaydigan impulslar yurakdagi maxsus muskul hujayralar to’plamini tashkil qilgan o’tkazuvchi tizimda yuzaga keladi. Bunday hujayralar to’pgalami chap yurak bo’lmasi va kovak vena orasida joylashgan sinus tuguni, bo’lmalar bilan qorinchalar orasidagi atrioventrikulyar tutuni hamda chap va ung qorincha orasidagi devorda joylashgan Giss oyoqchalaridir.
Qo’zg’alish impulslari dastlab mana sinus tugunda paydo bo’lib, yurak bo’l malarining qisqarishini ta’minlaydi va ikkinchi, atrioventrikulyar, tuguni orqali oxirgi tugun—Giss boylamiga o’tadi. Giss boylami o’z navbatida chap va o’ng Purkine oyoqchalaridan iborat bo’lib, shular orqali qo’zg’alish qorincha muskullariga tarqaladi. Mana shu o’tkazuvchi tizim tufayli yurak tanadan ajratib olinganida ham ishlab turishi mumkin.
Yurak o’tkazuvchi tizimi orasida sinus tuguni eng yuqori qo’zg’aluvchanlikka ega. Atrioventrikulyar tuguni va Giss boylamlari Yurak muskullarining ta’sirga nisbatan qo’zg’aluvchanligi har doim bir xil bo’lmaydi. Masalan, qisqarishning dastlabki davrida qo’shimcha chetdan beriladigan ta’sirga yurak javob bermaydi, bu davrni absolyut refrakterlik davri deyiladi. Odam yuragida bu davr 0,2—0,3 soniya davom etadi. Bu davr o’tishi bilan yurak muskullarining qo’zg’aluvchanligi tiklanib, juda qisqa muddat davomida qo’zg’aluvchanlik odatdagi holatdan kuchayib ketadi. Absolyut refrakterlik davri yurak bo’lmalari va qorinchalarining o’zaro kelishib ishlashi uchun muhim ahamiyatga ega. Agar chetdan beriladigan ta’sir yurak muskullari o’ta qo’zg’aluvchanlik davriga to’g’ri kelsa, qo’shimcha qisqarish— ekstrasistola ro’y beradi. Navbatdagi impuls esa absolyut refrakterlik davriga to’g’ri kelib, unga javob bo’lmaydi, shuning uchun oradagi pauza uzayib ketadi. Ba’zi bir kasal odamlarda ekstrasistola davridan keyin davomli pauza tez —tez bo’lib turadi, buni oddiy usul—puleni sanash bilan aniqlash mumkin. Pule—bu arteriya devorlarning maromli tebranishidir. Odatda chap qo’lning bilak arteriyasidagi pule tezligi sanaladi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish