L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Gipofiz, qalqonsimon bez, me’da osti bezining ichki sekretor faoliyati, buyrak usti va jinsiy bezlar. Endokrin bezlarning gipo va giperfunksiyasi



Download 5,47 Mb.
bet78/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

6.2 Gipofiz, qalqonsimon bez, me’da osti bezining ichki sekretor faoliyati, buyrak usti va jinsiy bezlar. Endokrin bezlarning gipo va giperfunksiyasi.
Gipofiz - bosh miya qutisining asosiy suyagining turk egari chuqurligida, miyaning tubida joylashgan oval shaklidagi uncha kata bo’lmagan hosiladir. Yangi tug’ilgan bolada gipofizning massasi 0,1-0,15g ni 10 yoshga kelib esa u 0.3 g ga yetadi. Jinsiy yetilish davriga kelib gipofizning massasi jiddiy ravishda (0.7g) ortadi, homiladorlik paytida esa gipofizning massasi 1 g gacha kattalashadi. Gipofiz miyaning gipotalamus qismi bilan tutashgan va uning oldingi oraliq hamda keyingi qismlari farqlanadi. Xalqaro anatomik nomenklatura bo’yicha, gipofizning oldingi va oraliq qismlari adenogipofiz, keyingi qismi esa neyrogipofiz deb ataladi. Hozirda adenogipofizdan: o’sish garmoni yoki somatotropin; tireotropin; adrenokortikotrop (AKTG); foltiropin; lutropin va prolaktin yoki laktrotropin garmonlari ajratilgan.
Samototropin yoki o’sish garmoni suyaklarning uzunlikka o’sishini ta’minlaydi, moddalar almashinuvi jarayonini tezlashtiradi, ya’ni o’sishning tezlashishiga va tana massasining ortishiga olib keladi. Bu garmonning yetishmasligi bolalarning bo’yini kalta bo’lib qolishi (130 sm dan past), jinsiy rivojlanishining to’xtashi kuzatiladi, lekin tananing proporsiyasi saqlanib qoladi. Gipofizar karliklarning (kaltalarniki) ruhiy-aqliy rivojlanishi odatda buzilmaydi. Gipofizar karliklar orasida buyuk odamlar ham uchraydi.
O’sish gormonining bolalik yoshlarida meyoridan ortiq bo’lishi gigantizmga bo’yning o’sib ketishiga olib keladi. Tibbiy adabiyotlarda bo’yi 2 m 83 sm va hatto undan ham baland bo’lgan (3 m 20 sm) gigantlar haqidagi ma’lumotlar ko’p. Gigantlarning, odatda, qo’l-oyoqlari uzun bo’lishi jinsiy funksiyalarning yetishmasligi va jismoniy jihatdan bardoshi past bo’lishi bilan xarakterlanadi.


8-rasm. Nanizm va gigantizmga uchragan insonlar.
Ayrim vaqtlarda o’sish garmonini me’yoridan ortiq qonga ajratilishi jinsiy yetilishdan keyin boshlanadi, ya’ni qaysiki epifizor tog’aylar suyaklanganidan keyin naysimon suyaklarni uzunasiga o’sishi mumkin bo’lmay qoladi. Bu paytda akromegaliya rivojlanadi: bo’g’inlar va kaftlar, bosh suyagining yuz qismi (ular keyinroq suyaklanadi) kattalashadi. Burun juda tez o’sadi, lablar iyalc, til, quloq va tovush bogia rivo’g’onlashadi, natijada tovushda g’allashib qoladi: yurak, jigar oshqozon ichaklar tarkti hajm jihatidan kattalashadi.
Gipofizning oraliq qismidan ishlab chiqiladigan garmonlardan teri qoplamining rangini boshqaruvchi melanotropin yoki melanotrop garmoni vaxshi o’rganilgan. Bu garmon pigment donachalarini saqlovchi teri hujayralariga ta’sir etadi. Bu gormon ta’sirida pigment donachalari hujayraning barcha o’simtalari bo’ylab tarqaladi, ana shu tufayli teri qorayadi.

9-rasm. Akromegaliya.

Ushbu garmon yetishmaganida pigmentning bo’yalgan donachalari hujayraning o’rtasiga yig’iladi va teri oqara boshlaydi. Homiladorlik paytida qon tarkibida melanofor garmonining miqdori ortadi, bu esa terining ayrim qismlarini kuchli pigmentlanishini chaqiradi (bo’g’ozlik dog’lari). Ko’pchilik holatlarda, ayniqsa, tug’ish paytida, kuchsiz zaif tug’ish faoliyatida bachadon muskullarining qisqarishini kuchaytirish uchun yo’ldoshni tushirish va bachadondan qon ketishini to’xtashi uchun gipofizning keyingi qismi (neyrogipofiz) garmonlaridan foydalaniladi. Bunday paytlarda oksitotsin garmonidan foydalaniladi. Bu birgina bachadonning silliq muskullarining qisqarishini chaqirmay, balki sut bezlarining qisqaruvchi hujayralarning faoliyatini ham stimullaydi.


Antidiiuretik garmon (ADG) deb ataluvchi gipofizning keyingi bo’lagining hosilasi ancha murakkab ta’sir ko’rsatish xususiyatiga ega, u buyrak kanalchalarida birlamchi siydik tarkibidagi suvni qavta so’rilishini ta’minlaydi, natijada siydikning miqdori kamayadi, bundan tashqari, qonning tuz tarkibiga ham ta’sir ko’rsatadi. ADGning miqdori qon tarkibida kamayganida qandsiz siydik ajralishi qandsiz diabet yuzaga keladi, bu paytda bir kecha kunduzda 10 dan 20 1 gacha siydik ajraladi. Buyrak usti po’stloq qavati garmonlari bilan birgalikda ADG organizmdagi suv-tuz almashinuvim boshqaradi. Nisbatan yaqinginada oksitotsin va ADG gipofizning keyingi qismidan hosil bo’lmasligini ko’rsatish imkoniga ega bo’lindi. Ular aynan ana shu yerda jamlanadi va yetilishi mumkin. Bu garmonlar gipotalamusning oldingi qismidagi neyrosekretor hujayralarida hosil bo’ladi va u yerdan nerv tolalari orqali gipofizning keyingi qismiga transportirovka qilinadi. Ana shu sababli ham oksitotsin va ADG lar nitrogarmonlar deb yuritiladi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish