Buyrak usti bezlari. Buyrak usti bezlari-juft a’zolar bo’lib ular buyraklarining ustida unchalik katta bo’lmagan tanachalar shaklidagi hosilalardir. Ularning har birining massasi 8-10 g dan keladi. Har bir buyrak usti bezi ikki qatlamdan iborat bo’lib, kelib chiqishi tuqilishi va funksiyasi jihatidan bir-biridan farq qiladi: tashqi po’stloq va ichki mag’iz qavatlardan iboratdir. Buyrak usti bezining po’stloq qavatidan steriodlar guruhiga kiruvchi 40 dan ortiq moddalar ajratib olingan bular —kortikoste riodlardw (yoki kortikoidlar). Buyrak usti bezining po’stloq qavatidan, asosan uchta guruhga mansub garmonlar ishlab chiqiladi:
1) Glukokortikoidlar-moddalar almashinuviga, ayniqsa uglevodlar almashinuviga ta’sir qiluvchi garmonlar. Glukokortikoidlar yallig’ianishga qarshi ta’sir ko’rsatis hususiyatiga ega bo’lib, ayrim moddalarga yuqori sezuvchanligini pasaytiradi:
2) Mineralokortikoidlar. Ular asosan minerallar va suv almashinuvini boshqaradi. Bu guruh garmonlariga aldosteron kiradi;
3) androgenlar va esterogenlar-erkaklik va ayollik jinsiy garmonlarining analoglari hisoblanadi. Bu garmonlar jinsiy garmonlarga nisbatan uncha faol bo’lmagan bo’lib, juda kam miqdorda ishlab chiqiladi.
Buyrak usti bezlarining garmonal funksiyasi gipofizning faoliyati bilan chambarchas bog’liq. Gipofizning adrenokortikotrop garmoni glukokortikoidlarning sintezlanishini stimullaydi va kam darajada - androgenlarga ham ta’sir ko’rsatadi. Buyrak usti bezining mag’iz qatlami ta’sir qilish xususiyatiga ko’ra simpatik asab tizimiga o’xshash ta’sir ko’rsatuvchi garmonlar ishlab chiqaradi. Mag’iz qatlamining hujayrali xromli tuzlar bilan sariq rangga bo’yalish xususiyati bilan buyrak usti bezining boshqa hujayralaridan farq qiladi. Bunday xromofinli hujayralar adrenalin va uning hosilalarini ishlab chiqaradi.
Adrenalin eng tez ta’sir qiluvchi garmonlardan biri hisoblanadi. U qon aylanishini tezlashtiradi, yurakning qisqarishini kuchaytiradi va tezlashtiradi, o’pka orqali nafas olishni yaxshilaydi, bronxlarni kengaytiradi, muskullarning qisqarishini oshiradi, jigarda glikogenning parchalanishini oshirib, qondagi qand miqdorini ko’paytiradi va muskullarning tez charchab qolishini oldini oladi. Adrenalinning bu barcha ta’sirlari bitta umumiy natijaga organizmning barcha kuchini og’ir mehnatni bajarishga safarbar qilishdan iborat bo’ladi.
Аdrеnаlin tа`siri uzоqqа cho`zilmаydi, chunki qоndа bo`lаdigаn аlоhidа fеrmеntlаr uni аnchа tеz pаrchаlаnib kеtishigа оlib kеlаdi.
Buyrak usti bezining xromafinli hujayralari bilan simpatik asab tizimining uzviy bog’liqligi adrenalinning barcha holatlarda juda tez ajralishini, bu qaysiki odam hayotida undan juda tez yuqori kuchlanishga ega bo’lgan kuch talab qilinganida yuzaga keluvchi holatdir.
Yangi tug`ilgаn bоlаlаrdа bеzning оg`irligi 6-8 gr., 1-5 yoshdа 5,6 gr., 10 yoshdа 6,5 gr., 11-15 yoshdа 8,5 gr., 16-20 yoshdа 13,2 gr. bo`lаdi. YAngi tug`ilgаn bоlаlаrdа po`stlоq qаvаti mаg`iz qаvаtigа nisbаtаn yaхshi rivоjlаngаn bo`lаdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |