L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet128/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

Qizil o‘ngach. Og'iz bo'shlig'ida maydalangan va so’lak bilan to'yingan, oziqa luqmasiga aylangan oziqlar tanglay orqali avval halqumga so'ngra qizilo'ngachga tushadi. Qizilo'ngach-muskulli nay bo'lib, voyaga yetgan odamlarda 25 smga yaqin bo’ladi. Qizilo'ngachning ichki qatlami shilliq ko'p qatlamli epiteliy bilan qoplangan, yuqorigi qatlamida shox moddasi belgilari ko’rinib turadi. Epiteliy uni, unda dag'al oziqa luqmalari harakatlanganda, qizilo‘ngachni himoya qiladi. Shilliq parda uzunasiga joylashgan qatlar hosil qiladi, bunda undan oziqa luqmasi o'tayotganda u ancha kengayadi.
Yosh bolalarda qizilo'ngach juda nozik, yengil jarohatlanishi mumkin, qon tomirlariga juda boy. Yangi tug'ilgan bolalarda qizilo'ngachning uzunligi 10 sm ga yaqin, 5 yoshli bolalarda - 16 sm, 15 yoshlilarda esa 19 smni tashkil etadi.
Me’da. Me'da - ovqat hazmi nayining ancha kengaygan qismidir. U 2 / oziqani joylashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan egilgan xaltani eslatadi.
Me'da qorin bo'shlig'ida joylashgan bo'lib, u ning katta qismi chap tomonda va kamroq qismi tananing o'rta qismidan unga o'tgan bo'ladi. Osilgan me'daning pastki chekkasi katta qiyshiqlik, katta buklangan chekkasi esa kichik qiyshiqlik deb yuritiladi. Me'dada kirish (kardia l qismi), tubi (yoki fundal qismi) va chiqish (pilorik qismi) yoki privratnik qismlari farqlanadi. Privratnik o'n ikki barmoqli ichakka ochiladi.
Me'da ichki tomondan shilliq parda bilan qoplangan bo'lib, juda ko'plab burmalar (qatlar) hosil qiladi. Shilliq po'stloqning qalinligida naychalar shaklidagi bezlar joylashadi. Bezlar me'da shirasini ishlab chiqaradi. Me'da bezlari uch xili farqlanadi: bosh hujayralar - me'da shirasining fermentlarini ishlab chiqaradi, qoplama hujayralar xlorid kislota va qo'shimcha hujayralar esa shilliq modda ishlab chiqaradi.
Odam me'dasining shirasi - kislotali reaksiyaga ega bo'lgan rangsiz suyuqlikdir, u katta miqdorda xlorid kislota (0,5 % gacha) va shilimshiq modda saqlaydi. Me'daning shilliq qatlamida nishlab chiqiladigan shilimshiq modda me'dani mexanik va kimyoviy jarohatlanishdan saqlaydi.
Me’daga tushadigan bakteriyalar uchun xlorid kislota o'ldiruvchi (bakteriotsidlik) xususiyatiga ega, xuddi shunday himoya funksiyasini bajarish bilan tolali ovqatlarni yumshatadi, oqsillarning ko'pchishini chaqiradi, hazmlovchi ferment pepsinni faollashtirish xususiyatiga ega.
Voyaga yetgan odamlarda bir kecha-kunduzda 1,2-2.0 1 shira ajraladi. Me'da shirasida ikki xildagi oqsillarni parchalovchi fermentlar pepsin va ximozin saqlanadi. Pepsin me’da bezlari bilan noaktiv holatda ishlab chiqiladi va xlorid kislota ta'sirida faollashadi. Pepsin oqsillarni albumoz va peptonlargacha parchalaydi. Ximozin yoki shirdon fermenti me'dada sutning ivishini chaqiradi. Ximozin bolalarning me'dasida ular sut bilan oziqlanganida topiladi. Katta bolalarda sutning ivishi me'da shirasidagi pepsin va xlorid kislota ta 'sirida bajariladi. Me'da shirasida mavjud bo’lgan lipaza fermenti yog’larni glitserin va yog' kislotalarigacha parchalaydi. Me'da lipazasi yog’lar emulsiyalanganida ta'sir ko'rsatadi.
Me'dada oziqalar 4 soatdan 11 soatgacha saqlanadi va me'da shirasi yordamida. asosan, kimyoviy jihatdan qayta ishlanadi. Bundan tashqari, me'dalarda oziqalar mexanik jihatdan ham qayta ishlanadi. Me'da devori qatlamida juda kuchli muskulli qatlam mavjud bo’lib, ular silliq muskullardan tashkil topgan, uzunasiga qiyshiq va aylanasiga joylashgandir. Me'da muskullarining qisqarishi o ziq massalarining hazm shiralari bilan aralashishini ta'minlaydi hamda me'dadan ichakka o‘tishini ta’min etadi.
Emadigan bolalarning me'dasi ko'proq gorizontal holda joylashgan bo’lib, chap qobirg'alar ostini to'ligicha egallaydi va faqat bola qachon tik turadigan va yuradigan bo’lganidan keyingina anchagina vertikal holatni oladi.
Yosh ulg'ayishi bilan me'da o'zining shaklini ham o'zgartiradi. 15 yoshgacha bo’lgan bolalarda doira simon, 2-3 yoshgacha noksimon, yetti yoshdan boshlab voyaga yetgan odamlarning me'dasini shaklini oladi.
Yosh ulg'ayishi bilan me'daning sig'imi ham orta boradi. Agar yangi tug'ilgan bolalarda 30-35 mlni tashkil qilsa, bir yoshga to’lganida bu hajm 10 marta ortadi va 300-350 mlni tashkil etadi. 10-12 yoshga kelib me'daning sig’imi 1,5 1 ga yetadi.
Me’daning muskulli qatlami yosh bolalarda juda zaif rivojlangan bo’ladi, ayniqsa, me'daning asosiy qismi uning tubi zaif bo’ladi. Me’da tubidagi muskulli qatlamning yetarlicha rivojlanmaganligi va unga kiradigan qismning ancha katta bo'lishi emadigan bolalarda hiqichoq to’tishiga yoki qusishning asosiy sababi bo'lib hisoblanadi.
Yangi tug'ilgan bolalarda me'daning bezli epiteliyasi juda zaif tabaqalashgan bo'ladi, bosh hujayralar hali to'lig'icha yetilmaganligi sababli xlorid kislota deyarli bo’lmaydi. Bolalar me’dasi bez hujayralarining differensiyasi, asosan, yetti yoshga kelib tugallanadi, lekin o'zining to’liq rivojiga jinsiy vetilish davrining oxirida erishadi.
Yangi tug'ilgan bolalar me'da shirasining umumiy kislotaliligi unda mavjud bo'lgan sut kislotasi bilan bog'liq. Xlorid kislotaning sintezlanish funksiyasi 2,5 dan 4 yoshgacha bo'lgan davrda rivojlanadi. 4 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan davrda me'da shirasining umumiy kislotaliligi o'rtacha 35,4 birlikni tashkil etadi, 7 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda bu ko’rsatkich 63 birlikka teng bo'ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar me'da shirasidagi xlorid kislotaning nisbatini kam miqdorda saqlanishi uning bakteritsidlik xususiyatining pasayishiga olib keladi, bu esa bolalarning oshqozon ichaklar kasalliklari bilan ko'proq kasallanishga moyil ekanligini aniq ko'rsatib beradi.
Yangi tug'ilgan bolaning me'da shirasining tarkibida pepsin, ximozin, lipaza fermentlari sut kislotasi va birikkan xlorid kislotalar saqlanadi, Me’da shirasining past kislotaliligi tufayli uning tarkibidagi pepsin fermenti faqatgina sut tarkibiga kiruvchi oqsillarnigina parchalaydi. Sut ivituvchi ferment ximozinni faolligi bolalar hayotining birinchi yilining oxiriga kelib 256-521 birlikgacha ortadi (bolaning birinchi oyidagi 16-32 birlikka nisbatan). Emadigan bolalar me'da shirasidagi lipaza fermenti 25 % sut yog'larini parchalash xususiyatiga ega. Shuni qayd qilish kerakki, ona sutining yog'i faqatgina me'da lipazasi bilan parchalamnaydi, balki buni parchalanishida ona sutining lipazasi ham ishtirok etadi. Shu sababli sun’iy oziqlantirilgan bolalarda ko'krak sutini emgan bolalarga nisbatan yog'larning parchalanishi doimiy ravishda ancha sekin kechadi. Sigir sutining tarkibida lipaza juda kam. Bolalarning yoshi ortishi bilan lipazasining faolligi 10-12 birlikdan 35-40 birlikkacha ortadi.
Iste'mol qilingan ovqatlar turiga qarab me’da shirasining miqdori, uning kislotaliligi va hazmlovchi kuchi (xuddi voyaga yetgan odamlardagiga o'xshash) ham o‘zgaradi. Ona suti bilan oziqlanganda past kislotalilik va kuchsiz hazmlovchi xususiyatga ega bo'lgan me’da shirasi ajraladi. Yosh ulg'ayishi bilan me’da shirasi sekretsiyasining tiklanishi bilan avval go’shtga, so'ngra nonga yuqori kislotalilik shirasi ajralsa eng past kislotalilik xususiyatiga ega bo'lgan shira sutga ajraladi. Me’da shirasi ajralishi uchun albatta me’daga ovqatlar tushishi shart emas, ovqatlarning og’iz bo'shlig'iga tushishining o‘z ishiga ajralishi uchun kifoya.
Bu bildirilgan fikrga ishonish uchun itlarni «yolg'ondakam» oziqlantirishni kuzatishni o'zi kifoya. Buning uchun hayvonga operatsiya yo’li bilan me'da ichiga naychali fistula kiritiladi: ikkinchi uchi esa hayvonning tana yuzasiga mahkamlanadi va tajriba bajarilmagan paytda tiqin bilan tiqib qo’yiladi. Shunday qilib, tayvorlangan hayvonning qizilo‘ngachi kesilib, uning uchlari kesilgan jarohati terisiga tiqiladi.
Operatsiyadan keyin bir necha kun o‘tgach, hayvonlar o ziqlana boshlaydi, lekin ovqatlar me’daga tushmaydi. Shu bilan birga, me'da fistulasidan toza me’da shirasi ajraladi. Bu esa yolg'onda kam oziqlantirishdir. Yolg'onda kam oziqlantirish paytida me’da shirasi og‘iz bo‘shlig‘idagi ta'm sezuvchi retseptorlarni qo‘zg’alishiga javob tariqasida reflektor ravishda ajraladi. Me’da bezlari uchun sekretor nervlar bo‘lib adashgan nerv hisoblanadi.
Me'da shirasining ajralishini boshlanishi uchun, albatta, og‘iz bo’shlig‘idagi retseptorlarni ovqatlar bilan qo’zg'atilishi shart emas. Ovqatlanishga tayyorgarlik ko‘rish, taomlar haqida gap yuritish, uning hidi va ko‘rinishi, ovqatlanish vaqti kislotali, fermentlarga boy bo'lgan me’da shirasi ajralishini chaqiradi. Bu jarayon shartli reflektor holatda bajariladi. Shartli reflekslar tufayli, shira ovqatlanishdan bir muncha oldin ajrala boshlaydi. I. P. Pavlov bu shirani ishtaha voki zapal shirasi deb atadi. Ishtaha shirasi, me'dani oziqalarni hazmlashga oldindan tayyorlaydi va lining normal ishlashi uchun qulay sharoit yaratadi.
Ovqat yeyish akti doimo oziqalarning ko'rinishi va hidi — me’da bezlari uchun shartli qo'zg'atuvchilar bo’lib hisoblanadi. Shundan kevin og'iz bo'shlig'iga tushuvchi ovqatlar xuddi shartsiz qo'zg’atuvchi sifatida ta'sir ko'rsatadi va og'izdagi shilliq pardasidagi ta'm sezuvchi retseptorlarni qo'zg'aydi. Me'da sekretsiyasining bunday fazasi murakkab reflektor faza hisoblanadi va bu fazada me’da shirasi shartsiz va shartli reflekslar kompleksi hisobiga ajraladi.
Ovqat me'daga tushganidan keyin me'da shirasi reflektor ravishda ajralishda davom etadi, bu esa me'daning shilliq pardasini mexanik jihatdan qo'zg'alishi hisobiga yuz beradi. Bu yerda ovqat hazmlanishida qon tarkibida aylanuvchi va me'daning sekretsiyasini gumoral y’ol bilan qo'zg'atuvchi kimyoviy moddalar ham muhim rol o'ynaydi.
Bu borada go'sht sho'rvasi, qaynatilgan karam, baliqlar, qo'zi-qorinlar, sabzavotlar qaynatilgan suvlarda saqlanuvchi moddalar, ayniqsa. faoldir.
Bundan tashqari, xlorid kislota yoki hazmlanish mahsulotlari ta'siri ostida me'daning shilliq pardasida maxsus gonnon-gastrin hosil bo'ladi va u qonga so'rilib, me'daning bezlarini sekretsiyasini tezlashtiradi.
Me'da shirasining ajralishi turli ta'sirotchilar ta'siri ostida tormozlanishi mumkin. Buzilgan ovqatning ko'rinishi, uning yoqimsiz hidi, ko'ngilga o'tirmaydigan ahvol, ovqatlanish paytida qusish me'da sekretsiyasini tormozlaydi bu paytda shira laming hazmlovchi ta'siri kamayadi va oziqalar yomon o’zlashtiriladi. Sut emadigan bolalarning sut emishi to’g'ri olib borilsa, ularning me'dasi oziqalardan 3-4 soatdan keyin bo'shaydi.
Katta miqdorda oqsil va yog' saqlovchi ovqatlar me'dadan 4,5- 6,5 soatdan keyin chiqib ketadi.
Me'da ichidagi massa kislotali me'da shirasiga to'yingan oziqa atalasi shaklida qisman hazmlangan holda me'da muskullarining harakati bilan uning chiqish qismiga - pilorik bo'limga keladi va porsiya-porsiya bo’lib me’daning ingichka ichaklarning boshlang‘ich qismi-o'n ikki barmoqli ichakka o‘tadi.
O'n ikki barmoqli ichakda me’da osti bezi shirasi, o’t suyuqligi va ichak shiralari ta'sirida oziqa atalasining ancha jadal hazmlanishi kechadi. Bu shiralar ta’siri ostida oqsillar, yog’lar va uglevodlarning surilishi va organizm tomonidan o‘zlashtirilishi mumkin bo’lgan darajada hazmlanadi.
Toza me'daosti bezi shirasi-rangsiz, tiniq, ishqoriy muhitga ega suyuqlik bo'lib, tarkibida oqsillarni aminokislotalargacha parchalovchi tripsin fermenti saqlanadi; tripsin bez hujayralari tomonidan nofaol holatda ishlab chiqiladi va ichaklar shiralari fermentlari bilan faollashadi: shira tarkibida saqlanuvchi lipaza fermenti o‘t suyuqligi ta’sirida faollashadi va yog‘larga ta’sir qilib, uni glitserin va yog’ kislotalariga aylantiradi; amilaza va maltaza fermentlari murakkab uglevodlarni glukozalar tipidagi monosaxaridlargacha parchalaydi. Me'da osti bezi shirasi qabul qilingan ovqatlarning tarkibi va xususiyatlariga bog'liq holda 6-14 soat davomida ajraladi.
O'n ikki barmoqli ichakka jigarning hujayralaridan ajraladigan o’t suyuqligi ham tushadi. O’t suyuqligining tarkibida oziq mod dalarni parchalashda ishtirok etuvchi fermentlar bo'lmasa ham, ovqat hazmida uning roli juda katta. Birinchidan, me'daosti bezi hujayralaridan ishlab chiqiladigan lipaza fermentini faol holatga o'tkazadi; ikkinchidan, o‘t yog’larni mayda tomchilarga aylantirib emulsiyalaydi (emulsiyalangan yog’lar yengil hazmlanadi); uchinchidan, o't suyuqligi ingichka ichaklarda so'rilish jarayoniga faol ta'sir ko'rsatadi; to'rtinchidan, me’daosti bezidan shira ajralishinl tezlashishini ta’minlaydi. O‘n ikki barmoqli ichakdagi hazm jarayonlari ingichka ichaklarning och ichak qismida, och ichak esa yonbosh ichak qismida ham davom etadi. Voyaga yetgan odamlarda och ichakning uzunligi 5-6 m ni tashkil etadi, och ichakning ichki qismi-shilliq juda ko'plab o’simtalarga yoki so‘rg’ichlarga ega (voyaga yetgan odamlarda 4 mln ga yaqin). So'rg'ichlar ingichka ichaklar yuzasini keskin kattalashtirib yuboradi, bu esa, o'z navbatida, to‘yimli moddalaming so'rilish jarayonini bajarilishi uchun muhim ahamiyatga ega. Ichaklar shirasi tarkibida 20 dan ortiq fermentlar borligi aniqlangan va ularning barchasi oziq moddalarning parchalanishini tezlashtirish xususiyatiga ega.
Ingichka ichaklarning devorlarida uzunasiga va aylanasiga joylashgan muskullar bo'lib, ularning qisqarishi mayatniksimon va peristaltik harakatlarni keltirib chiqaradi, bu esa, o‘z navbatida, ximus bilan hazm shiralarining aralashishini yaxshilaydi va ingichka ichaklar ichidagi massalarni yo'g'on ichaklar tomon harakatlanishini ta'min etadi. Yo'g'on ichaklarning uzunligi 1,5 -2 m ni tashkil etadi va bu ichaklarning eng keng qismidir. Yo'g'on ichaklarda chuvalchangsimon o'simtasi bilan (apendiks) ko'r ichak, chambar va to'g'ri ichaklar farqlanadi.
Yo'g'on ichaklarda oziqalarning fermentativ qayta ishlanishi deyarli bajarilmaydi. Bu yerda suv juda jadal so'riladi, buning natijasida uning oxirgi bo'limlarida nafas shakllanadi va organizmdan chiqariladi. Yo'g'on ichaklarda juda ko'plab turdagi bakteriyalar yashaydi. Ulardan biri o'simliklar kletchatkasini parchalaydi, bunda odamlarning hazm shiralarida kletchatkani hazmlovchi fermentlar yo'q.
Yo'g'on ichaklarda bakteriyalar yordamida K va V guruhi darmondorilarining ayrimlari ham sintezlanadi.
Yosh bolalarda ichaklar voyaga yetgan odamlarga nisbatan ancha uzun. Voyaga yetgan odamlarda ichaklarning uzunligi uning tanasi uzunligidan 4-5 marta uzun bo’lsa, emadigan bolalarda u 6 marta uzundir. Ichaklar bolalar 1 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan davrda, ya‘ni sutli oziqlardan aralash oziqlarda o'tish davrida juda jadal o'sadi, bunday holat 10 dan 15 yoshgacha bo'lgan muddatda ham kuzatiladi.
Ichaklarning muskulli qatlami va uning elastik tolalari voyaga yetgan odamlarga nisbatan yosh bolalarda kam rivojlangan. Shu sababli bolalarda peristaltika ancha zaif bo'ladi, ana shuning uchun ham bolalarda ich qotishga moyillik seziladi.
Ichaklarning hazm shiralari hayotning birinchi kunidan boshlab ovqat hazmi jarayoni mo’tadil kechishini ta'minlovchi barcha asosiy fermentlarni saqlaydi.
Me'da osti bezining o‘sish va rivojlanishi 11 yoshgacha davom etadi, 6 oydan ikki yoshgacha bo‘lgan muddatda ancha jadal o'sishi kuzatiladi.
Jigar yosh bolalarda voyaga yetgan odamlarga nisbatan ancha katta; 8-10 oylik bolalarda uning massasi ikki martaga ortadi, ayniqsa, jigar 14-15 yoshda jadal o'sadi va 1300-1400 g massaga ega bo’ladi. 3 oylik homilada o‘t suyuqligining ajralishi qayd qilingan. Yosh ulg'ayishi bilan o’t ajralishi tezlashadi.
Ozuqa moddalarining gidrolizlanishi. Gidrolitik fermentlar. Ozuqa moddalarining surilishi. Ingichka ichak-ozuqani assimilyatsiya kiluvchi asosiy a’zo. Hazm jarayonining yoshga oid xususiyatlari.
So‘rilish-oziqli moddalar tarkibiy qismini hazm yo‘lidan ichki muhitga, qon va limfaga tashilishidir. So‘rilgan modda organizmga yetkazib beriladi va to‘qima modda almashinuvida ishlatiladi. Og‘iz bo‘shlig‘idan karbonsuvlar so‘lak qamilazasi ta’sirida dekstrin, maltooligosaxarid va maltozagacha parchalanadi. Og‘iz bo‘shlig‘ida qisqa vaqt davomida bo‘lganligi tufayli oziqli modda deyarli so‘rilmaydi. Lekin ayrim dorivor moddalar og‘iz bo‘shlig‘ida tezda so‘riladi va bundan tibbiѐtda foydalaniladi.
Me’dada oz miqdorda aminokislotalar, glyukoza biroz ko‘proq suv va unda erigan mineral moddalar, ko‘p miqdorda alkogol so‘riladi.
Oziqli moddalarning asosiy qismi, suv, elektrolitlarning so‘rilishi ingichka ichakda amalga oshiriladi. So‘rilish, u amalga oshirilayotgan yuza kattaligiga bog‘liq. Ingichka ichakda so‘rilish yuzasi katta. Odamlarda ingichka ichak yuzasi shilliq qavatidagi burmalar, vorsinka va mikrovorsinkalar hisobiga 300-500 marotaba kattalashgan. Ingichka ichak shilliq qavatining 1 mm² yuzasiga 30-40 vorsinkalar to‘g‘ri keladi, har bir enterotsit 1700-4000 mikrovorsinkalarga ega. Ichak epiteliysining 1 mm² yuzasiga 50-100 mln mikrovorsinkalar to‘g‘ri keladi. Mikrovorsinkalar glikokaliks qavati bilan qoplangan.
Har xil moddalarning so‘rilishi turli mexanizmlar yordamida amalga oshiriladi. Makromolekulalarni so‘rilishi fagotsitoz va pinotsitozlar orqali amalga oshiriladi. Bu mexanizmlar endotsitozga xos. Endotsitoz bilan hujayra ichi hazmi bog‘liq holda bo‘ladi, lekin ayrim moddalar endotsitoz orqali hujayraga kirib, undan ekzotsitoz orqali hujayra oraliq bo‘shliqqa chiqadi. Bunday tashilish transsitoz deb ataladi. Bu mexanizm orqali immunoglobulinlar, vitaminlar, fermentlar va boshqa moddalar ichakdan qonga o‘tadi. Chaqaloqlarda transsitoz mexanizmi orqali ona suti oqsili tashiladi.
Ayrim moddalar tashilishi hujayra oraliq bo‘shlig‘i orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunday tashilish persobsiya deyiladi. Bu mexanizm yordamida qisman suv, elektrolitlar, hamda oqsillar (antitela, allergenlar, fermentlar) va bakteriylar o‘tadilar.


    1. Download 5,47 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish