L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Endokrin bezlarning yoshga oid xususiyatlari. Jinsiy yetilish bosqichlari. Jinsiy tarbiya



Download 5,47 Mb.
bet84/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

6.3 Endokrin bezlarning yoshga oid xususiyatlari. Jinsiy yetilish bosqichlari. Jinsiy tarbiya.
Jinsiy yetilish davri. Jinsiy yetilish davri davomida odam organizmida biologik jihatdan voyaga vetish amalga oshadi. Bolalar rivojlangan jinsiy instinkt bilan dunvoga kelmaydi. Uning uyg’onishi jinsiy yetilish yillarida yuz beradi. Jinsiy yetilishning boshlanish muddati va uning jadalligi turlicha hamda juda ko’plab omillarga bogiiq: sog’liqning holati, oziqlanish xarakteri, iqlim, maishiy va ijtimoiy - iqtisodiy sharoitlar, irsiy xususiyatlar ham muhim rol o’ynaydi.
Noqulay maishiy sharoitlar, to’la qimmatli bo’lmagan oziqa, unda vitaminlarni yetishmasligi og’ir yoki infeksion kasalliklarning qaytalanishi, jinsiy yetilishning kechikishiga sabab boiadi. Katta shaharlarda o’smirlarning jinsiy yetilishi, odatda, qishloqdagidan ko’ra erta boshlanadi.
O’tish davrida butun organizmning chuqur qayta qurilishi yuz beradi, ya’ni buning bajarilishida bosh mini asab tizimi o’ynaydi. Bu davrda ichki sekretsiya bezlarining faoliyati jadallashadi. Gipofizning garmonlari ta’sirida tana uzunligi o’sadi. Bundan tash- qari, gipofiz qolqonsimon bez faoliyatini stimullaydi, ayniqsa, qiz bolalarning jinsiy yetilish davrida qalqonsimon bez sezilarli dara- jada kattalashadi. Gipofizning faolligini ortishi buyrakusti bezla­rining faoliyatini tezlashishiga olib keladi, jinsiy bezlarning jadal faoliyati boshlanadi, jinsiy garmonlar ishlab chiqiladi. Vegetativ asab tizimining qo’zg’aluvchanligi ortadi. Jinsiy va boshqa endokrin bezlar garmonlari ta’siri ostida jinsiy a’zolarning va jinsiy bezlarning to’ligicha shakllanishi yuz beradi. Ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanishi boshlanadi va shu belgilar bilan bir jins ikkinchisidan farq qiladi (jinsiy bezlar birlamchi jinsiy belgilarga kiradi).
Qiz bolalarda tana konturlari aylana shaklini oladi, teriosti kletchatkasida yog’larning o’tirishi tezlashadi, ko’krak bezlari kattalashadi va rivojlanadi, tana suyaklari eniga kengayadi. O’gil bolalarda yuz va tananing boshqa qismlarida junlar o’sa boshlaydi, tovush bug’iladi, urug’don suyuqligining yig’ilishi va kechalari uning xohishiga bog’liq bo’lmagan holda o’z-o’zidan qo’yilishi (kollutsiya) boshlanadi. Ikkilamchi jinsiy belgilarning to’liq rivojlanishi jinsiy yetilish davrigacha borib qadaladi.
Qiz bolalarda jinsiy yetilish o’g’il bolalardan oldin boshlanadi. 7-8 yoshdan keyin ularda yog’ kletchatkasi ayollar tipiga xos holda rivojlanadi: yog’lar sut bezlarida, sonda, qo’ymichlarda o’tiradi, shundan tana shakli, ayniqsa, son va gavda so’ngra yelka oblasti va qo’l ayiana ko’rinishni oladi. Qizlarda 13-15 yoshdan boshlab qovuq ustida va qo’ltiqosti chuqurchalarida junlar chiqadi va tana uzunligiga juda tez o’sadi. Jinsiy a’zolarda o’ziga xos o’zgarishlar uchraydi: bachadonning o’lchami kattalashadi, tuxumdonlarda follikulalar yetiladi, mensturatsiya boshlanadi. 16-17 yoshda ayollar tipidagi skeletning shakllanishi, asosan, tugaydi. 19-20 yoshli qizlar uchun menstrual funksiyaning tiklanishining oxirgi muddatidir va butun organizmning anatomik va fiziologik yetilishining boshlanishidir.
O’gil bolalarda jinsiy yetilish 10-11 yoshdan boshlanadi bu vaqtgacha jinsiy a’zoning va moyaklarning o’sishi tezlashadi. 12-13 yoshlarda halqunining shakli o’zgaradi va tovush dag’allashadi. 13-14 yoshda skelet erkaklar tipiga o’xshab shakllanadi: 15-16 yoshdan boshlab qo’ltiq tagida va qovuq ustida junlar o’sadi, ular yana yuzda ham (soqol. mo’ylov) ko’rinadi, movaklar kattalashadi, o’z-o’zidan spermaning chiqarilishi boshlanadi. Antropologlarning oxirgi ma’lumotlariga ko’ra erkaklarda to’lik suyaklanish 24 yoshga kelib tugallanadi bu esa ularning jismoniy jihatdan yetilganlik tamovilidir.
Yosh bolalar organizmida kechayotgan o’tish davrining murakkab jarayonlarini faqat jinsiy a’zolarda yuz beradigan o’zgarishlar bilan tushuntirib bo’lmaydi. Butun organizm qayta tashkil bo’ladi, u juda tez rivojlanadi. ichki a’zolar kuchli ishlay boshlaydi, o’smirning ruhiy holati o’zgaradi.
Jinsiy yetilish davri bola organizmining sifati jihatdan rivojlanadigan, nisbatan uzoq muddat davom etuvchi davridir. Bu rivojlanish bir tekis kechmaydi. Bu davrda bir jarayon ikkinchisidan oldin-keyin kelishi kuzatilib, bolaning tashqi ko’rinishidagi garmoniyalar vaqtincha buziladi. Uning kayfiyati, xulqi va ichki a’zolar faoliyatida ham o ‘zgarishlar yuz beradi. Qo’l va oyoqlarning o’sishi gavdaning o’sishidan yuqori bo’ladi, harakatlar burchaksimon uquvsiz bo’lib qoladi. Bu ko’rinishlar markaziy asab tizimining harakatlarni koordinatsiyalovchi funksiyasida yuz beradigan o’zgarishlar hisobiga kelib chiqadi. O ‘smir o’zining uquvsizligini tushunib diqqatini shunga qaratishi tufayli, o’zini yanada noqulay ahvolda sezadi. Shu bilan bir qatorda, muskullarning kuchi ortadi, ayniqsa, bu holat bolaning jinsiy yetilish davrining oxirida yaqqol ko’zga tashlanadi: bola tugilganidan 8 yoshgacha muskullarning kuchi bor-yo’g’i 4 % ga ortsa, 15 dan 18 yoshgacha muskullarning massasi 12 % ga ortadi. O’g’il bolalarda muskullar kuchining ortishi tufayli uni mashqlar bajarishga majbur etadi. Bu energiyani foydali ishga yo’naltirish foydadan xoli bo’lmaydi.
Skelet suyaklari va mushaklar tizimining o’sish jadalligi ortidan o’smirlarning ichki a’zolari: yurak, o’pka, me’da-ichaklar tizimi doimo ham o’sib ulgura olmaydi.
Tomirlarni o’sishidan yurakni o’sishi ilgarilab ketadi, natijada qon bosim ko’tariladi va avvalo, yurak o’zining ishini og’irlashtiradi. Bundan tashqari, jinsiy yetilish davridagi butun organizmning jo’shqin qayta qurilishi, yurakni yuqori darajada ishlashga majbur etadi. Yurakning yetarli darajada ishlamasligi (o’smirlar yuragi) ko’pchilik holatlarda bosh aylanishiga, qo’1 va oyoqlarning ko’karishi va sovushiga olib keladi. Ana shundan o’g’il va qiz bolalarda bosh og’rig’i, juda tez charchash va vaqti-vaqti bilan holsizlanish davrlari kuzatiladi, nihoyat, miya qon tomirlarining spazmasi tufayli hushdan ketish holatlari ham ko’zga tashlanadi. Jinsiy yetilish davri tugashi bilan bunday buqilishlar, odatda, izsiz yo’qoladi.
Jadal o’sish, ichki sekretsiya bezlari faoliyatining keskin tezlashishi organizmdagi strukturaviy va fiziologik o’zgarishlar markaziy asab tizimining qo’zg’aluvchanligi juda kuchli ortadi. O’smirlarning his-havajoni, harakatchan, o’zgaruvchan, qarama-qarshidir, yuqori darajadagi sezuvchanlik, qavsarlik, qo’rslik bilan birga kechish hollari ham kuzatiladi, uyaluvchanlik esa o’ta o’zbilarmonchilik bilan gapga quloq solmaslik va ota-ona yordamini inkor etish, bo’ysunmaslik sifatida namoyon bo’ladi. Bu davrda ayrim hollarda ish qobilivatining pasayishi nevrotik reaksiyalar, juda tez achchiqlanish. yig’loqilik (ayniqsa, qizlarda mensturatsiva davrida) kabi holatlar kuzatiladi.
Jinslar orasidagi munosabatlarning yangi-yangi mezonlari yuzaga keladi. Qiz bolalarda o’zining tashqi ko’rinishiga qiziqish uygonadi. O’g’il bolalar esa o’z kuchlarini qiz bolalar oldida ko’rsatishga harakat qiladi. Dastlabki «muhabbat iztiroblari» ayrim vaqtlarda o’smirlarning tinch hayotini buzib qo’yishi mumkin, ular odamlarga aralashmay darslarni o’zlashtirmay qo’yadi.
O’tish davrida bolalarga ota-onalar va pedagoglar tomonidan ayniqsa sezilarli e’tibor bo’lishi zarur. O’smirlarning organizmida yuz berayotgan bunday murakkab o’zgarishlarni deb ularning diqqatini atayin tortmaslik kerak, lekin bu o’zgarishlar biologik qonuniyatlar asosida yuz berayotganligini tushuntirish zarur.
Ota-onalar pedagoglarni o’smilar o’zlarini do’stlari holida ko’rishlari va ularga yuz berayotgan o’zgarishlar haqida so’rab surishtirish imkoniga ega bo’lishlari kerak. Bunday holatlarda tar- biyachining san’ati yoki tajribasi bolalarning seksualli iztiroblarga bo’lgan ishtiyoqini so’ndirish uchun turli-tuman shakldagi faoli­yat turlarini o’ylab topishga qaratilishi kerak. Bularning hammasi, asosan. o’qishga, mehnatga va talabaning xulqiga qaratilishi kerak.
Shu bilan birga voyaga yetgan odamlarning fikri o’smirlarning harakatlariga va faoliyatiga nisbatan hurmat va qo’llab-quvvatlash ruhida bo’lib, ularni to’g’ri axloqiy yo’lga solishdan iborat bo’lishi kerak. Chunki o’zining qobiliyatini va o’zbilarmonligini doimiy ravishda yuqori darajada baholash o’smirlarga xos xususiyatdir. Bu ham o’tish davrining asosiy xususiyatiaridan biridir. Jinsiy yetilish davrida yosh bola organizmining jismoniy jihatdan mo’tadil rivojlangan bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Bunung uchun turli-tuman, katta miqdorda dormon dorilar saqlovchi oziq-ovqatlar zarur hamda uzoq muddatli sayr, sport bilan shug’ullanish talab etiladi.
Mensturatsiya. O’tish davrida qizlarda mensturatsiya yuz beradi. Bu esa ularning tuxumdonlari otalanish xususiyatiga ega bo’lgan yetilgan tuxum hujayrasini ishlab chiqara boshlaganidan dalolat beradi. Mensturatsiya 11-12 yoshdan oldin va 17-18 yoshdan keyin boshlanmagan bo’lsa mo’tadil hisoblanadi. Mensturatsiya 45-54 yoshgacha, ya’ni klimakterik yoshgacha davom etadi.
Kuchli asabiy buzilishlar kuchli jismoniy og’riq, shimoldan janubga o’tish, tekislikdan baland tog’ sharoitiga almashinishlar menstrual siklning buzilishini chaqirishi mumkin. Bularning hammasi mensturatsiya ma’lum mahalliy jarayon emasligi va aksincha, markaziy asab tizimi bilan kordinatsiyalanuvchi jinsiy sikllardan birining ko’rinishi ekanligidan dalolat beradi.
Birinchi marta mensturatsiyaning yuzaga kelishi faqatgina jinsiy yetilishning boshlanganligi haqidagi ma’lumotdir. Qiz bolalar homilador bo’lish imkoniyatiga ega bo’lsada, uning jinsiy a’zolari butun organizmi mo’tadil jinsiy aloqada bo’lish uchun yetilmagan bo’ladi. Biz yuqorida qayd qilganimizdek, qizlarning organizmining rivojlanishi 20 yoshgacha va ayrim holatlarda biroq kechroq ham davom etadi. Faqat mana shu yoshdan boshlab, jinsiy aloqalarni boshlash mumkin. Mensturatsiya, odatda, 3 kundan 5 kungacha davom etadi va bu davr davomida qiz bola 50 ml dan 150 ml gacha qon yo’qotadi. Agarda mensturatsiya doimiy ravishda takrorlanadigan bo’lsa, u qariyib har 24-28-30 kunda takrorlanib turadi. Agar mensturatsiya har doim ma’lum vaqtda, ma’lum oraliq muddatda davom etadigan kunlar soni bir xil va jadalligi bir xil bo’lsa mo’tadil sikl deb hisoblanadi. Dastlabki mensturatsiya 7-8 kun davom etishi, so’ngra bir necha oyga va hatto yillab yo’qolish mumkin. Ko’pchilik hollarda u yoki bu darajadagi menstrua siklning davriyligining o’rnatilishiga yil davomidagi bir necha o’zgarishlardan keyin erishiladi. Birinchi mensturatsiya ayrim hollarda umuman organizm uchun yomon holatlar, holsizlanish, og’riqlar yoki jiddiy darajadagi qon yo’qotishlar bilan birga kechadi. Ayrim paytlarda biroz haroratning ko’tarilishi, qusish, ich ketish yoki ich qotish, bosh aylanish holatlari bilan birgalikda kechishi mumkin. Mensturatsiya paytida albatta yotish shart emas. Qiz bola o’zini yaxshi sezgan paytda doimiy hayot faoliyatini davom ettirishi mumkin. Uncha murakkab bo’lmagan jismoniy mashqlar bilan ertalabki gimnastika bilan shug’ullansa ham bo’ladi. Bu vaqtda sakrash, velosipedda sayr qilish va og’ir yuk ko’tarish man etiladi.
Konkida uchish uzoq muddat piyoda yurish, chang’ida yurish, vanna qabul qilish, cho’milish va quvosh nurida toblanish tavsiya qilinmaydi. Agar mensturatsiyaning kechishi og’riqli va suyuqliklarning ajralishi me’yoridan ortiq bo’lsa albatta shifokorga murojaat qilish zarur. Mensturatsiya davomida qizlarning umumiy holati yomonlashganida ular o’qishdan, ishdan ozod qilinadi. Mensturatsiya paytida qizlar o’zlarini ehtiyot qilishlari, ayniqsa, oyoqlarini va qorin bo’shlig’ining pastki qismini sovuq qotishdan ehtiyot qilish kerak. Buning uchun qish oylarida uzun issiq reytuzalar yozda esa qalin to’qilgan triko kiyib yurish zarur. Sovuq tosh va boshqa sovutilgan predmetlarga o’tirish mumkin emas.
Oziqlanish ratsionidan sirka, achchiqliklar, qalampir, xren kabi kuchli qo’zg’atuvchi moddalarni chiqarish kerak bo’ladi. Pivo, vino va boshqa alkogolli ichimliklar ichish qat’iyan man etiladi, chunki qon oqimini oqish tezligi oshishi tufayli menstrualli qon ketishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, ichaklarni va siydik pufagini o’z vaqtida bo’shatib turishga e’tibor berish zarur, aks holda ularning to’lishi bachadonning joyini o’zgarishiga olib keladi va og’riqlarni va ajraladigan suyuqliklarni ushlanib qolishiga sabab bo’ladi.
Qizlar mensturatsiya paytida o’zlarining tanasini tozaligiga e’tibor berishlari kerak, chunki bu paytda bachadonning ichki yuzasidan qon chiqib turadi va u o’z navbatida, o’ziga xos jarohat yuzasi bo’lib qoladi hamda turli mikroblarning rivojlanishi va ko’payishi uchun qulay to’yimli muhit bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Pollutsiya (lot. polliasict - maraniye, bulg’anish) jinsiy yetilish davrining boshlanishi bilan yuzaga keluvchi o’z-o’zidan spermaning to’kilishi. Bunday spermaning o’z-o’zidan oqib ketishi doimiy ravishda uyqu paytida yuz beradi. Birinchi pollutsiyaning ko’rinishi o’g’il bolalarda spermatazoidlarni ishlab chiqara boshlangani haqida ma’lumot beradi. Movaklar pufakchalari va prostota bezlari ishlab chiqaruvchi suyuqliklar bilan aralashib urug’ shaklida jinsiy yollarda yig’iladi va tabiiy yo’l bilan jinsiy a’zoning taranglashishi natijasida tungi o’z-o’zidan chiqib ketuvchi suyuqlik shaklida chiqariladi.
Birinchi pollutsiya 15—16 yoshlarga yaqin yuz beradi. Shu vaqtdan boshlab pollutsiya, hattoki voyaga yetgan odamlarda ham uzoq muddat jinsiy aloqada bo’lmagan paytlarda yuz berishi mumkin.
Urug’ning tungi ajralishi to’lig’icha mo’tadil hodisa, fiziologik holatdir. U har bir jinsiy aloqa qilmayotgan yigit va erkaklarda kuzatiladi. Shu sababli pollutsiyadan qo’rqmaslik va uyalmaslik kerak, pollutsiyada hech qanday buqilishlar yuz bermaydi. Pollutsiya, odatda, har oyda 1-3 marta yuzaga keladi. Ular kamroq ham, ya’ni 1,5-2 oyda bir marta bo’lishi mumkin. Pollutsiya oilacha har 10 kundan 60 kungacha bo’lgan muddatda yuz berish i mumkin. Agar pollutsiya har kecha bir yoki bir necha marta yuz beradigan bo’lsa bunday holatlarda, albatta, shifokorga murojaat qilish zarur. Pollutsiyaning ko’z atilishi o’smir to’liq jinsiy yetilgan, haqiqiy erkak bo’ldi degani emas. O’smirning moyaklari suyuqliklarida ayollar tuxum hujayrasini urug’lantirish qobiliyatiga ega bo’lgan yetilgan spermatazoidlar mavjud bo’lsa-da, bu o’smirning organizmi jinsiy hayotga tayyorligini ko’rsatuvchi ko’rsatkich emas. Pollutsiya ishtirokida organizm moyak suyuqliklaridan va jinsiy ehtiyojni kuchlanishidan ozod bo’ladi. Bu esa organizmning tabiiy va maqsadga muvofiq reaksiyasi bo’lib, jinsiy hayotni biroz ushlab turish uchun fiziologik sharoit yaratadi. Pollutsiya tez-tez takrorlanib turmasligi uchun o’smir har kechasi o’tkir ovqatlar yemasligi, ko’p suyuqlik ichmasligi, issiq ko’rpa bilan burkanib uxlamasligi yoki tor trusi kiymasligi kerak bo’ladi. To’shalgan ko’rpalar juda ham yumshoq bo’lmasligi zarur. Bundan tashqari, tanani doimiy ravishda ozoda tutish kerak.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish