L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Energiya almashinuvining yosh xususiyatlari. Issiq urishi va uni oldini olish. Sovuq urishi va uni oldini olish



Download 5,47 Mb.
bet119/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

10.3 Energiya almashinuvining yosh xususiyatlari. Issiq urishi va uni oldini olish. Sovuq urishi va uni oldini olish.
Bolalar organizmi kattalarnikidan tez osishi bilan ajralib turadi, o’sish esa asosan oqsillar hisobidan bo’ladi, shuning uchun ularning oqsilga bo’lgan talabi kattalarnikidan ancha yuqori. Agar katta odam 1 kg tana massasiga nisbatan 1 g oqsil talab qilsa, 1 yoshgacha bo’lgan bolalarda bu ko’rsatkich — 4 — 5 g, 1—3 yoshda — 4 — 4,5 g, 6 — 10 yoshda — 2,5 — 3 g, 12 yosh va undan katta bolalarda — 2 — 2,5 g —ni tashkil qiladi.
Olti oylikdan 4 yoshgacha bo’lgan bolalar har bir kg tana massasi hisobiga kun davomida 3,5 — 4 g yog iste’mol qilishi lozim (bu umumiy energiya sarfining 30 — 40% tashkil qiladi). Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar ovqat bilan har bir kg tana massasiga kuniga 2 — 2,5 g yog yeyish tavsiya qilinadi. Agar bola ovqatida yog’ yetarli bo’lmasa spesifik va nospesifik immunitetlarning hosil bo’lishi kamayib ketadi, bu narsa o’z navbatida turli kasalliklarga beriluvchanlikni kuchaytiradi.
Glyukoza faqat energiya manbai bo`libgina solmasdan nuklein kislotalar va hujayra sitoplazmasi tarkibiga ham kiradi. Shuning uchun o’sish jarayonida uning yetarli bo’lishi muhim plastik ahamiyatga ega. Sut emadigan bolalar kunida 1 kg tana massasi hisobiga 10 — 12 g uglevod qabul qilishi lozim. Qabul qilingan me’yorlarga ko’ra 1 —3 yoshli bolalar kunida 193 g, 4 — 7 yoshlilar — 287 g, 9 — 13 yoshlilar — 370 g va 14 — 17 yoshlilarda esa 470 — 500 g uglevodlarni ovqat bilan iste’mol qilish belgilangan.
Issiq urishi va uni oldini olish. Sovuq urishi va uni oldini olish. Odam juda past yoki yuqori temperatura sharoitida uzoq tursa, odatdagi sharoitda gavda temperaturasini doim bir darajada ushlab turuvchi fizikaviy va kimyoviy termoregulyatsiya mexanizmlari yetarli bo‘lmay qolishi mumkii, natijada gavda qizib ketadi (gipertermiya) yoki sovib qoladi (gipotermiya).
Qo‘ltiqdagi temperatura 35° dan pastga tushganda gipotermiya holati ro‘y beradi. Odam suvga tushganda gipotermiya tezroq boshlanadi. Bunda avval simpatik nerv sistemasining qo‘zg‘alish belgilari vujudga keladi va issiqliq hosil bo‘lish protsesslari refleks yo‘li bilan kuchayadi. Sovuqda muskullarning qisqarishi — titrash tufayli issiqliq ko‘proq hosil bo‘ladi. Ma’lum vaqtdan so‘ng gavda temperaturasi baribir pasaya boshlaydi. Ayni vaqtda narkozga o‘xshash holat kuzatiladi. Uni birinchi marta 1862 yilda A. Ye. Valter hayvonlar ustidagi tajribalarida ko‘rib tasvir etgan: bu holatda sezuvchanlik yo‘qoladi, reflektor reaksiyalar susayadi, nerv markazlarining qo‘zg‘aluvchanligi kamayadi. Gipotermiyada moddalar almashinuvi intensivligi keskin kamayadi, iafas sekinlashadi, yurak urishi siyraklashadi, qonning sistolik hajmi kamayadi, arterial bosim pasayadi (gavda temperaturasi 24—25° bo‘lganda arterial bosim normadagining 15—20 protsentiga teng bo‘lishi mumkin).
Keyingi yillarda gavdani 24—28° sovitib sun’iy gipotermiya qilish xirurgiya klinikalarida yurak va markaziy nerv sistemasida operatsiya qilishda qo‘llaniladi. Buning mohiyati shundan iboratki, gipotermiya bosh miyada moddalar almashinuvini, binobarin, bu organning kislorodga ehtiyojini ham ancha kamaytiradi, shu sababln miyaning uzoqroq (normadagi 3—5 minut o‘rniga 25—26° da 15—20 minutgacha) qonsizlanishiga chidasa bo‘ladi, buning ma’nosi shuki, gipotermiyada yurakning urmay turishiga, nafas va qon aylaiishining to‘xtab turishiga organizm bemalol chidash beradi. Gavdani tez isitib, gipotermiya to‘xtatiladi.
Gavda sovutilganda moddalar almashinuvi avvaliga kuchayadi, bu esa moslanish reaksiyasi hisoblanadi, bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun sun’iy gipotermiyada ganglioplegik preparatlar (simpatik nerv sistsmasining tugunlarida impulslar o‘tishini to‘xtatadigan kimyoviy preparatlar) bilan miorelaksantlar (nervlardan skelet muskullariga impulslar o‘tishini to‘xtatadigan kimyoviy preparatlar) qo‘llaniladi.
Qo‘ltiqdagi temperatura 37° dan ortganda gipertermiya holati yuz beradi. Tashqi muhitning yuksak temperaturasn uzoq ta’sir etganda, ayniqsa tevarak-atrofdagi havo nam bo‘lganda, binobarin, effektiv terlash kam bo‘lganda gipertermiya boshlanadi. Keskin gipertermiyada, ya’ni gavda temperaturasi 40—41° ga yetganda organizm umuman og‘ir ahvolda qoladi — issiq eltishi (teplovoy udar) deb shuni aytiladi.
Tashqi sharoit o‘zgarmagani holda termoregulyatsiyaning buzilishi natijasida kelib chiqadigan gipertermiyani nuqul tashqi sharoit ta’sirida paydo bo‘luvchi gipertermiya holatidan ajratish kerak. Infeksion isitmada termoregulyatsiya ko‘proq buziladi. U fiziologiyada emas, balki patologiyada o‘rganiladi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish