Nazorat savollari:
Gipertermiya nima?
Gipotermiya nima?
Energiya almashinuvini boshqaruvi qanday amalga oshadi?
Fizikaviy termoregulyatsiya deb nimaga aytiladi
Kimyoviy termoregulyatsiya qanday sodir bo`ladi?
11-MAVZU. OVQAT HAZM QILISH VA OVQATLANISHNING YOSHGA OID FIZIOLOGIYASI VA GIGIENASI
Tayanch tushunchalar: Sut tishlar, oshqozon, jigar, surilish, moddalar almashinuvi, oqsil, uglevodlar, vitamin.
11.1 Hazm haqida umumiy tushuncha. Hazm yo’li. Hazm bezlari. Og’iz bo’shlig’i, me’da, ingichka va yug’on ichakda hazm jarayonlari. Ozuqa moddalarining gidrolizlanishi. Gidrolitik fermentlar. Ozuqa moddalarining so’rilishi. Ingichka ichak-ozuqani assimilyatsiya qiluvchi asosiy a’zo. Hazm jarayonining yoshga oil xususiyatlari.
Ovqatlar bilan organizm oqsillar, yog’lar va uglevodlar kabi murakkab organik moddalarni oladi. Bu moddalar organizm tomonidan o'sish jarayonida va atrofiyaga uchragan hujayralaming o'rniga yangilarini hosil bo’lishida qurilish materiali sifatida foydalaniladi. To'yimli moddalar organizmdagi energiya moddalar manbai hisoblanadi.
Ovqatlar bilan birga tushadigan darmon dorilar, ma'danli tuzlar va suv ham kam ahamiyatga ega emas. Ular organizmda kechadigan turli tuman kimyoviy reaksiyalarning bajarilishi uchun sharoit yaratib bersa, ko'pchiligi ko'plab reaksiyalarda to'g'ridan to'g'ri ishtirok etadi.
Suv. Ma'danli tuzlar va darmon dorilar organizm tomonidan tolig’icha o'zgarmagan holda o'zlashtiriladi. Ovqatlar tarkibidagi oqsillar. Yog’lar va uglevodlar borasida gap yuritadigan bo'lsak, ular organizm tomonidan to'g'ridan to'g'ri foydalanilmaydi. Birinchidan, bu moddalar ovqat hazmi tizimi devorlaridan o'ta olmaydigan yirik-yirik molekulalardan tashkil topgandir. Bu yerda asosiy masala shundan iboratkim, ularning hammasi organizm uchun begona va har qanday begona moddalar uchun organizmda ularga qarshi himoya moddalari ishlab chiqiladi (antitana). Ana endi tushunarli bo'lsa kerak, nima uchun asosiy to'yimli moddalar organizmning ichki muhitiga tushishidan oldin hazmlanadi.
Ovqat hazmi jaravoni deb, oziq moddalarning fizik va kimyoviy qayta ishlanishi va ularni oshqozon-ichaklar tizimidan so'rilishi, qon bilan tashilishi, organizm tomonidan o'zlashtirilishi mumkin bo'lgan oddiy va eruvchan birikmalarga aylanish jarayoniga aytiladi.
Odamlar organizmida hazm shiralari ta'sirida, ovqat hazmi tizimida oqsillar aminokislotalargacha. yog’lar-glitserin va yog’ kislotalarigacha, murakkab uglevodlar esa oddiy qandlargacha (glukoza va boshqalar) parchalanadi. Oziq moddalarning bunday kimyoviy qayta ishlanishida hazm shiralari tarkibiga kiruvchi-fermentlar bosh rol o'ynaydi. Fermentlar tabiati jihatidan oqsilli moddalar bo'lib, organizm tomonidan ishlab chiqiladigan biologik katalizatorlardir. Fermentlarga xos bo'lgan xususiyatlardan biri ularning spetsifikligidir, ya'ni har bir ferment malum fizik tarkib va tuzilishga, molekulasida kimyoviy bog'lar ma'lum aniq tipga ega bo'lgan moddalarga va moddalar guruhiga ta'sir ko'rsatadi. Fermentlar ta'siri ostida erimaydigan va so'rilishi mumkin bo’lmagan murakkab moddalar eriydigan va yengil o'zlashtiriladigan ancha oddiy moddalarga aylanadi.
Hazm yo’li. Ovqat hazmi a'zolari tizimiga uch juft katta so'lak bezlari bilan og'iz bo'shlig'i, halqum, qizilo'ngach, me'da. ingichka ichak (uning tarkibiga o'n ikki bartmoqli ichak kiradi, unga o't suyuqligi va me’da osti bezlari yo'llari ochiladi, och ichak va yonbosh ichaklar) va ko'r, chambar va to'g'ri ichaklardan iborat yo'g'on ichaklar kiradi. Chambar ichakda yuqoriga ko'tariluvchi, pastga tushuvchi va sigmasimon ichaklar farqlanadi.
Hazm bezlari homiladorlik davridayoq ona organizmidan tushayotgan moddalar va homila oldi suvlaridan tushadigan moddalar hisobiga faoliyat ko'rsata boshlaydi. Lekin bola tug'ilguniga qadar unda ovqat hazmi funksiyalari juda zaif namovon boiadi. Bola tug'ilgach dastlab uvuz suti, so'ngra yetilgan sut va aralash oziqlantirishlar bolalarning ovqat hazmi apparatlari funksiyalarini jiddiy darajada tezlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |