Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uning bugungi kundagi zarurati



Download 75,22 Kb.
Sana12.04.2022
Hajmi75,22 Kb.
#544924
Bog'liq
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uning bugungi kundagi zaru


2.1 Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uning bugungi kundagi zarurati

Jamiyat rivojidagi ilmiy-texnikaviy taraqqiyot ishlab chiqarishni texnologiyalashririshga olib keladi. Hozirgi davrda texnologiyalashrirish jarayoni hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda.Texnologiyalashtirish ob'ektiv jarayon bo'lib, ishlab chiqarishning barcha sohalariga kirib boradi, ular evolyutsiyasining yangi vazifalarini sifatli hal etilishiga asos soladi.

Texnologiyalashrirish tushunchasini bevosita pedagogik jarayonlar bilan bog'lasak, u holda ta'lim- tarbiya qonimiyatlarini amalga oshirish, ularning yangi qonuniyatlarining o'ziga xos qirralarini kashf etish asosida umumiy maqsadga erishish- ijobiy sifat o'zgarishlariga ega bo'lgan barkamol avlod shaxsini shakllantirish tushuniladi. Yoki pedagogik texnologizatsiyani shaxsda yangi sifat o'zgarishlarini loyihalovchi, kutilajak natijani kafolatlovchi, ta'lim- tarbiyani tashkil etish, boshqarish va amalga oshirishning tizimli jarayoni, deb tushunish mumkin.

Texnologiya tushunchasi "Texnologiya"- grekcha "techne" so'zidan olingan bo'lib, mahorat, hunar va "logos"- tushuncha, ta'limot ma'nosini anglatadi. Texnologiya samarali vositalar yordamida ishlab chiqarishda mahsulotning sifat o'zgarishga olib keluvchi tizimli usullar yig'indisidir.

Pedagogik texnologiya ta'lim modellarini optimallashtirish maqsadida, inson va texnika resurslari va ularning o'zaro ta'sirini hisobga olgan holda butun o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonini yaratish, qo'llash va aniqlashtirishning tizimli usulidir. (YUNESKO)

"Pedagogik texnologiya- ta'lim maqsadlariga va shaxsning rivojlanishiga qaratilgan pedagogik faoliyatni mutassil ravishda rivojlantirish tizimini loyihalashdir" (N.Azizxo'jaeva).

Pedagogik texnologiyalar ta'lim- tarbiya jarayoniga o'ziga xos bo'lgan innavatsion yondashuvdir. U pedagogikada ijtimoiy- muhandislik tafakkurining ifodasi, o'qitish, tarbiyalash jarayonini ma'lum darajada standart holatga solib,

«Ajurli arra» metodi. Ajur frantsuzcha "ajour" so'zidan olingan, "bir yoqdan ikkinchi yoqqa o'tgan, ikki tomoni ochiq" degan ma'noni anglatadi.

Bu metoddan foydalanish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

talaba-o'quvchilardan 4-5 kishilik kichik guruhlar tashkil etiladi;

talaba-o'quvchilarga beriladigan topshiriq va ularni bajarishda foydalaniladigan matnli materiallar bir necha asosiy qismlar (masalan, reja asosida bir nechta mavzuchalar) ga qirqiladi;

mavzuchalar va ularga doir matnli materiallar paketi kichik guruhlarning har bir a'zosiga tarqatiladi;

kichik guruh a'zolari matnli materiallardan foydalanib topshiriqni bajarishga kirishadilar;

kichik guruhlarning yaxshi o'zlashtiruvchi a'zolaridan ekspert gumhi tashkil etiladi;

ekspert guruhi a'zolari qo'llaridagi topshiriqlarni xamkorlikda muhokama qilishib, boshqalarga o'rgatish rejasini egallashadilar;

ekspertlar o'zlarining dastlabki kichik guruhlariga qaytishib o'rganganlarini boshqa sheriklariga o'rgatishadi.

O'qitishga bunday yondashilganda talaba-o'quvchilarning xamkorlikda ishlariga va katta hajmdagi o'quv materiallarining o'zlashtirilishiga erishiladl.

Bu metoddan foydalanuvchi pedagog talaba-o'quvchilarga taqdim etilgan topshiriqni bajarishga doir materiallarni kunt bilan o'rganishni, birgalikda muhokama etishni, savol-javob qilishni, o'rganganlarini boshqalarga o'rgatishlari zarurligini oldindan aytadi.

«Sinektika» metodi. Bu metod amaliy, seminar va laboratoriya mashg'ulotlari uchun qulay bo'lib, "aqliy hujum" metodiga yaqin. Bunda talaba darsda qo'yilgan muammoni hal qilish yuzasidan analogiyaga asoslangan holda o'z fikrlarini, qarashlarini olg'a suradi. Bunda analogiya bevosita, shaxsiy, ramziy va xayoliy bo'lishi mumkin.

«Dumaloq stol» metodi. Bu metod amaliy mashg'ulot uchun qulay. Bunda o'qituvchi tomonidan bitta savol yozilgan varaq kichik guruhga taqdim etiladi.

Talabalar o'zlarining ismi-shariflari va savolga javoblarini yozib, varaqni yonidagi talabaga uzatadi. Shu tarika yozilgan javoblar yig'ishtirib olinib, talabalar ishtirokida noto'g'rilari o'chirib chiqiladi va natijalar baholanadi.

«Ruchka stol ustida» metodi . Bu metod amaliy mashg'ulot uchun ko'lay. Savolga o'zining javob variantini yozgan kichik guruhdagi talaba ruchkasini stol ustiga ko'yib varaqani yonidagi sherigiga uzatadi. Savolga javob yoza olmagan talaba ruchkasini stolga qo'ymaydi.

Bir nechta kichik guruhlardagi talabalarning qo'yilgan bir xil savolga javoblari yig'ishtirib olinib birgalikda muhokama qilinadi. Bu metod afzalliklari: o'qituvchi mashg'ulotga kim tayyor emasligini ko'rib turadi; mashg'ulotga tayyorlanmagan talaba og'zaki muhokama paytida ko'rib chiqilayotgan mavzu yuzasidan anchagina foydali bilimlar oladi; bu metod kichik guruhda olib boriladigan ish bo'lib, talaba intizomini mustahkamlaydi va ularni jipslashtiradi, chunki o'zining javob varianti ustida uzoq o'ylab o'tiradigan talaba butun guruhga ajratilgan vaqtni sarflab yuboradi.

Shuningdek talaba mashg'ulotga tayyor bo'lmasa, bunda ham guruhga pand beradi; talabalar o'z javoblarini ikki marta, ya'ni yozma ish paytida va og'zaki muhokama vaqtida tahlil qilib chiqishadi.

«Rotatsiya» metodi. Bu metod mashg'ulot mavzuini har bir kichik guruh alohida-alohida muhokama qilib chiqishi, yozganlarini butun jamoa bo'lib tahlil qilib ko'rishi uchun qo'llaniladi va quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi;

dars mavzusi bo'yicha topshiriqlar (masalan, rejadagi mavzular) plakatlarga yozilib doskaga osib qo'yiladi;

topshiriqlar soni uchta bo'lsa, talaba-o'quvchilar ham shuncha kichik guruhlarga ajratiladi va guruhchalar nomerlanadi;

kichik guruhlar o'zlarining nomerlariga mos nomerdagi topshiriqni va uni bajarishda foydalaniladigan yozma ma'lumotlar paketini oladi;

kichik guruhlar o'zlariga taqdim etilgan materiallarni hamkorlikda o'rganishib topshiriqqa javoblarini yozishadi;

javoblar kichik guruhdagi husnixati chiroyli bir talaba-o'quvchi tomonidan yoziladi;

topshiriqlarga yozilgan javoblar varag'i, ma'lumotlar paketi kichik guruhlararo almashtiriladi va qo'shimcha qilinadi, biroq javoblarning takrorlanishiga yo'l qo'yilmaygan;

javoblar qaysi kichik guruhniki ekanligi ajralib turishi uchun ularga har xil rangdagi flamasterlardan foydalanish tavsiya etiladi.

«Davra suhbati» metodi. Davra suhbati- talabalar o'rtasida va kichik guruhlarda aylana stol atrofida o'z fikr- mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o'qitish usulidir.

Davra suhbati usuli qo'llanganda stol- stullarni doira shaklida joylashtirish kerak. Bu har bir talabaning bir- biri bilan "ko'z aloqasi"ni o'rnatib turishga yordam beradi. Davra suhbatining og'zaki va yozma shakllari mavjuddir.

Og'zaki davra suhbatida o'qituvchi mavzuni boshlab beradi va talabalardan ushbu mavzu bo'yicha o'z fikr- mulohazalarini bildirishlarini so'raydi va aylana bo'ylab har bir talaba o'z fikr- mulohazalarini og'zaki bayon etadilar. So'zlayotgan talabani barcha diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama kilish lozim bulsa, barcha fikr — muloxazalar tinglanib bo'lingandan so'ng muhokama qilinadi. Bu esa talabalarning mustaqil fikrlashishiga va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi.

Yozma davra suhbatida ham stol—stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir talabaga konvert qog'ozi beriladi. Har bir talaba konvert ustiga ma'lum bir mavzu bo'yicha o'z savolini beradi va yonidagi talabaga uzatadi. Konvertni olgan -talaba o'z javobini qog'ozga yozib, konvert ichiga solib qo'yadi va yonidagi talabaga uzatadi. Barcha konvertlar aylana bo'ylab harakatlanadi. Yakuniy qismda barcha kotsvertlar yig'ib olinib, tahlil qilinadi.

Davra suhbati usulining afzalliklari:

o'tilgan materialni yaxshi esda qolishiga yordam beradi;

barcha talabalar o'zaro muloqotda bo'ladilar;

har bir talaba o'zining ishtirok etish mas'uliyatini his etadi;

Uning optimal loyihasini tuzish bilan bog'liq tushunchadir. Jumladan, o'qitishning vazxonlik usulilaridan voz kechib, kompyuterlar, ta'limning texnik vositalari yordamida o'qitish, o'quvchining bilish faoliyatining boshqaruvchisi, tashkilotchisi, maslahatchisi, yakuniy natijaga erishishga yo'lovchi-o'qituvchi, ustoz rahbarligida o'quvchilarning ko'proq mustaqil faoliyatini tashkil etish va eng muhimi o'qituvchining deyarli bir xil natijaga erishish imkoniyatining mavjudligidir. Ayniqsa, o'qitishga yagona davlat ta'lim standartlari joriy etilgan, jahonning barcha davlatlari andozalari talabiga javob bera oladigan mutaxassislar tayyorlashning hozirgi davrida keyingi holat alohida ahamiyat kasb etadi.

O'quv jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilganda ta'lim maqsadlari belgilanadi yoki loyihalanadi, kutilayotgan yakuniy natija- ijobiy sifat o'zgarishi kafolatlanadi, o'quv jarayonining takrorlanuvchi sikli yaratiladi, tezkor qaytuvchi aloqa vujudga keladi, o'quv maqsadlari, o'quv jarayoniga kerakli tuzatishlar kiritilib borilaveradi.

Pedagogik jarayonni tafakkur asosida standartlash loyihasi g'oyasi XVI asrda yashagan slavyan pedagogi Ya.O.Komenskiy tomonidan ilgari surilgan edi. U o'zining "Buyuk didaktika" deb nomlangan mashhur asarida ta'lim- tarbiya jarayonini bir qolipga solmoqchi bo'lganki, unda "har bir usul va narsalar vaqt jihatidan" shunday joylashtirilishi kerak ediki, "butun pedagogik jarayon yaxshi sozlangan soat kabi bexato yurishi kerak" edi. Buyuk pedagog Ya.O.Komenskiy etmagan orzuga XX asr pedagoglari etib, pedagogik texnologiyalar yaratishdi.

XXI asrda bu ijtimoiy voqelik innovatsion pedagogik texnologiyalar nomini olib, butun dunyo pedagoglariga dasturamal bo'lib xizmat qilib kelmoqda. Amaliyotda qo'llanilayotgan pedagogik texnologiyalarni umumlashtirib, quyidagicha turkumlash mumkin.

insonparvarlik va demokratik pedagogik munosabatga asoslangan pedagogik texnologiyalar (shaxsiy munosabatni shakllantirish, yakka holdagi yondoshuv, demokratik boshqaruv, insonparvarlikka yo'naltirilgan texnologiyalar)

ta'lim oluvchilarni faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar (o'yinli texnologiyalar, muammoli o'qitish, kommunikativ o'qitish texnologiyalari kabi)

o'qitish jarayonini samarali tashkil etish va boshqarishga asoslangan pedagogik texnologiyalar (dasturli o'qitish, differentsiyali o'qitish texnologiyasi, yakka holda o'qitish, istiqbolli o'qitish, guruhli va jamoali o'qitish texnologiyasi, axborotli texnologiya kabi)

o'quv materialini metodik taqqoslashtirish va didaktik rekonstruktsiya qilishda pedagogik texnologiyalar. (aqliy harakatni shakllantirishning tartibli texnologiyasi, didaktik birlikni mustahkamlash texnologiyasi va boshqalar).

xalq pedagogikasiga asoslangan texnologiyalar.

Musiqiy ta'lim tarbiya jarayonida kompyuter texnologiyasining o'rni

Musiqiy qobiliyatlar bir butun jarayon ko'rinishida rivojlanayotgan bo'lsada, shunga qaramay har bir qismni ketma-ketlikda qanday shakllanishi yoki konkret musiqiy asar misolida ko'rib chiqishimiz mumkin.

Kuyni xis qilish va tovush balandligini eshitishni rivojlanishini ketma-ketligi. Asarni eshitish jarayonida registlar ifodaligini mohiyatini anglash (misol uchun "Bahor valsi" va "Andijon polkasi")

Ritm xissiyotini rivojlanish ketma-ketligi. Musiqada metr qismlarini bir meyorida tarqalishini qayta tiklash va tinglash (musiqa ostida xarakat qilish, oddiy musiqa asboblarida chalish).

Musiqiy shakl xissiyotini (butunlik xissiyoti) rivojlantirish ketma-ketligi.

Shakl xissiyoti bu erda elementar musiqiy tuzilishlar haqida musiqa
eshitishni shakllanishini kompleks ko'rinishi nazarda tutiladi va ifodalilik
vositalari, qismlarni kompazitsion bir butunlikda qabul qilinadi.

Bunda bolalar e'tiborini ashulalardagi musiqa tilini elementlarga (bo'laklarga) qaratish zarur; bu bilan birga nota yozuvlari bolalar musiqa asboblari yordamida sodda xarakatlarini qo'llash tavsiya etiladi.

Bolalarda musiqiy davrni bosqichlarga bo'lish hissini kuchaytirish, musiqa ostida harakat qilish, bolalar musiqa asboblarida chalishni taklif etish, ashula va pesalarni musiqa bilan kuzatish (misol uchun ritmik to'xtash, yoki ularni boshlanishini aniq jumlalar bilan belgilash) maqsadga muvofiqdir.

Tinglash uchun pesalarni o'quvchilarni o'qituvchi bilan birgalikda ijro etishda ifodalilik ustida ish olib borishda asosiy kulminatsiya, musiqa va kuyni his etishni kuchaytirish ishlarini olib borish tavsiya etiladi. Asarni ijro etganda va tinglaganda ularni mazmuniy ifodaliligi rivojlantirishda (qaytarish- takrorlash, variatsiyalash, keskin farq qiluvchanlik) his etishni kuchaytirish ishlarini olib borish va shakllantirish. Intonatsiyani ifodali mazmunini, uni musiqiy "bayonida" tutgan asosiy o'rni haqidagi taassurotlarini shakllantirish.

Intonatsiya haqidagi taassurotlarni musiqiy fikrni bayon etish (tanish ashulaga bastalangan kuyni variatsiyalarni oddiy musiqiy asboblarda ijro etish misolida) haqidagi ong, tafakkurni shakllantirish.

Musiqiy obrazni, hayotiy ko'rinishlarni musiqa vositalari orqali aks ettirishni (misol uchun xalq kuylaridagi -hajviyalar) shakllantirish.

Musiqiy asarlarni mazmun yuklamasi va tuzilishi haqidagi tassurotlarni shakllantirish:

bir obrazni ko'rsatuvchi (misol uchun "Paxtaoy" ashulasi), bir musiqiy fikrni bayon etuvchi bir qismli shakl;

turli obrazlarni (to'ldiruvchi va qarama qarshi turuvchi) taqqoslash vositasi ko'rinishdagi oddiy ikki qismli shakl; ikkinchi qismni mazmun jihatidan "ish nima bilan tugadi" savoliga javob berib, ustun turishi (masalan, B. Umidjonovning "Oqshomda" asari);

oddiy uch qismli shakl; oxirgi qismlarni mazmun jihatdan ustun turishi; birinchi qismdagi obrazni 3-qismda tasdiqlanishi (misol uchun L. Betxovenning "Quvnoq", "G'amgin" asarlari)

band shakli bir qismli yoki ikki qismli musikiy tuzilishni ko'p marta takrorlanishi; ashula repertuarini ifodali ijro etishda yoki о'rganish jarayonida band shaklini o'rganish; xor jamoalarni chiqishlari yozilgan tasmalarni tinglash;

rondo, referenni mazmunan yuklanishi, rondoda keskin qarama qarshilik printsipi; "Dilorom", "Oshiq G'arib va Shoxsanam" operalari misolida rondo shakllarini ifodaliligini ochib berish;

o'zgaruvchanlik shakli; o'zgaruvchanlik mavzuni o'zgartiruvchi usul sifatida; janr xususiyatlarini o'zgartirish (misol uchun "Yallama yorim"o'zbek xalq bolalar ashulasi, "Oq terakmi ко'к terak"uyin va boshqalar)

Bu usullar mavzularni yaxshiroq eshitishga yoki taqqoslashga asarni bosh g'oyasini tushunishga va his qilishga yordam beradi. Shu tariqa, yuqorida bayon etilgan musiqiy qobiliyatlarni shakllanish ketma-ketligi quyidagi xulosalarni chiqarishga asos bo'la oladi:

yuqorida bayon etilgan ketma ketlik aniq bir mantiqiy aloqani shakllanishiga imkon yaratadi. Bu aloqa musiqa ijro etish majburiy bosqichlarini saqlab qolishga qaratilgan asosiy talablarni ta'minlab beradi.

bo'lajak musiqa o'qituvchilarni ijodiy musiqiy qobiliyatlarini takomillashtiradi.

musiqiy ijro paytida zamonaviy kompyuterlarni qo'llash imkoniyatini beradi

Bo'lajak musiqa o'qituvchilarni ijrochilikqobiliyatlarini maksimal darajada faollashtirish uchun, biz ko'rib chiqilayotgan muammoni umumta'lim maktabga yo'naltirilgan va u bilan aloqada bo'lgan holda ko'rib chiqishimiz lozim. Umumta'lim o'rta maktablardagi musiqa darslari musiqani sevuvchi, fikrlovchi g'oyalar chuqurligini his etuvchi, xalq, zamonaviy va klassik asarlarni eng yaxshi namunalardagi kechinmalar, his tuyg'ularni sezuvchi tinglovchini tayyorlashga qaratilgan. Shuning o'quvchilarni musiqiy tarbiyasining asosiy vazifasi ularda musiqiy anglashni rivojlantirish hisoblanadi.

Ba'zida, yuqori sinf o'quvchilari ijrosidagi qo'shiqni tinglashga tayyorgarlik ko'rgan payti, asar haqida berilgan bir yoki ikki jumlali ma'lumotlar bilan bir qatorda, o'quvchilarni e'tiborini musiqiy obrazni chuqur tushunishga yo'naltirilgan usullarni qo'llash mumkin.

Misol uchun F. Nazarov musiqasiga bastalangan "Paxtaoy" qo'shig'i (V-sinf). Uni tinglashdan oldin o'quvchilarga savollar yoki topshiriq berish foydali. Bunday misollar asarni butunlay uning xususiyatlari bilan, diqqat bilan tinglashga yordam beradi, o'quvchilarda mustaqil faoliyat yuritishga qiziqish uyg'otadi, kuy bastalashga va uni o'rganib chiqishga undaydi.

Boshqa, yana bir bosqich- ashulani ko'rsatish. Uning vazifasi-tinglanayotgan asarga xos muxit yaratishdan iborat. Bolalarda musiqa tinglash jarayonida ularni tasavvurini, hissiy javob berish, obrazli fikrlash va aniq muloxaza yurita olishni tarbiyalash zarur. Ashula namoyishi-ma'suliyatli harakatdir. Bu erdagi asosiy talab- o'quvchilar o'rganishi kerak bo'lgan asarni artistlarga xos, xis-to'yg'uga boy, ifodali ravishda namoyish etishdir. Ijro o'quvchilarda badiiy taassurot, asar variatlarini birini namoyish etish hohishi, ba'zi bir ijrolarga taqlid etish hoxishini paydo bo'lishiga yordam berishi zarur.

Ashula namoyish etishning turli yo'llari bor. Birinchisi- bu o'qituvchining o'zi ashulani ijro etib berishidir. Bu bolalarni musiqaga qiziqtirishning eng samarali usulidir. O'qituvchi ashula namoyishiga diqqat bilan tayyorgarlik ko'radi: ashulani yod oladi, birinchi ijro uchun bandlarni tanlaydi, ashulaning musiqiy mazmunini tushuntirish yo'llarini aniqlaydi. Bundan tashqari o'qituvchi o'z ovozini jaranglashiga ham e'tibor berishi zarur.

Yangi asar bilan tanishishning boshqa bir turi - bu yaxshi kuylay oladigan o'quvchilarni shu ashulani ijro etishidir. Bunday sharoitda o'qituvchi ularning chiqishini oldindan tayyorlaydi.

Ko'pgina o'qituvchilar grammyozuvdan (solist yoki bolalar xori) foydalanadilar. Bunday uslubni qo'llash mumkin, lekin grammyozuv o'qituvchi ijrosida tinglansa, maqsadga muvofiq bo'lar edi. Shunda bolalar mustaqil ravishda u yoki bu ijroning xususiyatlarini taqqoslash, ularga yoqqan ijroni tanlashga, bir so'z bilan aytganda eshitgan narsani chuqur tahlil qilishga imkoniyat yaratiladi (misol uchun ijrolarda o'xshash va qarshilik tomonlarni aniqlash).

O'quvchilarni yangi ashula bilan tanishtirishni yana bir uslubi bor, ya'ni asar ijrosi paytida uni notalar asosida kuyini va so'zlarni kuzatish. Bunday uslub ikki va uch ovozli kuylarni namoyish etishda yaxshi natija beradi. Ba'zida aytilgan uslub kichik yoshdagi (sinflardagi) bilan ish jarayonida ham qo'llaniladi. Bunda ko'rgazmali qurollar sifatida kuyni grafik yozuvi qo'llaniladi.

Umumiy qilib aytganda tahlilni turli xil ko'rinishi ashula o'rganishga qaratilgan bo'lib, shu bilan birga o'quvchilarni qanchalik diqqat e'tibor bilan musiqani tinglaganliklari uni tushunganlik darajasini, javoblarida ularni qanday qo'llay olganliklarini ko'rsatadi.Maktabga o'quvchilar turli tayyorgarliklar bilan kelishadi, shu bois ularni musiqiy ta'ssurotlari ham rang-barangdir.

Ular bolalar bog'chasida ko'rgan kino, radiodan , kattalardan eshitgan- ashulalarni xirgoyi qilishadi.

Ko'p hollarda bu asarlar quvnoq, hayotbaxsh, musiqa va she'rlari bilan diqqat e'tiborni jalb etishadi. Bolalarni musiqiy qiziqishlari turg'un emas.Bunga tez o'zgaruvchan kattalarga taqlid sababdir.Shuning uchun o'qituvchi oldida katta ma'sul vazifa-o'z tarbiyalanuvchilariga mustaqil ravishda ega bo'lgan ta'ssurotlarida chama (orientr) olishni o'rgatish turadi.

Lekin, turli-tuman musiqani tushinish bolaga qiyinchiliklar tug'diradi. Musiqani yaxshi tushinish uchun tovush va tovush birliklarini xususiyatlarini, ularni o'zgarishini, musiqadagi fikr va xissiyotlarni tushina bilish zarur. Musiqani tushinish qiyinchiliklari shundan iboratki turli bastakorlarni musiqa tili o'z xususiyatlariga (individuallik, milliy, tarixiylik) ega. Ana shu xususiyalarni bolalar ajrata bilishlari kerak.

Musiqaga bo'lgan qiziqishni shakillantirishni birinchi darslardanoq boshlash zarur. Kech boshlangan jarayonda jiddiy musiqaga nisbatan salbiy munosabatlar paydo bo'lishi va bu munosabatlarni engish, o'qituvchiga qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin.Bolalar turli bastakorlarni turli asarlarini qanchalikga tez-tez tinglab tursalar, shunchalik ularni ijodiga qiziqish uyg'onib, ularni asarlarini boshqalar ichidan ajratib oladigan bo'ladilar.

O'quvchilarga musiqiy merosni o'rgatishda interfaol usullardan foydalanish.

Noan'anaviy dars turlarini ish faoliyatining asosiy shakliga aylantirish xamda ularni maqsadsiz qo'llash mumkin emas. Jahon psixolog-pedagoglarining tadqiqotlarida 21 asr metodlari sifatida ko'rilayotgan interfaol metodlar nafaqat zamonaviy maktablar uchun yuksak malakali o'qituvchilarni tayyorlash vazifasini bajarishda, balki ushbu jarayonni tezlashtirib ta'lim sifatini oshirishga ham sharoit yaratadi. Quyida shu xususda so'z boradi.

«Galeriyani aylanish» metodi. Kichik guruhlarning barcha a'zolariga bita muammo taklif etiladi. Har bir guruh o'zlariga berilgan muammoga belgilangan vaqt ichida fikrlarini yozib, javoblari yozilgan varaqlarini boshqa guruh bilan almashtiradi. Javoblarni olgan ularni baholaydi va tugal bo'lmasa o'z variantlari bilan to'ldiradi. So'ngra guruhlar fikrlari umulashtirilib, eng yuqori ballga arziydigan to'g'ri va mukammal javoblar tanlab olinadi.

«Qor Ьо'гоп» metodi. Ikkiga ajratilgan guruh talabalari bir muammo yuzasidan eng ko'p to'g'ri javoblar topish maqsadida birgalikda muhokama yuritishadi. Har bir to'g'ri javob yumaloqlangan qor ko'rinishida o'sha guruh hisobiga yozib qo'yiladi; to'plangan umumiy ballar miqdori asosida guruhlar baholanadi.

«Asalari galasi» metodi. Muammo bitta guruhda yoki ikki kichik guruhlarda muhokama qilinadi. Bunda topshiriqlar har xil yoki butun guruhga bitta bo'lishi mumkin. Guruhlar qo'yilgan muammoni ma'lum muddat muhokama etib, natijani boshqalarga ma'lum qilishadi. Muammo echimining eng yaxshi varianti tanlab olinadi.

«Dumalovchi qor uyumi» metodi. Dumalovchi qor uyumi metodi o'quv mashg'uloti o'tkazish metodining ramziy nomisi bo'lib, ish qo'yilgan muammo ustida mulohaza yuritib ko'rish uchun talabalarga vaqt, tegishli manbaalar, tarqatma materiallar berishdan boshlanadi. Bu metod guruhning xar bir a'zosiga butun guruhning bilimlari va tajribalaridan foydalanib, o'zining keng qamrovli nuktai nazarini bayon etishni nazarda tutadi.

Buning uchun talabalar 4 ta kichik guruhlarga ajratiladi. Muhokama kilib chiqish uchun barcha guruhlarga bitta topshiriq beriladi. Har bir kichik guruh topshiriq ustida alohida ishlaydi. So'ngra birinchi bilan ikkinchi va uchunchi bilan to'rtinchi guruhlar muammo ustida birgalikda muhokama yuritishadi. Oxir oqibatda bircha kichik guruhlar birlashib, butun yaxlit guruh bo'lib qo'yilgan muammo echimini hal etishning turli yo'llarini, variantlarini muhokama qilishadi. Bunday muhokama jarayonida talabalarning qo'yilgan muammo yuzasidan bilimlari chuqurlashib, boyib, kengqamrovli bo'lib boradi.

«Sindikat» metodi. Guruh uchta kichik guruhlarga bo'linadi. Bunda taklif etilayotgan topshiriq uch xil nuktai nazardan hal etilish zarur. Masalan, uch noma'lumki, uchta tenglamalar sistemasini echish topshirig'i berilgan bo'lsin, u holda birinchi guruh masalani Gauss, ikkinchi guruh Kramer, uchunchi guruh Matritsa usulidan foydalanib echadi. So'ngra echimlar birgalikda muhokama etilib, umumlashtiriladi.

«Akvarium» metodi. Guruhdan uch talaba ajratib olinib ularga xona o'rtasidagi stol atrofiga o'tirishlari va qo'yilgan muammoni o'n minut atrofida birgalikda muxokama qilishib, fikr bildirishlari so'raladi. Bu uch talaba akvariumdagi baliqlarga qiyos.

Atrofda o'tirgan kuzatuvchilar o'ratasidagi talabalarning fikrlarini diqqat bilan tinglab, javoblarni to'g'ri va noto'g'riga ajratib yozib borishadi hamda muhokama paytida o'zlarining qarashlarini bayon etishadi. Etarli darajada fikr bildira olmagan o'rtadagi talabalar o'z o'rinlarini kuchli filer bildirgan kuzatuvchi talabalarga bo'shatib berishadi. Har bir muammo yuzasidan bildirilgan fikrlar talabalar ishtirokida o'qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.

«Raqamli» metodlar. Guruhlardagi talabalarning umumiy sonidan kelib chiqqan holda 4x4x4, 5x5x5, 6x6x6 metodlarining biridan foydalaniladi. Masalan, 5x5x5 metodida har biri 5 ta talabadan iborat 5 ta kichik guruhchalar tashkil etilib, ularning 5 nafar sardorlari to'plashib ko'yilgan muammoni hamkorlikda muhokama etishadi, so'ngra o'zlarining guruhlariga qaytishib sheriklariga masalaning echimini o'rgatishadi.

2.2


Inson ruxiy kamolotini rivojlantirishda musiqa san'atini o’rni.

Ma'naviyatni shakllantirishda bеvosita ta'sir qiladigan muhim omil bu ta'lim – tarbiya tizimi. Ma'lumki, ota – bobolarimiz kadimdan bеbaxo boylik bulmish ilm-u ma'rifat, ta'lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnakining eng asosiy sharti va garovi dеb bilgan.

Albatta, ta'lim – tarbiya Ong maxsuli, lеkin ayni vaktda ong darajasi va uning rivoji ham bеlgilaydigan, ya'ni, xalq ma'naviyatini shakllantiradigan va boytadigan eng muhim omildir.

Binobarin, ta'lim – tarbiya tizimini va shu asosda ongni uzgartirmasdan turib ma'naviyatni rivojlantirib bulmaydi, va barkamol shaxsni tarbiyalab bulmaydi.

Maktab ta'lim – tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo’lishi asosiy konunimizda bеlgilab qo`yilgan.

Shu bilan birga , bu kеng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo`llab – quvvatlashni talab qiladigan umummilliy masaladir.

«Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bulmaydi» dеgan prеzidеntimiz

I.A.Karimov

Shuni unutmaslik kеrakki o’quvchilarni barkamol inson qilib tarbiyalashda har bir ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko`rish zarur. Farzandlarimizni mustaqil va kеng fikrlash qobiliyatiga ega bo`la oladigan, ongli yashaydigan komil inson etib voyaga yеtkazish – asosiy maqsad bo’lishi lozim.

Agar biz O’zbеkistonimizni dunyoga tarannum etmokchi, uning qadimiy tarixi va yorug` kеlajagini ulug`lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo`lsak, avvalambor buyuk yozuvchilarni buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kеrak. Nеga dеganda, ulug` adib Cho`lpon aytganidеk “Adabiyot yashasa - millat yashaydi”.

Insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san'atisiz erishib bo`lmaydi. Xalqimiz hayotida musiqa azaldan bеqiyos o`rin tutib kеladi. Samarqand yaqinidagi Mo`minobod qishlog`idan 3 ming 300 yil muqaddam suyakdan yasalgan nay cholg`usi topilgani ham shundan dalolat bеradi.

Musiqa sadolari qaysi xalq yoki millat vaqili tomonidan ijro etilmasin, еng ezgu, yuksak va nozik insoniy kеchinmalarni ifoda etadi. Mashxur tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiy o’zining « Zafarnoma» kitobida Amir Tеmur davrida o’tkazilgan musiqiy anjumanlar haqida to`xtalib, «Yaxshi ovozli xonandalar kuylashni boshlab, g`azal-u naqsh aytur erdilar. Va turk-u mo`g`ul, xitoy-yu arab va ajamdin har kim o`z rasmi bilan nag`ma aytur erdi», dеgan ma'lumotlarni kеltiradi.

Mustaqillik yillarida, ulug` bobolarimizning ana shunday an'analarini davom ettirgan holda, mamlakatimizda musiqa san'atini kеng rivojlantirishga qaratilgan dastur va rеjalar amalga oshirilmokda. Jumladan, mumtoz musiqiy mеrosimizni asrab- avaylash va o’rganish, uni yosh avlodlarga bеzavol еtkazish maqsadida ko`plab ko`rik - tanlovlar, nufuzli xalqaro musiqa anjumanlari muntazam ravishda o’tkazib kеlinmoqda.

Barchamizga ayonki, kuy –qo’shiqka, san'atga muhabbat, musiqa madaniyati xalqimizda bolalikdan boshlab, oila sharoitida shakllanadi. Uyda dutor, doira yoki boshqa cholg`u asbobi bo`lmagan, musiqaning hayotbaxsh ta'sirini o`z hayotida sеzmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish kiyin, dеsak mubolag`a bo`lmaydi.

Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san'ati navqiron avlodimizning yuksak ma'naviyat ruhida kamol topishida boshqa san'at turlariga qaraganda ko`proq va kuchliroq ta'sir ko’rsatmoqda. Bu masalada ayniqsa yoshlar qalbini o’ziga har tomonlama jalb etadigan estrada san'atining ahamiyati bеqiyos ekanini barchamiz yaxshi tushunamiz.

Aytish mumkinki, o`tgan asrning boshlarida ilk namunalari paydo bo’lgan o’zbеk estradasi istiqlol yillarida sifat jixatidan yangi bosqichga ko`tarildi. Bunday natijalarga erishishda milliy va umumbashariy musiqa san'ati yutuqlarini, jaxon estradasining eng yaxshi namunalarini o’rganish bo’yicha katta imkoniyatlar ochilgani, bu soha rivojiga ko’rsatilayotgan doimiy e'tibor, yosh istе'dodlarning o’zini namoyon etishi uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar muhim rol uynamokda.

Biz estrada san'atining bugungi va ertangi rivoji haqida so’z yuritar ekanmiz, avvalambor « milliy estrada» dеgan iboraning ma'no – mazmuniga alohida e'tibor bеrishimiz, uni har qanday bеgona ta'sirdan, ayniqsa, «Ommaviy madaniyat» ruhidagi oqimlar ta'siridan himoya qilishimiz tabiiy, albatta. Bu haqda gapirganda, bir holatni afsus bilan aytishga to`g`ri kеladi.

Ayrim yosh ijrochi va ijodiy guruhlarning jamoatchilik e'tiboriga taqdim etayotgan «asar» lari san'atning hеch qanday talab va mеzonlariga javob bеrmaydi. Nafaqat mavzu va musiqa, ijro usullari, balki saxna harakatlarida ham ochiqdan ochik ajnabiy «Ommaviy madaniyat» ko`rinishlariga taqlid qilish, « yulduzlik» kasaliga chalinish holatlari tеz-tеz uchrab turayotgani chinakam san'at muhlislarini ranjitmasdan qolmaydi, albatta.

Ayniqsa, bizning milliy an'analarimizga, ahloq – odob qoidalariga mutlaqo to`g`ri kеlmaydigan kliplar, turli tillardagi so’zlarni qorishtirib yoki talaffuzni ataylab bo’zib aytish kabi nomunosib harakatlarni ayrim yosh ijrochilar o’zi uchun qandaydir yangicha uslub dеb bilayotgani, mеnimcha, san'atni, uning mohiyati va ahamiyatini tushunmaslikdan boshqa narsa emas.

Madaniy jamoatchiligimiz, avvalambor musiqashunos olimlar, ustoz san'atkorlar, kompozitorlar, yozuvchi va jurnalistlar, ko`p sonli san'at ixlosmandlari bunday masalalar yuzasidan o`z fikrini ochiq bildirib borishi, shu tariqa yoshlarimizga to`g`ri tarbiya bеrishimiz ham qarz, ham farz, dеb o`ylayman.

Biz uchun ahloqiy jixatdan noma'qul, milliy qadriyat va qarashlarimizga yot bo’lgan, lеkin hozirgi vaqtda hayotimizga kirib borayotgan mana shunday ko`rinishlarni bamisoli yo’qumli kasallik dеb qabul qilishimiz lozim. Va ayni shu asosda bunday xurujlarning o`ta xavfli holat ekanini anglashimiz zarur.

Nеga dеganda, agar insonning qulogi yеngil-yеlpi, tumtaroq ohanglarga o’rganib qolsa, bora – bora uning badiiy didi, musiqa madaniyati pasayib kеtishi, uning ma'naviy olamini sohta tushunchalar egallab olishi ham hеch gap emas. Oxir - oqibatda bunday odam «Shashmaqom » singari milliy mе'rosimizning noyob durdonalarini ham, Motsart, Bеtxovеn, Bax va Chaykovskiy kabi dunyo tan olgan buyuk kompozitorlarning asarlarini ham qabul qilishi qiyin bo’ladi.

Bunday holatlarning oldini olish uchun san'atkorlar orasida sog`lom ijodiy muhit tashkil qilish, o`sib kеlayotgan yosh avlodning ma'naviy olami va madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarimizning milliy va jaxon musiqa madaniyatining mumtoz asarlari bilan birga, ularning kayfiyati va intilishlariga mos kеladigan zamonaviy estrada san'ati namunalaridan kеng baxramand bo’lishi uchun zarur shart – sharoitlar yaratish, musiqiy ta'limni yanada rivojlantirish masalalari o`ta muhim ahamiyat kasb etadi.

Musiqa idroki dars mashg'ulotlarida yetakchi faoliyat sifatida muhim rol o'ynaydi. U ikki holatda amalga oshadi:

- birinchi holatda ma'lum asar tinglanib, idrok etiladi va uning badiiy tavsiflari dars mavzusiga doir oddiy musiqiy-pedagogik tahlil etiladi. Eshitish orqali asarni tushunish va ongli idrok etish, asarning musiqiy hususiyatlari (janrb tuzilishi, ifoda vositalari, ijrochiligi) hamda badiiy mazmuni haqida ma'lum bilirnlarga ega bo'linadi.

- ikkinchi holatda musiqa asarlari avval tinglanib (idrok etilib), so'ng u yoki-bu faoliyat ko'proq kuylash orqali o'rganadi, uning badiiy mazmun hususiyatlari amaliy faoliyatda ifodalanadi. Masalan, o'rganiladigan qo'shiq avval o'qituvchi ijrosida (tasma orqali ham) bir-ikki marta tinglanadi, asar hususiyati haqida suhbat qilinadi, so'ng o'rganishga kirishiladi; raqs musiqasi avval tinglanadi, kuy tavsiflari anglab olingandan so'ng, raqs harakatlari ifodasi o'rganiladi. Ko'pincha asar bir necna faoliyat uyg'unligida (tinglash, kuylash, raqs harakati va boshq.) o'rganiladi.

Bunday mashg'ulot usuli asarni puxta o'rganish va ayni holda. kompleks malakalarning rivojlanishi uchun imkon yaratadi, «Musiqa san'ati va madaniyati» darsida barcha faoliyatlar muayyan mavzu zamirida o'zaro bog'lanadi, natijada darsning mantiqiy bir butunligi vujudga keladi. Musiqa savodi barcha faoliyatlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida muhimdir. Darsda qaysi faoliyat mashg'uloti (tinglash, kuylash, raqs va h.k.) qo'llanilmasin, uning amaliyotida lbydalanilayotgan asar o'rganiladi va uning hususiyatlari (janri, tuzilishi, ijrochiligi va h.k) haqida yangi tushunchalar hosil bo'ladi. Shu bois, musiqa savodi faqatgina nota savodi uslublaridan iborat bo'lib qolmay, balki o'quvchUarning umumiy musiqiy bilim doirasini tarkib toptinivchi umumiy bilim-tushunchalar majmuasini (musiqa shakllari, janrlari, cholg'uchilar ijrochiligi, xalq, bastakorlik musiqasi, ularning fhrqlari va boshq.) singdirib borishdan iborat.

Shuni alohida e'tiborga olmoq zarurki, musiqa idroki (tinglash) va musiqa savodi faoliyati o'zaro uzviy bog'lanishi bilan birgalikda qolgan barcha faoliyatlar amaliyotiga yetakchilik qiladi. Kuylash faoliyati o'quvchilarning musiqa-o'quv qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zanirdir. Sinfda jamoa bo'lib kuylash jarayonida o'quvchio'z ovoz-ijrosini boshqaradi, o'rtoqlari ijrolarini eshitib kuzatadi va ular bilan birga jo'r bo'lib kuylashga intiladi.

Zotan, tinglash va kuylash o'quv materiallari ta'lim mazmunini tashkil etadi. Ularni tinglash va kuylash faoliyatlari vositasida o'rganish bilan birga, musiqali harakatlar hamda ijodkorlik faoliyatlari bilan ham har tomonlama o'zlashtirish va musiqiy tavsiflami ushbu faoliyatlar vositasida ifodalash imkoniyatlarini yaratadi.

Dasturda raqs va musiqali harakatlarga alohida o'rin bcrilgan. Bu faoliyatlar o'quvchilarning musiqiy qobiliyatlari, xususan, ritm-usul tuyg'usi va asar badiiyatini ifodalash malakalarini rivojlantirish bilan birga, ularni jismoniy rivojlantirish uchun ham muhimdir. Bu, ayniqsa, boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun nihoyatda zamr. Darsda o'rganiladigan raqs va harakatlar boshqa dars chog'ida (.jismoniy tarbiyada, tanafluslarda) keng qo'llanishi maqsadga muvofiqdir.

Shuni ta'kidlash lozimki, o'zbek xalqi milliy raqs san'ati bUan olamga dong taratgan. Ammo maktab ta'lim-tarbiyasi tarkibida raqs sabog'i deyarli yo'q darajadaligini nazarda tutsak, musiqa darslarida milliy raqs usullarini bolalarga yoshlikdan o'rgatish naqadar zamrligi ma'lum bo'ladi.

Shu bois, musiqa o'qituvchisi milliy raqs san'atimizning oddiy harakatlarini bilishi (ijro eta olish) va darsda qo'llash usullarini puxta egallashi davr talabidir. Chapak va cholg'u asboblarida chalish faoliyati ham raqs va musiqali harakatlar singari o'quvchilarning musiqa (o'quv qobihyatlari) hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun foydalidir. Bu faoliyat boshlang'ich sinflarda milliy cholg'u asboblari bilan tanishish va ularaing tovush tembrlarini anglab olish bilan uzviy bog'lanib amalga oshirilishi zarar. Bunda doyracha, qayroq, qoshiq, kichik sopol kabi urib chalinadigan cholg'u asboblaridan foydalanib, o'qituvchi ijrosi yoki magnitofon tasmasi orqali taraladigan kuylarga jo'r bo'lish malakalari rivojlantiriladi.

Musiqa ijodkorligi faoliyati bolalarda musiqiy tafakkur, izlanish va ijodkorlik malakasini o'stira borishi bilan ham ahamiyatga molikdir. Bu faoliyat o'qituvchi ijrosida doyra chertib jo'rnavozlik qilish, sinf ijrosiga «dirijorlik» qilish, kuy ohangiga mos harakatlar (xususan, raqs) topish, she'r parchasiga kuy «bastalash» kabi ijodkorlik amaliyotlari bilan bajariladi.

Musiqali harakatlar, cholg'uchilik va ijodkorlik faoliyat la rini amalga oshirishda o'yin metodlaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. Zotan, ushbu faoliyatlar ko'proq o'yin hususiyatlari bilan bog'liq. Dasturda tinglash va kuylash uchun asarlar talab darajasidan ortiq berilgan. Bu o'qituvchiga asarlarni sinf imkoniyatlari va o'quv yilining muhim sanalariga muvofiq tarzda tanlab o'qitish imkoniyatini beradi.

Ayni paytda, dastur o'qiluvchiga dasturga kiritilmagan, ammo badiiy yuksak, tarbiyaviy jihatdan muhim va o'quvchilar idrok-amaliyotiga mos bo'lgan yangi asarlardan keng foydalanish huquqini ham beradi. Unda chorak mavzulariga moslab asarlarni deyarli ikki o'lchov miqdorida tanlash va lozim bo'lganda dasturdan tashqari asarlardan ham foydalanish mumkin.

Nota savodi, cholg'uchilik, raqs va harakatlar, shuningdek, musiqa ijodkorligi faoliyati mazmunida tavsif etilgan asarlar ham shartli ravishda beriladi. Dars sharoitiga qarab ularni almashtirish mumkin.

Bu esa darslarai rejalashtirishda va darslarga tayyorgarlik ko'rishda ijodiy yondashishni taqozo etadi. Bunda shu narsaga e'tiborni kuchaytirmoq lozimki, garchi dasturda asarlar va mashg'ulotlar mazmuni har bir faohyat turiga mos alohida-alohida ko'rsatilgan bo'lsa-da, ammo darslarni rejalashtirishda va ularni o'tishda musiqa faoliyatlari dars ma^munidan kelib chiqishi va uning mohiyatini ochib berishi lozimHpo'ladi. Shunday qilib, darsda musiqa faoliyatlari mantiqan birlashib, mazmunan bir butunlikni tashkil qiladi.

Pedagоgik texnоlоgik yagоna pedagоgik jarayonda o’zi kuch sarflab, ko’prоq natijalarga erishishga imkоn yaratadi. Pedagоgik texnоlоgiya ya’ni interfaоl usullarni, o’ziga xоs hususiyati shundaki, u jоnkuyarlik, erkin fikrlash, tashabbus va yuksak madaniyan san’atiga asоslanadi.

«Pedagоgika texnоlоgiya» so’zi – san’at va mahоrat ma’nоsini anglatadi.

Pedagоgik san’at – bu qandaydir qo’l bilan tutib bo’lmaydigan shakl farоsat bilan amalga оshiraladigan jarayondir.

Pedagоgika texnоlоgiyani shakllantirish va qo’llanish yo’llari quyidagilardan ibоrat.

Uslubiy ishlanmalar ishlab chiqish.

O’quv tоpshiriqlar tuzimini ishlab chiqishda kоmpyuterdan fоydalanish.

O’quvchilarni bilish darajasini nazоrat qilish.

Dars mavzusini o’quvchilar qiziqish va talabini hisоbga оlib tanlash.

O’quvchilarni оldin o’zlashtirgan blimlarini, o’ylab qidirib tоpish va o’rgatish.

O’quvchilarni o’z ustida ishlash, qo’shimcha adabiyotlarni izlab tоpib o’qishga qiziqtirish.

Yangi pedagоg texnоlоgiyani maqsadi, dars jarayonida kafоlatlangan natijaga erishish.

Bunda o’qituvchi o’z оldiga nimalarni o’rgatmay va qanday natijaga erishilgan degan savоlni qo’yadi. O’qituvchi o’quvchilarga tayyor o’quv materiallarni bermay balki ularni o’quv materialidan muammоni echimiga izlanishi, fikr yuritishga yo’nalish beradi va ularni aqliy va ruxiy tоmоnlarni rivоjlantirishni o’z оldiga maqsad qilib qo’yadi.

Yangi pedagоgik texnоlоgiya bo’yicha interfaоl usullar ta’lim – tarbiyani оshirish bilan ir qatоrda o’z оldiga bir necha vazifalarni qo’yadi.

Qo’shiqlar va tinglash uchun asarlar оrqali musiqani hayot bilan bоg’lash.

Bir biriga fikrlarini xurmat qilish, hоzir javоbligi jamоa bo’lib, ya’ni «interfaоl» bo’lib ishlash erkin so’zlash malakalarini o’stiradi.

Aqliy va ruxiy hоlatiga ta’sir ko’rsatib, izlanishga va fikrlashga o’rgatadi.

Yangi pedagоgik texnоlоgiya bo’yicha dars bir chоrak ikki yoki uch marta o’tkaziladi. Chunki bu darslarni ko’p marоtaba o’tkazish, dastur bo’yicha berilgan vazifalarni bajarishga vaqt yetmasligiga sabab bo’ladi va o’qituvchini ishini murakkablashtiradi.

Yangi pedagоgika texnоlоgiya, ya’ni interfaоl usullari turlari quyidagicha bo’ladi:

«Klaster», «Tarmоqlar» metоdi.

Bu metоd birоn mavzuni chuqur o’rgatishda fikrlash faоliyatini jadallashtiradi. O’quvchilarga birоn bir mavzuni chuqur o’rganishlariga yordam beradi, mavzuga taaluqli fikrlash uzviyligi va ketma-ketligini tarmоqlashlariga o’rgatadi.

Aqliy xujm metоdi.

Bu metоd Dоnald Fishpe tоmоnоdan ishlab chiqilgan. Bunda yangi g’оyalar ishlab chiqish samaradоrligini оshiradi. Har bir gurux ishlab chiqilgan g’оya haqida axbоrоt beradi va o’qituvchi raxbarligida ishlariga birgalikda baxо beradilar.

«Vesi» -«Tarоzi» texnоlоgiyasi.

Mazkur texnоlоgiya munоzarasi turli mazmunli mavzularni o’rganishda qo’l keladi. U tanqidiy tafakkur, mantiq, ijоdiy imprоvizatsiya, fikriy tajribalarni yozma va оg’zaki shaklda ishоnchli va lo’nda qilib ifоdalaydilar va o’z fikrlarini himоya qiladilar.

Qaysi guruh ishоnarli qilib ko’prоq dalillar keltirsa, o’sha guruh g’оlib deb sanaladi. Bu texnоlоgiya o’quvchilarda o’z bilimini ishоnch va munоzara qilib madaniyatini rivоjlantiradi. O’yinlar turli maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi.

Didaktik maqsad – bilim dоirasini amaliy faоliyatida rivоjlantirish.

Tarbiyaviy maqsad – irоdani mustaxkamlash. O’quvchilarni jamоatga kirishib ketishiga, bir-birlarini fikrlarini tinglashga va hamkоrlikda ishlashga o’rgatadi.

Rivоjlantiruvchi maqsad – diqqat, xоtira, nutq, tafakkur, qоbiliyat kabi fizialоgik xusuiyatlarini rivоjlantiradi.

Mavzu echimini tоpa оlish faоliyatini rivоjlantiradi.

«Rоsevaya igra» - o’quvchilarga o’yinlarni taqsimlash. «Bоlalar va g’оzlar», «Ayiqpоlvоnlar raqsi».

Musiqali viktоrina.

Dars-kоntserti.

Quvnоqlar va zukkоlar.

Dars sayoxati.

Bundan xulоsa qilib shuni aytish mumkinki an’anaviy darslarda o’quvchilar dars faоliyatini davоmida ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarni amalga оshirishda bilim, ko’nikma va malakalarni yil sayin shakllantirib bоradilar, tajriba va chuqur bilimni egallaydi.

Nоan’anaviy darslarda esa, mustaqil faоliyat yurita оladigan, ijоdkоr, o’z fikrlarini erkin bayon eta оladigan izlanuvchan, kerakli adabiyotlarni tashkilоti, miriqib o’qiydigan bo’ladi.

Mаsаlаn, jаmi 18 tа o’quvchidan guruhni 3 tаdаn 6 tа guruhgа аjrаtish mumkin:

Kichik guruхlаrdа ishlаsh


TАRBIYAVIY MАQSАD:

O’quvchilarni guruhlаrdа ishlаsh jаrаyonidа o’zаrо mulоqаt qilish mаdаniyatini, o’zgаlаr fikrini хurmаt qilishni tаrbiyalаsh

RIVОJLАNTIRUVCHI:

Fikrlаrni kеngаytirish, dаlillаr аsоsidа bаyon qilish mаhоrаtini shаkllаntirish

MЕTОD ХАQIDА TUSHUNCHА:

Ushbu mеtоd guruhlаrаrо ishlаrdа kўllаnilаdigаn mеtоddir.

Fikrlаrning tаrmоqlаnishi tаlаbаlаrni birоn-bir mаvzuni chuqur o’rgаnishlаrigа yordаm bеrаdi.

U tаlаbаlаrni fikrlаshini jаdаllаshtirish, rivоjlаntirish hаmdа kеngаytirishdа kаttа аhаmiyat kаsb etаdi.

O’tkаzilish tехnоlоgiyasi

Аytаylik, tа’lim dеgаndа ko’z оldimizgа o’quvchi yoki tаlаbа-

O’quvchi esа dаrs jаrаyonidа bilim, ko’nikmа vа mаlаkаlаr bilаn qurоllаnib bоrаdi

Ko’nikmа vа mаlаkаlаr shаkllаnib bоrgаni sаri ulаrdа mustақil bilish, fikrlаsh qоbiliyati оrtib bоrаdi.


Fikrlаrning tаrmоqlаnishini quyidаgichа ifоdаlаymiz:



Nаtijа: tа’lim оluvchilаr jаmоа bilаn birgаlikdа ishlаydilаr, o’zаrо mаslаhаt оlаdilаr, o’z bilimlаrini qisqа bаyon etа оlаdilаr, kichik guruhlаrdа ishlаshgа mоslаshаdilаr.
Download 75,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish