L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


-rasm. Yurakning umumiy innervatsiyasi



Download 5,47 Mb.
bet99/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

14-rasm. Yurakning umumiy innervatsiyasi:
1-miyachaning ta’sirlari, 2-solitar traktning yadrosi, 3-gipotalamik ta’sir, 4-peri-ferik mexano- va xemore-septorlardan afferentlar, 5-sayyor asab yadrosi, 6-sayyor asab, 7-yurak, 8-metasimpatik asab tarmog’i, 9-simpatik uzel, 10-orqa miya, 11-tomirlarni harakatlantiruvchi markaz yadrosi, 12-stvolli markazlar, 13-miya stvoli.
Simpatik asab ta’sirlansa yoki noradrenalin bilan ta’sir qilinsa musbat xronotrop samara kuzatiladi, natijada yurak qisqarishi sonlari ortadi. Bir vaqtda ikkala asab qo’zg’atilsa, parasimpatik asabning ta’siri ustunlik qilib, yurak urishi tezligi sekinlashadi. AATning sino-atrial tuguni avtomatiyasiga ta’siri shundaki, uning hujayralari depolyarizatsiyalanish vaqtini o’zgartiradi. Parasimpatik asab ta’sirida membrananing depolyarizatsiyalanish vaqti uzayadi, simpatik asab esa, aksincha bu vaqtni qisqartiradi.
Yurak qisqarishi ritmining o’zgarishi ham yurakni qisqarish kuchiga ta’sir qilishi mumkin, yurak asablari esa unga bevosita ta’sir qiladi. Sayyor asablar ta’sirida bo’lmachalarning qisqarish kuchi kamayadi, bu manfiy inotrop samara - harakat potensiali kattalashgani natijasi hisoblanadi. Simpatik asablarning qo’zg’alishi musbat inotrop samarani ko’rsatadi, bunda bo’lmachalar va me’dachalarning qisqarish kuchi ortadi.
Tabiiy sharoitda yurak asablarining qo’zg’alishi faqat atrioventrikulyar tugundan o’tish tezligiga ta’sir qiladi. Simpatik asablar atrioventrikulyar o’tkazishni tezlashtiradi, bo’lmachalar va me’dachalar qisqarishi o’rtasidagi intervalni kamaytiradi. Buni - musbat dromotrop samara deb ataladi. Sayyor asablar ta’siri ostida manfiy dromotrop samara vujudga keladi. Yurak Qo’zg’aluvchanligi qaysi bir sababdan pasaygan bo’lsa, simpatik tolalar uni oshiradi va buni, musbat batmotrop deb hisoblasa bo’ladi.
Yurakka sayyor va simpatik asablarning tonik ta’siri mavjud bo’lib, ko’pchilik sut emizuvchilarda, jumladan odamlarda ham me’dachalar faoliyatini faqat simpatik asab nazorat qiladi. Bo’lmachalar va sino-atrial tugunga esa simpatik va sayyor asablar doim antogonist ta’sir o’tkazib turadi. Bu antogonizm asablarni jarohlik yoki farmakologik yo’l bilan qirqilganda yoki ta’sir qilinganda namoyon bo’ladi.
Parasimpatik asabning ta’siri yo’qotilganda yurakning urish sonlari 40-50 % tezlashadi. Simpatik asablar ta’siri yo’qotilsa, yurak urish sezilarli darajada siyraklashadi. Simpatik va parasimpatik asablarning yurakka o’tkazadigan doimiy ta’siri ularning tonusi deb ataladi. Mutlaqo denervatsiya qilingan yurakning urish chastotasi, tinch holatdagi mo’tadil yurakning chastotasidan yuqori. Bu holat, parasimpatik asab tonusini simpatik asab tonusidan ustunligini ko’rsatadi.
Yurak faoliyatini boshqarishda gipotalamusning ishtiroki muhimdir, orqa va uzunchoq miyadan tashqari (sayyor asab markazi va simpatik markazlardan tashqari), gipotalamik markazlar ham nazorat qilib turadi. Gipotalamusning ma’lum sohalarini stimullashtirish yurak faoliyatini ifodalovchi ko’rsatkichlarni sezilarli darajada o’zgartiradi. Bu o’zgarishlar yurakning urish tezligini ortishi yoki kamayishi, chap me’dachaning qisqarish kuchini oshishi yoki kamayishi sifatida namoyon bo’lishi mumkin. Paraventrikulyar, ventromedial, preoptik yadrolar va mamillyar tana yurak faoliyatini boshqarishda bevosita ishtirok etadigan gipotalamik yadrolarga kiradi. Gipotalamus - integrativ markaz bo’lgani tufayli, barcha faoliyatlarni, jumladan yurak faoliyatini ham organizmning har zumdagi ehtiyojlariga, xatti-harakatlariga moslashishini ta’minlaydi. Bu vazifani bajarishda gipotalamusga limbik tizim va katta yarim sharlar po’slog’i uzluksiz ta’sir ko’rsatib turadi.
Bosh miya po’slog’ining yurak faoliyatiga ta’sirini o’rganishda, bosh miya po’slog’i ruhiy faoliyatlar a’zosi ekanligi e’tiborga olinishi zarur. Ruhiy holatning o’zgarishi (quvonch, qo’rqish, hayajonlanish, g’azablanish, hujum qilish, himoyalanish) visseral faoliyatlarning o’zgarishini ta’lab qiladi va bu o’zgarishlarning sababchisi bo’ladi. Odam qo’rqqanida yoki quvonganida yurak dukkillab urib ketadi va miya po’slog’i gipotalamo-gipofizar tizimni va buyrak usti bezlarining mag’iz qismini faollaydi. Bir tomondan yurakka simpatik tizim ta’siri kuchayadi, ikkinchi tomondan qonda adrenalin va noradrenalinning miqdorlari oshadi, natijada yurakning urish sonlari va qisqarish kuchi ortadi. Yurak faoliyatini o’zgartiruvchi shartli reflekslar hosil qilish mumkinligi ham, miya po’stlog’ini, bu faoliyatning boshqarilishida ishtrok qilishidan dalolat beradi. Bunday reflekslar, kundalik hayotimizda ham hosil bo’lib turadi, masalan, musobaqalarda ko’p ishtirok qilgan sportchilarning yuragi ular startga chiqishi bilanoq zo’riqib ura boshlaydi. Yurak faoliyatining bu xildagi shartli reflektor o’zgarishi, organizmni bo’lajak faoliyatga (yugurishga) oldindan tayyorlaydi.
Yurak faoliyatining reflektorli boshqarilishi o’rganilganda, MAT ning deyarli hamma qismlari boshqarishda ishtirok etishi ko’rinadi. Ammo, bu markazlarda, yurak faoliyatini o’zgartiruvchi impulslar hosil bo’lishi uchun sabab kerak. Bunday sabablar juda xilma-xil bo’lib, ularning paydo bo’lishi to’g’risidagi axborotni MAT ga turli retseptorlardan keladigan afferent impulslar yetkazadi. Markazlarda, ularga javoban, yurak faoliyatini o’zgartiruvchi efferent impulslar shakllanadi. Demak, yurak faoliyati reflektor yo’l bilan boshqarilib turadi. Yurak reflekslarining efferent yo’llari ikkita - sayyor va simpatik asab tolalaridan iborat. Afferent yo’llari juda ko’p bo’lib, ular turli interoretseptorlar va eksteroretseptorlardan boshlanadi.
Yurak faoliyatini, birinchi galda, tomirlarning refleks hosil qiluvchi sohalaridagi retseptorlarda vujudga keladigan reflekslar o’zgartiradi. Bunday refleksogen sohalardan biri, kovak venalarni yurak bilan birikkan qismida joylashgan. Sohada uchraydigan A va V tipdagi cho’zilish retseptorlari kovak venalarda qonning hajmi ko’payishi bilan qo’zg’aladi va Beynbridj refleksini yuzaga chiqaradi. Bu refleks, kovak venalarda bosim ortganda vujudga kelib, tonusni oshiradi. Natijada, yurak ishi tezlashib, kovak venalarda yig’ilib qolgan qon arterial tomirlarga o’tkaziladi.
Tomirlardagi refleksogen sohalardan eng muhimi-karotid sinus va aorta ravog’idir. Bu sohalarda, qon bosimi ortishiga javoban, o’zidan markazga uzluksiz intiluvchi impulslar sonini o’zgartiruvchi mexanoretseptorlar joylashgan. Aorta va uyqu arteriyasida, qon bosimining markazga boruvchi impulslar soni ko’payib sayyor asab markazini qo’zg’atadi, natijada yurak faoliyati sustlashadi, aortaga haydalayotgan qon miqdori kamayadi va bosim pasayadi.
Umuman, interoretseptorlarga kuchli mexanik yoki kimyoviy ta’sirot berilsa, yurak faoliyati o’zgaradi. Masalan, qorin-parda retseptorlarini mexanik qo’zg’atish, yurak faoliyatini tormozlaydi (Gols refleksi). Shu sababdan, odamning qorniga qattiq zarba berilsa, yuragi to’xtab qolishi mumkin. Danini-Ashner refleksi ham vagal reflekslarga kiradi, uni hosil qilish uchun barmoqlarni ko’z soqqalarga bosish kerak, shu paytda yurakning qisqarish sonlari kamayadi.
Yurak faoliyatining gumoral boshqarilishida ko’pchilik biologik faol moddalar, asosan gormonlar va ba’zi kationlar ishtrok qiladi. Bunda adrenalin juda muhim ahamiyatga ega bo’lib, buyrak usti bezlaridan qonga o’tar ekan, hayajonlanish, jismoniy va ruhiy zo’riqish jarayonlari tezlashadi. Gormon, kardiomiotsitlarning beta-adrenoretseptorlariga ta’sir qilib, hujayraning adenilatsiklaza enzimini faollaydi. Natijada, faol bo’lmagan fosforilazani faol holatga o’tishi uchun zarur bo’lgan tsAMF hosil bo’lishi tezlashadi. Fosforilaza esa, glikogenni glyukozaga parchalab, miokardni energiya manbai bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari, adrenalin ta’sirida membranalarning kalsiy uchun o’tkazuvchanligini tezlashtiradi.
Me’da osti bezi gormoni bo’lgan glyukogon ham, adenilatsiklazani faollashtirib, yurakning qisqarish kuchini ko’paytiradi. Yana bir talay peptid va aminlar (kortikosteroidlar, angiotenzin, serotonin) yurakka musbat inatrop ta’sir qiladi. Qalqonsimon bez gormonlari simpatik asab tizimining qo’g’aluvchanligini oshirib, yurakning urish sonlarini ko’paytiradi. Yurak atrofidagi muhitning ion tarkibini o’zgarishi ham uning faoliyatini sezilarli darajada o’zgartiradi. Ajratib olingan yurakni kaliy kationiga boy eritmaga solib qo’yilsa, uning Qo’zg’aluvchanligi va o’tkazuvchanligi pasayadi, tolalari bo’shashib, cho’zilib ketadi, yurak diastola holatida to’xtaydi. Kaliy kationining kamayishi aritmiya paydo qiladi. Kalsiy kationi ko’p bo’lsa, avval yurak qisqarishlari kuchayadi, keyin esa yurak sistolada to’xtab qoladi.

    1. Qonning katta va kichik qon aylanish doiralari bo’yicha harakati. Arteriyalar devorlarining elastikligi. Kapillyarlar va ularning funksiyalari. Venalar va ularning funksiyalari. Qon bosimi va puls. Qonning oqish tezligi.

Katta va kichik qon aylanish doiralari. Yurak va qon tomirlari faoliyatlari tufayli qonning aylanishi bajariladi. Tomirlar tizimi ikkita: katta va kichik qon aylanish doiralaridan iborat. Katta qon aylanishi doirasi yurakning chap qorinchasidan, qonni aortaga chiqarilishi bilan boshlanadi. Arterial qonning yo’li arteriyalar bo’ylab davom etadi, ya’ni yurakdan uzoqlashishiga qarab tarmoqlanadi va ulardan eng maydalari kapillarlarga shoxlanadi, ya’ni ularning qalin turi butun organizmni qamrab oladi. Kapillarlarning nozik yupqa devorlari orqali to’yimli moddalarni va kislorodni to’qimalararo suyuqliklarga beradi, hujayralarning hayot faoliyati mahsulotlari bu paytda to’qimalararo suyuqliklardan qonga tushadi, kapillarlardan qon mayda venalarga tushadi va ular qo’shilib ancha yirik venalar hosil qiladi va yuqorigi hamda pastki kovak venalarga qo’yiladi. Yuqorigi va pastki kovak venalar vena qonini, katta qon aylanish doirasi tugaydigan o’ng bo’lmachaga olib keladi.



Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish