L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet116/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

Kimyoviy termoregulyatsiya-moddalar almashinuv intensivligini, demak, issiqliq hosil bo‘lish intensivligini ham belgilab beruvchi faktorlardan biri tashqi muhit temperaturasidir.
Tashqi muhit temperaturasi ko‘tarilib 25—30° ga yetganda moddalar almashinuvi va issiqliq hosil bo‘lishi bir oz kamayadi. Tashqi muhit temperaturasi kamayib 15° dan pastga tushganda issiqliq hosil bo‘lishi ancha kuchayadi. Tashqi temperatura optimal temperaturadan, yoki komfort zonasidan past bo‘lsa, issiqliq hosil bo‘lishi ancha kuchayadi. Odatdagi yengil kiyim kiyilganda komfort zonasi 18—20° atrofida, yalang‘och odam uchun esa 28° bo‘ladi.
Odam suvda turganda optimal temperatura havoda turishdagiga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. Bunga sabab shuki, suvning issiqliq sig‘imi va issiq o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgani uchun gavdani havoga nisbatan 14 baravar kuchliroq sovutadi. Shu sababli bir oz sovuq vannaga tushish moddalar almashinuvini shu temperaturadagi havoga nisbatan ko‘proq oshiradi.
Tashqi muhit temperaturasi pasayganda issiqliq hosil bo‘lishining kuchayishi gavdani sovushdan saqlashda katta ahamiyatga ega.
Muskullar qisqarganda ularda eng ko‘p issiqliq hosil bo‘ladi. Odam hatto qimirlamay yotib muskullarini taranglasa, unda oksidlanish protsesslari va shu bilan birga issiqliq hosil bo‘lishi muskullarni bo‘shashtirib yetgandagiga nisbatan 10% oshadi va undan ham kuchayadi. Uncha katta bo‘lmagan harakat aktivligi issiqliq hosil bo‘lishini 25% orttiradi. Yurish energiya sarfini 60—80% oshiradi, og‘ir ishda esa energiya sarfi 400—500% ko‘payishi mumkin.
Odam sovuq sharoitda bo‘lganda muskullarda issiqliq hosil bo‘lish ortadi. Bunga sabab shuki, gavda yuzasida temperaturaning pasayishi sovuqni sezuvchi teri retseptorlariga ta’sir etib, refleks yo‘li bilan muskullarning ixtiyorsiz ravishda betartib qisqarishini qo‘zg‘aydi, bu esa odamning titrashida (diydirashida) namoyon bo‘ladi. Ayni vaqtda organizmning energiya sarfi ancha ortadi, muskullarda kislorod va uglevodlar ko‘proq iste’mol qilinadi, natijada issiqliq ham ko‘proq hosil bo‘ladi. Shunday qilib, sovuqda «qaltirash» yoki titrash—muskullarda ko‘proq issiqliq hosil qilish yo‘li bilan gavda temperaturasi refleks yo‘li bilan boshqarilayotganining namoyon bo‘lishidir. Titrash issiqliq hosil bo‘lishini nechog‘liq orttira olishini sun’iy titrashda (imitatsiya) issiqliq hosil bo‘lishi 200% ortishidan ko‘rsa bo‘ladi. Titrashning termoregulyatsiyadagi ahamiyati yana shu bilan ham isbot etiladiki, organizmga relaksantlar (nervdan muskulga nerv impulslarining o‘tishini buzadigan va muskullarning refleks yo‘li bilan betartib qisqarishini, ya’ni titrashni shu tariqa bartaraf qiladigan moddalar) yuborilgan bo‘lsa, badan sovutilganda gavda temperaturasi tezroq pasayadi.
Kimiyoviy termoregulyatsiyada muskullardan tashqari jigar va buyrak ham katta rol o‘ynaydi. Jigar venasining qonidagi temperatura jigar arteriyasining temperaturasidan yuqori, bu esa jigarda issiqliq ko‘proq hosil bo‘lishini ko‘rsatadi. Badan sovuganda jigarning issiqliq hosil qilishi kuchayadi.
Organizmda oqsil, uglevod, yog‘larning oksidlanib parchalanishi natijasida energiya yuzaga chiqadi. Modomiki shunday ekan, oksidlanish protsesslarini boshqaruvchi barcha mexanizmlar issiqliq hosil bo‘lishini ham boshqaradi. albatta.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish