L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet117/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

Fizikaviy termoregulyatsiya-tashqi muhit temperaturasi ko‘tarilganda gavda temperaturasining doim bir darajada saqlanishida fizikaviy termoregulyatsiya muhim rol o‘ynaydi. Tashqi muhit temperaturasi gavda temperaturasiga yaqin yoki teng bo‘lsa, moddalar almashinuvi susayadiyu, organizmni qizib ketishdan saqlay olmaydi, chunki organizmda anchagina issiqliq baribir hosil bo‘laveradi. Bunday hollarda issiqliqni ko‘proq chiqarib yuborish yo‘li bilan ro‘yobga chiqadigan fizikaviy termoregulyatsiya izotermiyani saqlashda asosiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Organizmda hosil bo‘ladigan issiqliq asosan issiqliqni nurlantirish (radiatsion issiqliq yo‘qotish) va issiq o‘tkazish (konveksion issiqliq yo‘qotish) yo‘li bilan, ya’ni issiqliqni teridan bevosita havoga yoki teriga tegib turgan buyumlarga o‘tkazish yo‘li bilan chiqib ketadi. Katta yoshli odam tinch yotganda tashqariga beriladigan jami issiqliqning qariyb 70 protsentini issiq o‘tkazish (qariyb 15%) va issiqliqning nurlantirish (55%) yo‘li bilai chiqarib yuboradi.
Odatdagi sharoitda aktiv ish bajarilmaganda qariyb 27% issiqliq teri va o‘pka yuzasidan suv bug‘lanishi yo‘li bilan chiqib ketadi. Ter bezlari orqali bir sutkada qariyb 500 ml, o‘pkadan esa qariyb 350 ml suv bug‘lanishini va 1 ml suvning bug‘lanishiga 0,58 kkal zarurligini hisobga olsak, gavdadan suv bug‘lanib ketishiga 500 kkal sarflanadi. Gavdadan yo‘qoladigan issiqliqning 3 protsenti nafasdan chiqadigan havoning isishiga sarf bo‘ladi, shuningdek axlat va siydik bilan chiqib ketadi.
Odamning kiyimi issiqliq chiqib ketishini kamaytirishga xizmat qiladi. Ayni vaqtda gavda bilan kiyim orasidagi harakatsiz havo qatlami issiqliqning chiqib ketishiga to‘sqinlik qiladi, chunki havo issiqliqni yaxshi o‘tkazmaydi. Kiyim ostidagi havo temperaturasi 30°ga yetadi. Gavdaning ochiq joylari issiqliqni yo‘qotadi, chunki gavda yuzasidagi havo doim almashinib turadi. Shu sababli gavdaning ochiq joylaridagi teri temperaturasi kiyim bilan berkilgan joylardagi teri temperaturasiga nisbatan pastroq bo‘ladi.
Teri ostidagi yog‘ kletchatkasi ham issiqliq yo‘qolishini ancha kamaytiradi, chunki yog‘ning issiq o‘tkazuvchanligi kam.
Issiqliq nurlanishini va issiqliq o‘tkazilishini birgalikda ko‘zdan kechirish mumkin, chunki ular hamisha parallel ravishda o‘zgaradi va bir faktorga, ya’ni teri temperaturasi bilan tashqi muhit temperaturasining farqiga bogliq bo‘ladi. Teri temperaturasi, demak, issiqliq nurlanishining ham, issiqliq o‘tkazilishining ham intensivligi birinchidan, tomirlardagi qon qayta taqsimlanganda, ikkinchidan sirkulyatsiyadagi qon miqdori o‘zgarganda o‘zgarishi mumkin.
Har xil tomirlardagi qon quyidagicha qayta taqsimlanadi: sovuqda terining qon tomirlari, asosan arteriolalari torayadi va korin bo‘shlig‘idagi organlarning tomirlariga ko‘proq qon o‘tadi. Terining yuza qavatlari ozgina issiq qon olgani tufayli issiqliqni kamroq nurlantiradi va atrofidagi muhitni kam isitadi, natijada issiqliq chiqib ketishi kamayadi. Oyoq-qo‘l terisi qattiq sovuganda arteriya-vena anastomozlari ochilib, teri kapillyarlariga qon kelishini kamaytiradi va shu bilan issiqliq chiqib ketishiga to‘sqinlik qiladi.
Tevarak-atrofdagi muhit temperaturasi yuqori bo‘lsa, teri tomirlari kengayadi, teriga issiq qon ko‘proq kelib, uning temperaturasini oshiradi, natijada issiqliq nurlanishi ham, issiqliq o‘tkazilishi ham ortadi.
Tashqi muhit temperaturasi ko‘tarilganda to‘qimalardagi suvning qonga o‘tishi, shuningdek taloq va boshqa qon depolaridan qon aylanish sistemasiga qo‘shimcha miqdorda qon chiqishi tufayli sirkulyatsiyadagi qon miqdori ko‘payadi. Sovuqda qarama-qarshi protsesslar ro‘y berishi sababli sirkulyatsiyadagi qon miqdori kamayadi. sirkulyatsiyadagi qon miqdori ortganda teridan o‘tadigan qon miqdori ham ko‘payadi, bu esa tashqi muhitga teridan issiqliq o‘tishini kuchaytiradi.
Tevarak-atrofdagi muhit temperaturasi ko‘tarilganda badandan ter bug‘lanishi gavda temperaturasini doim bir darajada saqlash uchun katta ahamiyatga ega. Yuqori temperaturada organizm shu yo‘l bilan ko‘p issiqliq chiqaradi.
Gavda temperaturasini doim bir darajada saqlash uchun terlashning ahamiyati quyidagicha hisobdan yaqqol ko‘rinadi: tropiklarda tashki muhit temperaturasi 37° gacha yetadi, ya’ni odamning gavda temperaturasiga teng bo‘ladi. Buning ma’nosi shuki, tropiklarda yashovchi odam organizmda hosil bo‘luvchi issiqliqni nurlantirish va o‘tkazish yo‘li bilan chiqara olmaydi. Bu holda suvni buglantirish issiqliq chiqarishning birdan-bir yo‘li bo‘lib qoladi. Bir sutkada o‘rta hisob bilan 2400—2800 kkal issiqliq hosil bo‘lishini va gavda yuzasidan 1 g suv bug‘langanda 0,58 kkal issiqliq sarflanishini bilib, shu sharoitda odamning gavda temperaturasini doim bir darajada saqlash uchun 4,5 l suv bug‘lanishi zarurligini aniqlaymiz. Tevarak-atrofdagi muhit temperaturasi yuqori bo‘lganda muskullari bilan zo‘r berib ish-layotgan odam ayniqsa ko‘p terlaydi, chunki bunda organizmda issiqliq ko‘p hosil bo‘ladi. Issiq sex ishchilari juda og‘ir ish bajarganda bir kunda 12 litrgacha ter chiqishi mumkin.
Suvning bug‘lanishi havoning nisbiy namligiga bog‘liq; suv bug‘lari bilan to‘yingan havoda suv bug‘lana olmaydi. Shu sababli atmosfera namligi ko‘p bo‘lgan sharoitda yuqori temperatura organizmga atmosfera namligi kam bo‘lgan sharoitdagiga nisbatan og‘irroq ta’sir etadi. Suv bug‘lari bilan to‘yingan havoda, masalan, hammomda ter ko‘p chiqadi-yu, bug‘lanmaydi va teridan oqib tushadi. Bunday terlash issiqlikni chiqarishga yordam bermaydi, terning badandan bug‘-lanuvchi qismi issiqliq chiqarish uchun ahamiyatli (terning shu qismi «effektiv terlashni» tashkil etadi).
Havoni o‘tkazmaydigan, terning bug‘lanishiga to‘sqinlik qiladigan (charmdan, rezinadan tikilgan) kiyim ham noqulay: kiyim bilan gavda orasidagi havo suv buglari bilan tez to‘yinib, terning yana bug‘lanishi to‘xtab qoladi.
Gavda temperaturasini doim bir darajada saqlashda badandan suv bug‘lanishining ahamiyatini shundan ham ko‘rish mumkin; havo nam bo‘lsa, odam uncha yuqori bo‘lmagan (32°)temperaturada ham o‘zini yomon his qiladi. Butunlay quruq havoda odam 50—55° temperaturada 2—3 soatgacha aytarli qizib ketmay tura oladi.
Suvning ma’lum qismi nafasdan chiqadigan havoni to‘yintiruvchi bug‘ shaklida o‘pkadan bug‘lanib ketadi. Modomiki shunday ekan, nafas olish ham gavda temperaturasini doim bir darajada saqlashda ishtirok etadi. Sovuqda nafas markazi refleks yo‘li bilan tormozlanadi, odam siyrak nafas oladi, tashqi muhit temperaturasi yuqori bo‘lganda esa, aksincha, nafas markazi qo‘zg‘aladi.
Yuqorida bayon qilinganlardan anglashiladiki, bir tomondan, modda almashinuv intensivligini boshqaruvchi mexanizmlar va modda almashinuviga qarab issiqliq hosil bo‘lishi (kimyoviy termoregulyasiya), ikkinchi tomondan, terining qon bilan ta’minlanishini, terlash-ni va nafas olishni boshqaruvchi mexanizmlar (fizikaviy termore-gulyatsiya) birgalashib ta’sir etib, gavda tsmperaturasini boshqaradi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish