L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


-jadval. O’pkaning tiriklik sig’imining o’rtacha o’lchami



Download 5,47 Mb.
bet111/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

7-jadval. O’pkaning tiriklik sig’imining o’rtacha o’lchami

Jinsi

Yoshi (yillarda)

4

5

6

7

8

10

12

17

18

O’g’il bolalar

1200

1200

1200

1400

1440

1630

1975

2600

3520

Qiz bolalar

-

-

1100

1200

1300

1460

1905

2530

2760

O’pka ventilyatsiyasi. Qon orqali tuqima va hujayralarga kislorodning tashilishi maxsus qon pigmenti gemoglobin tufayli amalga oshiriladi. U kislorod bilan birikib unchalik mustahkam bo’lmagan birikma oksigemoglobin hosil qiladi. Gemoglobin tarkibida 2 valentli temir bor bo’lgani uchun ham, har bir gemoglobin molekulasi 4 molekula kislorodni biriktirib olishi mumkin. 100 ml qon tarkibidagi gemoglobinning kislorodni biriktirib olish darajasi Qonning kislorod hajmi deyiladi. 1 g gem oglobin 1,33— 1,36 ml kislorodni biriktira oladi. Shuning uchun ham qonning kislorod hajmi odamda o’rtacha 1,36 x 15=20,4ml ga teng, agar 100 g qonda 15 g gemoglobin bo’lsa. Bu qiymat 17,42 dan 24,12 gacha o’zgarib turadi.
Qonga kislorodning o’tishi, uning parsial bosimiga bogliz. Lekin parsial bosim bilan qonga kislorodning o’tishi orasida doim proporsional bog’lanish bulavermaydi. Har xil sharoitlarda kislorodning qonga o’tishi qiyinlashib qolishi mumkin. Masalan, kuchli jismoniy mehnat bajarilganda, hayajonlanganda bunday vaziyat — o’pka ventilyasiyasini yomonlashuviga kislorodning parsial bosimini kamayishiga olib keladi. Karbonat angidridning o’pkaga tashilishi to’qimalarda va qonda uning parsial bosimining turlicha bo’lishi tufayli ro’y beradi.
Venoz qonda jami bo’lib 55 — 58 hajm% karbonat angidrid bo’ladi. Uning asosiy qismi karbonat kislotasi ko’rinishida plazma va eritrotsitlar tarkibida bo’ladi. Karbonat angidridning qon bilan birikishida gemoglobin muhim rol o’ynaydi. Bundan tashqari, eritrotsit va plazma tarkibidagi karbonat angidridning ajralib chiqishida karboksigidrolahalar muhim rol o’ynaydi.
To’qima va hujayralarda kislorodning parsial bosimi doimo kamayib boradi, shiddatli mashq qilayotgan muskullarda esa bu bosim nolgacha tushadi. To’qimaga olib kelgan arteriya qonida esa kislorodning parsial bosimi 100 mm simob ustuniga teng. Shuning uchun ham kislorod qondan to’qimaga konsentratsiya gradienti tufayli oson o’tadi. Lekin arteriya kapillyarlaridagi barcha kislorod qondan to’qimalarga o’tmaydi. Masalan, arteriya kapillyarlarida kislorod miqdori 19 hajm% bo’lsa, vena qonida 11 hajm% ga tushadi. Mana shu arteriya kapillyari va venoz qonida kislorod miqdorining farqiga arterio — venoz farqi deyiladi. Bu qonning gaz tashishini belgilovchi muhim ko’rsatkichdir. Kuchli jismoniy mehnat qilish tufayli muskullardan ozayotgan qondagi kislorodning hajm foizi 8 ga tushadi.
To’qimalarda karbonat angidridning parsial bosimi 50 — 60 mm, tuqimalararo suyuqlikda esa 46 mm simob ustuniga teng. Shuning uchun karbonat angidrid diffuziya yo’li bilan to’qimadan katta tezlikda qonga o’tadi.
Qon bilan gazlarning tashilishi. Kislorodning qon bilan birikishi. Kislorod qonda gemoglobin bilan uncha barqaror bo’lmagan birikma — oksigemoglobin hosil qiladi. 1 g gemoglobin 1.34 sm3 kislorodni biriktirib olish xususiyatiga ega. Kislorodning parsial bosimi qancha yuqori bo’lsa, shuncha ko’p oksigemoglobin hosil bo’ladi.
Alveolar havodagi kislorodning parsial bosimi 100-110 mm sim. ust. teng bo’ladi va bunday sharoitda qonning 97 % gemoglobini kislorod bilan birikadi.
Oksigemoglobin shaklidagi kislorod o’pkadan to’qimalar bo’ylab tarqaladi. To’qimalarda kislorodning parsial bosimi past bo’lganligi sababli, oksigemoglobin dissotsiyalanib kislorodni o’zidan ajratadi. Xuddi shu yo’l bilan to’qimalar kislorod bilan ta’minlanadi.
Havoda yoki to’qimalarada karbonat angidrid gazi ko’p bo’lsa, qondagi gemoglobinning kislorodni biriktirish xususiyatini pasaytiradi.
Karbonat angidrid gazining qon bilan birikishi. Karbonat angidrid gazi qon tarkibida kimyoviy birikmalar hamda natriy gidro-i l
karbonat va kaliv gidrokarbonatlar shaklida tashiladi. Uning bir qismi gemoglobin bilan tashiladi.
Karbonat angidrid gazining qon bilan birikishi va uning to’qimalardagi va qondagi kuchlanishiga bog’liqdir. V unday holatda eritrotsitlarda mavjud bo’lgan karbonangidraza fermenti muhim rolni o’ynaydi.
Karbonat angidrid gazining kuchlanishi yuqori bo’lgan to’qimalarning kapillarlarida ko’mir kislotasining hosil bo’lishi yuz beradi.
Bolalarning o’pkasidagi gazlar almashinuvi ulardagi kislota - ishqor muvozanatining boshqarilish xususiyatlari bilan chambarchas bog’liq. Bolalarda nafas markazi qon reaksiyasining eng mayda o’zgarishiga ham juda aniq reaksiya qiladi. Hattoki, muvozanatning kislotali tomonga bir ozgina og’ishi ham bolalarda havo yetishmasligini chaqiradi.
Bolalarning diffuzion xususiyati yosh ulg’ayishi bilan orta boradi. Bu esa o’pka alveolalarining umumiy yuzasining ortishi bilan bog’liqdir.
Organizmning kislorodga bo’lgan talabi va karbonat angidridning ajralishi organizmda kechadigan oksidlanish jarayonlarining darajasi bilan aniqlanadi. Yosh ulg’ayishi bilan bu daraja kamayadi, bolaning o’sishiga qarab har 1 k g tirik vaznga to’g’ri keladigan gazlar almashinuvi ham mos holda kamaya boradi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish