Nafas gigienasi. Nafas organlarning gigienasida umumiy gigienik qoidalarga rioya qilish (kun tartibi, jinsiga, yoshiga, sog’liqqa to’g’ri keladigan jismoniy yuklama, to’g’ri ovqatlanish, kiyinish, toza havoda bo’lish va hokazo) katta ahamiyatga ega. Nafas organlarini shamollashini oldini olish uchun nafasni og’iz orqali emas, balki burun orqali olish zarur. Burun bo’shlig’i orqali o’tgan havo isiydi, mexanik zarrachalardan tozalanadi va zararsizlanadi. Nafas tizimi ishining me’yorligini ta’minlashda nafas olish va nafas chiqarishlarning nisbatini saqlash ham katta ahamiyatga egadir. Nafas chiqarishning davomi nafas olishdan ko’proq bo’lishi kerak. To’g’ri nafasning muhim shartlardan biri ko’krak qafasining rivojlanishi. Suzish, changida uchish, eshkak eshish singari sport turlari ko’krak muskullarning rivojiga olib kelib, nafas chuqurligini, o’pkaning tiriklik sig’imini oshiradi, ichki nafasni faollashtiradi. Ko’krak qafasi yaxshi rivojlangan odam tekis va to’g’ri nafas oladi. Qomati bukilgan odamlarda nafas olishda o’pkaga kamroq havo boradi.
Xonadonlarda havo muhitining gigiyenik qiymati. Havoning tozaligi, fizik xossalari va tarkibi bolalarning ish qobiliyatiga ta’sir qiladi. Bolalar va o’smirlarning chang, havosi toza bo’lmagan xonada bo’lishi butun organizmning funksiyalarini yomonlashuviga olib kelib, uni turli infeksiyalarga nisbatan qarshiligini pasaytiradi. Yaxshi shamollamagan yopiq xonalarda xona harorati oshishi bilan birga uning fizik va kimyoviy xossalari yomonlashadi.
Tekshirishlar ko’rsatadiki, havoda og’ir va yengil atom va molekulalar mavjud. Musbat va manfiy ionlar atmosfera havosida uchrab turadi, ular odamning ish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Nafas olish qiyin bo’lgan xonalarda chang va turli xil mikroorganizmlar ko’p bo’lib, og’ir atom va molekulalar ko’p bo’lishiga olib keladi va nafas olishni qiyinlashtirib, ular ish qobiliyatini susaytiradi, kasalliklarga sabab bo’lishi mumkin.
Sinflarda darsdan oldin 1m3 havoda yengil ionlar miqdori 460 — 470 ga teng, og’ir ionlar — 10 mingga yetishi mumkin. O’qishni oxirgi soatlarida yengil ionlar miqdori 220 gacha pasayadi, og’ir ionlar miqdori 24 minggacha yetadi. Shu bilan birga havo harorati oshib boradi, namlik yuqori bo’ladi.
Sinf xonada darsning davomida havoning tarkibi va fizikaviy ko’rsatkichlari o’zgarib turadi. Yengil, manfiy ionlarning miqdori kamayib, changlanish darajasi, bakterial ifloslanishi, salbiy ta’sir etuvchi ionlarning miqdori osha boshlaydi. Shu bilan birga xonadagi havoning namligi, karbonat angidridning konsentratsiyasi oshib, kislorodning konsentratsiyasi kamayadi.
Shuning uchun sinf xonalarini muntaham ravishda shamollatib turish zarur. Sinf xonaning balandligi 3,35 m bo’lganda har bir bolaga 1,43 m² maydon to’g’ri kelishi kerak. Sport zalida, usta xonalarda bolalarning jismoniy faolligi yuqori bo’lganligi tufayli har bir bolaga 10—15 m³ havo to’g’ri kelish kerak. Bunday havo hajmini maktab xonalarida tabiiy va sun’iy ventilyatsiyasini to’g’ri tashkil qilish bilan ta’minlash mumkin.
Sinf xonalardagi harorat, namlik va havoning harakat tezligi uning mikroizlimini tashkil qiladi. Havoning harorati 18—22°, nisbiy namligi 40 — 60%, harakatlanish tezligi 0,1- 0 G 2 ms bo’lganda aqliy mehnat unumdorligi eng yuqori bo’lishi ko’rsatilgan.
Gorizontal va vertikal yo’nalishlari bo’yicha haroratlarning o’zgarishi sinf xonada 2 — 3°dan oshmasligi zarur.O’quv xonalarda ochiladigan derazalarning umumiy maydoni xona polining maydoniga 1:50 nisbatda bo’lsa gigiyenaga talab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |