L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet125/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

Ichak bezlari sekresiyasi. Bir kechayu-kunduzda odam ichagining o‘n ikki barmoqli ichak qismi shilliq pardasida joylashgan brunner bezlari va ingichka ichak qismidagi liberkyunov bezlari ajratadigan ichak shirasi 2,5 l bo‘lib, uning pH darajasi 7,2-7,5 ga teng, lekin sekresiya kuchaygan paytda pH - 8,6 gacha ko‘tariladi.
Ingichka ichak shirasining ajralishi boshqa a’zolardagi shiralar ajralishidan farq qiladi. So‘lak me’da, me’da osti va boshqa bezlarning sekretor hujayralari shira ajratish jarayonida yemirilmaydi, faqat apikal qismi, avvaldan bu yerga to‘plangan sekretor granulalar bilan birga shiraga uzilib o‘tadi. Shikastlanmagan yoki massasining juda kam miqdorini yo‘qotgan hujayralar tiklanib, sekretor jarayonda ko‘p martalab ishtirok etadi.
Ingichka ichak shirasi ajralishi mexanizmidagi farq, uning tarkibiy xususiyatlarini belgilaydi. Bu shira suyuq va quyuq qismlardan tashkil topgan. Uning quyuq qismini yemirilgan yoki butun enterotsitlar va qadoqsimon hujayralar ajratib chiqargan shilimshiqlar tashkil qiladi. Ingichka ichak enzimlarining asosiy qismi shiraning quyuq qismida bo‘ladi. Uning tarkibida fosfolipidlar, oqsillar va nuklein kislotalar juda ko‘plab uchraydi. Shira tarkibida anorganik moddalardan natriy, kaliy, kalsiyning bikarbonat, fosfat va xloridlari uchraydi. Ovqat iste’mol qilingandan keyin ingichka ichak sekresiyasi, ayrim gormonlar ta’sirida tezlashadi. Ichak shilliq pardasini mexanik ta’sirlash ham suyuqlik ajralishini kuchaytiradi. Ichak sekresiyasining kimyoviy qo‘zg‘atuvchilari oqsil va yog‘larning parchalanish mahsulotlari me’da osti bezi shirasi, xlorid va boshqa kislotalar hisoblanadi. Ingichka ichak shirasi ajralishiga MAT ning ta’siri deyarli sezilmaydi.
Ingichka ichak shirasida 20 ga yaqin gidrolitik enzimlar mavjud bo‘lib, ular oqsillar va polisaxaridlarning parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan oligomerlarni, yog‘lar parchalanishining mahsuloti bo‘lgan monoglitseridlarni va ovqat tarkibidagi disaxaridlar hamda ayrim moddalarning parchalanish jarayonini oxirigacha amalga oshiradi. Proteolitik enzimlar orasida enterokinaza alohida o‘rin egallaydi. Bu enzim tripsinogen molekulasida lizin va izoleysin aminokislotalari o‘rtasidagi aloqadorlikni uzib, undan geksopeptid ajratib chiqaradi. Natijada, enzimning faol markazi ochilib, u tripsinga aylanadi. Enterokinaza o‘n ikki barmoqli ichak va ingichka ichakning yuqori qismida sintezlanadi. Bundan tashqari ingichka ichakning hamma qismida bir guruh peptidazalar borligi aniqlangan bo‘lib, ular dipeptid, tripeptid va oligopeptidlarning aminokislotalarga parchalanishini ta’minlaydi. Shiraning gamma-amilazasini ovqat tarkibidagi polisaxaridlarni parchalashdagi ahamiyati katta. Bu enzimning pankretatik alfa-amilazadan farqi shuki, uning ta’sirida polisaxarid molekulasining uchidagi glyukoza yaxshi ajraladi. Shu sababli ham gamma-amilaza ta’sirida polisaxaridlardan oligosaxarid va disaxaridlar bilan bir vaqtda, sezilarli miqdorda glyukoza ham hosil bo‘ladi. Disaxaridlarni parchalovchi bir nechta enzimlar ham mavjud. Masalan, maltaza va izomaltaza kraxmaldan amilazalar ta’sirida hosil bo‘lgan dekstrinlar va oligosaxaridlarning alfa-1,6-glyukozid, alfa-1,4-glyukozid bog‘lamlarni uzadi, maltozani ikki glyukoza molekulasiga parchalaydi.
Saxaraza enzimi iste’mol qilingan lavlagi yoki shakar qamish qandini (saxarozani) glyukoza va fruktozaga parchalaydi, shu bilan birga, maltozani ham parchalash qobiliyatiga ega. Laktaza enzimi sut tarkibidagi laktozani glyukoza va galaktozaga ajratadi, ammo boshqa disaxaridazalar laktozani parchalay olmaydi. Shu sababli ham laktazani sut bilan ovqatlanish davridagi ahamiyati katta. Ichak shirasining yana bir disaxaridazasi (tregalaza) qo‘ziqorin va suvda o‘sadigan o‘simliklarda uchraydigan tregalozani parchalaydi. Yuqori faollikka ega bo‘lgan ingichka ichak enzimlariga ishqoriy fosfataza ham kiradi. Bu enzim fosfor kislotasi efirlarini ishqoriy muhitda (rN 9-10) yaxshi parchalaydi. Fosfoserin, xolinfosfat va etanolaminfosfatlar tabiiy sharoitda ishqoriy fosfataza tomonidan parchalanadi. Bu moddalar fosfoprotein va fosfolipidlarning parchalanishlari jarayonlarida oraliq mahsulotlar sifatida paydo bo‘ladi. Ingichka ichak bezlari tomonidan sintezlanadigan lipaza monoglitseridlarga nisbatan juda ham faol. Bu lipaza, uchglitseridlardan pankreatik lipaza ta’sirida hosil bo‘lgan monoglitseridlarni erkin glitserin va yog‘ kislotaga parchalaydi. Shunday qilib, ingichka ichak enzimlari uglevod, oqsil va yog‘lar parchalanishini oxirgi bosqichiga yetkazadi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish