3-jadval. Qon plasmasining tarkibi % da.
Suv
|
91,500
|
Sulfatlar
|
0,020
|
Glyukoza
|
0,120
|
Natriy
|
0,500
|
Oqsillar
|
7,000
|
Xlor
|
0,350
|
Mochevina
|
0,030
|
Kaliy
|
0,200
|
Lipoidlar
|
0,300
|
Bikarbonatlar
|
0,160
|
Siydik kislotasi
|
0,004
|
Kalsiy
|
0,012
|
Aminokislotalar
|
0,008
|
Fosfatlar
|
0,030
|
Plazmaning 90 — 92% ini suv, 8 — 10% ini organik va anorganik moddalar tashkil qiladi. Suyuqlikda erigan moddalar (tuz ionlari, glyukoza va boshqalar) qon plazmasining osmotik bosimini hosil qiladi. Plazma tarkibidagi mineral moddalar asosan kaliy, kalsiy, natriy, magniy kationlari va xlorid, gidrokarbonat, gidroortofosfat va sulfat anionlar ko’rinishida bo’ladi. Ularning mavjudligi qonning hamda to’qimalar aro suyuqlikning osmotik bosimini ta’minlaydi. Osmotik bosimning muhim ahamiyati shundan iboratki, u tufayli suv qondan tuzimalarga va tuzimalardan qonga o’tib turadi. Shuning uchun ham osmotik bosimning o’zgarib turishi sababli hujayralar ichiga suv kirib, ularnishni shishgan holatga keltiradi yoki hujayralardan suv chiqib, ular bujmayib qoladi. Bu holatni eritrotsitlar misolida ko’rish mumkin. Agar eritrotsitlarni tarkibi hamda konsentratsiyasi xuddi qon plazmasidagidek eritmaga (izotonik eritma) solsak, eritrotsitlar shaklida hech qanday o’zgarish sezilmaydi, ya’ni ular tarkibidagi suv miqdori o’zgarmaydi. Agar eritrotsit solingan eritmadagi tuzlar konsentratsiyasi eritrotsit ichidagi konsentratsiyadan past bo’lsa (gipotonik eritma), eritma tarkibidagi suv eritrotsit ichiga shiddat bilan kirib, uning ichidagi bosim oshganligi tufayli shishadi. Agar eritma bilan eritrotsit ichidagi ionlar qonsentratsiyasi bir—biridan katta farq qilsa, eritrotsitlar yorilib ketadi va bu holatga gemoliz deb aytiladi (11-rasm).
11-rasm. Gemoliz.
Agar eritma konsentratsiyasi eritrotsit tarkibi konsentratsiyasidan yuqori bo’lsa (gipertonik eritma), suvning harakati teskari tomonga, ya’ni eritrotsitdan eritmaga qarab bo’ladi. Natijada eritrotsitlar bujmayib qoladi. Bunday holat plazmoliz deb nomlanadi.
Suv va mineral tuzlar ko’plab iste’mol qilinishiga qaramay, buyraklar hamda ter bezlarining kuchli ishlashi evaziga osmotik bosim birdek saqdanib qolinadi. Organizm, ma’lum sabablarga ko’ra, ko’p qon yuqotsa yoki suvsizlansa, unga tarkibi va xususiyatlari bilan qon plazmasiga juda yaqin turadigan suyuqliklar quyiladi. Masalan, ringer eritmasi, fiziologik eritmasi (0,9% natriy xlorid eritmasi), qon plazmasi va boshqalar. Hozirgi paytda qon plazmasi o’rnida ishlatiladigan ba’zi bir suyuqliklar mavjud bo’lib, nafaqat mineral tarkibi bilan, hatto hosil moddalarining konsentratsiyasi bilan ham plazmaga juda yaqin bo’ladi.
Plazmadagi oqsillar uch guruhga bo’linadi—albuminlar, globulinlar va fibrinogenlar. Oqsillar qon bosimini bir me’yorda ushlab turishda muhim rol o’ynaydi. Oqsillar hosil qilgan bosim — onkotik bosim deb nomlanadi. Onkotik bosim fiziologik jihatdan juda muhimdir, chunki plazmadagi oqsillar suv yutadigan kolloid moddalar bo’lib, ularning molekulyar og’irligi juda yuqoridir. Ular organizm suvsizlanganda qonda suvni ushlab turish uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |