L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet123/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

Xlorid kislota ajratadigan hujayralarning o‘ziga xosligi ularda sekretor naychalarning mavjudligidadir. Xlorid kislotaning maksimal ajralishi ushbu hujayralarning son miqdori bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. Bu hujayralarning yuzasida mikrovorsinkalari bo‘lgan chuqur bo‘rtmalar mavjud. Tinch holatdagi hujayralarda sekretor naychalar yaqqol namoyon bo‘lmaydi, ularning o‘rnida pufaksimon hosilalar, ya’ni tubulovezikulalar ko‘rinadi. Faol sekret ajratayotgan hujayralarda esa, tubulovezikulalar ko‘rinmay qoladi, sekretor naychalar esa kattalashadi. Rangsiz va tiniq shirada 0,3-0,5 % miqdorda xlorid kislota borligi sababli rN 1,5-1,8 atrofida bo‘ladi. Xlorid kislota (me’da va umuman hazm tizimi faoliyati uchun muhim bo‘lgan):

  1. pepsinogenlarni faol pepsinga aylantiradi;

  2. pepsinlarning faollashuvi uchun zarur bo‘lgan kislotali muhitni hosil qiladi;

  3. ovqat oqsillarini denaturatsiyaga uchratadi, yumshatadi, natijada ularning parchalanishi yengillashadi;

  4. pilorusning ochilib-yopilishi va ximusning ichakka o‘tishini boshqarilishida ishtirok etadi;

  5. me’da va ingichka ichakning shilliq pardalaridan qonga gormonlarning ajralishini o‘zgartirib, hazm tizimi faoliyatini boshqarishda ishtirok qiladi;

  6. me’dadagi mikroblarning ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaydi, ya’ni bakteritsid ta’sirga ega.

Me’da bezlarining bosh hujayralarida proteolitik enzimlar, ya’ni faol bo‘lmagan pepsinogenlar sintezlanadi, ular, me’da shirasining asosiy gidrolitik enzimi hisoblanadi. Ribosomada sintezlanadigan proenzim zimogen granulalari ko‘rinishida to‘planadi va ekzotisoz yo‘li orqali me’da bezining bo‘shlig‘iga o‘tadi. Me’da bo‘shlig‘ida pepsinogendan ingibirlanuvchi oqsilli majmua parchalanadi va pepsinga aylanadi. Pepsinogenning faollashuvi HCl yordamida boshlanadi, keyinchalik esa autolitik holda davom etadi, ya’ni pepsin, o‘zining proenzimini faollashtiradi. Hozirgi paytda pepsin deb, bir nechta proteolitik enzimlar qorishmasi belgilangan. Odamda 6-8 ta bir-biridan immunogistokimyoviy jihatdan farqlanadigan turli enzimlar topilgan.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish