L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet124/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

Me’daosti bezi. Kecha-kunduz davomida odamning me’daosti bezi 1,5 -2 l shira ajratadi, uning rN darajasi o‘rtacha 7,5-8,8 ga teng. Bazal va stimulli sekresiyalar bo‘ladi.
Me’da osti bezining atsinar hujayralari ovqat moddalarining barcha komponentlarini parchalovchi gidrolitik enzimlar ajratadi. Alfa-amilaza, lipaza va nukleaza faol holatda ajraladi, tripsinogen, ximotripsinogen, profosfolipaza A, proelastaza va prokarboksipeptidaza A va V - proenzimtlar ko‘rinishida ajraladi. Tripsinogen o‘n ikki barmoqli ichakning enterokinaza enzimi tomonidan faollashtiriladi va tripsinga aylanadi. Tripsin hosil bo‘lgandan keyin, uning o‘tmishdoshini keyinchalik faollashuvi autokatalitik tarzda o‘tadi. Tripsin profosfolipaza A, proelastaza va prokarboksipeptidaza A va V kabilarni ham faollashtiradi, natijada, ular mos ravishda, fosfolipaza A, elastaza va karboksipeptidaza A va V kabilarga aylanadi. Me’da osti bezi shirasining enzimlar tarkibi, qabul qilingan ovqatning turiga bog‘liq. Uglevodlar ko‘p bo‘lsa amilazaning sekresiyasi ko‘payadi, oqsillar ko‘p bo‘lsa - tripsin va ximotripsin, yog‘ ko‘p bo‘lsa - lipolitik enzimlarga boy shira ajralishi ko‘payadi.
Me’da osti bezi shira yo‘llari naylarining hujayralari bikarbonat manbai hisoblanadi. Xloridlar ham elektrolitlar sekresiyasining muhim komponentlari hisoblanib, enzimlar bilan birgalikda atsinar hujayralar tomonidan ajratiadi. Me’da osti bezi shirasining tarkibida bikarbonat va xloridlardan tashqari Na , K , Ca2, Mg2, Zn2 ionlari ham mavjuddir.
Me’da osti bezi ekzokrin hujayralarining asosiy rag‘batlantiruvchilari- setilxolin va gastrointestinal gormonlar bo‘lmish xolesistokinin va sekretin hisoblanadi. Asetilxolinni sayyor asablarning xolinergik tolalari ajratadi. Ekzogen asetilxolin me’da osti bezining sekresiyasini kuchaytiradi, bunda bikarbonat va enzimlarning chiqishi tezlashadi. Xolesistokinin, yog‘ va oqsillarning parchalanishida hosil bo‘ladigan mahsulotlarning ta’siri ostida, o‘n ikki barmoqli ichakning shilliq pardasidan, sekretin esa -HCl ning (rN 4,5) o‘n ikki barmoqli ichakni S-hujayralariga ta’siri paytida ajraladi. Xolesistokinin, me’da osti bezi enzimlari sekresiyasining kuchli rag‘batlanitruvchisi hisoblanib, bikarbonat sekresiyasini juda kam o‘zgartiradi. Sekretin esa, aksincha, bikarbonat sekresiyasini kuchaytirib, enzimlarning ajralishiga kuchsiz ta’sir qiladi. Xolesistokinin va sekretin bir-birining ta’sirini kuchaytiradi, ya’ni xolesistokinin sekretin tomonidan bikarbonat sekresiyasini chaqirilishini kuchaytiradi, sekretin esa, xolesistokinin tomonidan stimullashtirilgan enzimlar chiqishini kuchaytiradi. Me’da osti bezi sekresiyasini boshqarish jarayonida me’da osti bezining sekretor hujayralariga birining ta’sirini ikkinchisi kuchaytirishi orqali, markaziy va mahalliy reflektor ta’sir ko‘rsatadigan gastrointestinal gormonlar va xolinergik mediator o‘rtasida qalin o‘zaro hamkorlik mavjud.
Safro (o‘t) ajralishi (xolerez) - jigarda safroning hosil bo‘lish jarayoni bo‘lib, uzluksiz ravishda, qondan o‘t kapillyarlariga qator moddalarni (suv, glyukoza, elektrolitlar va b.) filtratsiya qilish hamda jigar hujayralarining (gepotatsitlarning) o‘t kislotalari tuzlarini va natriy ionlarini faol sekresiya qilish yo‘li bilan amalga oshadi. Safro tarkibining yakuniy shakllanishi o‘t kapillyarlarida, naylarida va o‘t pufagida suv hamda mineral tuzlarni reabsorbsiyasi natijasida sodir bo‘ladi. Odamda bir kechayu-kunduzda 0,5-1,5 l safro ajraladi. Uning asosiy komponentlari o‘t kislotalari, pigmentlar va xolesterin bo‘lib, undan tashqari yog‘ kislotalari, mutsin, turli ionlar (Na , K , Ca2, Cl-, HCO3- ) va boshqa moddalar ham bor. Safro tarkibida jigarning sekretor mahsulotlaridan tashqari, uning ekskretor mahsulotlari ham mavjud bo‘lib, ular organizmdan ayrim moddalarni chiqarib yuborishga yo‘naltirilgan. Safrosining rN darajasi 7,3-8,0 bo‘lsa, o‘t pufagi safrosiniki esa 6,0-7,0. Gepatotsitlarda xolesterindan hosil bo‘ladigan birlamchi o‘t kislotalari (xol va xenodezoksixol kislota) ichakka kelib tushgach, bakterial flora ta’sirida ikkilamchi o‘t kislotalarga - dezoksixol va litoxol kislotalarga aylanadi. O‘t kislotalarining 90 % gacha ichakdan qonga reabsorbsiya qiladi va portal qon tomirlar orqali jigarga qaytib keladi. Aynan shu yo‘l bilan, o‘t kislotalarining jigar-ichak sirkulyatsiyasi sodir bo‘ladi (11.5- rasm). Safro tarkibidagi pigmentlar - billirubin va biliverdin, gemoglobin parchalanishidan hosil bo‘lgan jigarning ekskretor mahsulotlari hisoblanib, aynan shu moddalar, safroga o‘ziga xos rang beradi. Odam safrosida bilirubin ko‘p bo‘lib, uning rangi sarg‘ish-tillarang rangga bo‘yaydi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish