L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Ozuqa va nutrientlar. Ontogenezda ovqatlanishning xillari. Oqsillar, yog’lar, uglevodlar, ularning ozuqadagi nisbati



Download 5,47 Mb.
bet129/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

Ozuqa va nutrientlar. Ontogenezda ovqatlanishning xillari. Oqsillar, yog’lar, uglevodlar, ularning ozuqadagi nisbati.

Fiziologlarning ratsional ovqatlanishni asoslash sohasidagi vazifalari organizm ehtiyojlarini qondira oladigan oziq moddalarning miqdori va tarkibini ko‘rsatib berishdan iborat. «Oziq-ovqat» yoki «masalliqlar» tushunchasini «oziq moddalar» tushunchasi bilan aralashtirib yuborish yaramaydi. Ximiyaviy birikmalarning muayyan gruppalari: oqsillar, yoglar, uglevodlar, mineral tuzlar, vitaminlar va suvni biz oziq moddalarga kiritamiz.
Bu moddalar har bir oziq-ovqatda biror miqdorda bo‘ladi. Oziq-ovqat ko‘pincha shu moddalar aralashmasidan iborat.
Oziq-ovqatning tarkibini va qanchalik o‘zlashtirilishini bilib olib, yeyilgan ovqatning energetik qiymatiii hisoblab chiqarish mumkin, chunki oziq moddalarning kalorik koeffitsientlari ma’lum.
Kalorik koeffitsient, yoki issiqlik koeffitsienti deb 1 g modda yonganda yuzaga chiqadigan issiqlik miqdoriga aytiladi. Rubner ma’lumotlariga ko‘ra, asosiy oziq moddalar organizmda oksidlanganda ularning kalorik koeffitsientlari quyidagicha bo‘ladi:
1 g oqsil ………………….. 4,1 kkal
1 g yog‘..............................9,3 kkal
1 g uglevod………………… 4,1 kkal
Katta yoshli odam bir sutkada o‘rta hisob bilan 80—100 g oqsil iste’mol qilib tursa. normal fiziologik sharoitda organizmning yengil ish vaqtidagi ehtiyojlarini to‘la qondiradi.
Urtacha og‘irlikdagi ishda qariyb 120 g, og‘ir jismoniy mehnatda esa qariyb 150—160 g oqsil iste’mol qilish zarur. Shundan kamida 30 protsenti hayvon oqsillari bo‘lishi zarur.
Bolalarning 1 kg vazniga hisob qilingan oqsil miqdori ularning o‘sish ehtiyojlarini nazarda tutib biroz oshirilishi kerak. O. P. Molchanova ma’lumotlariga qaraganda, 1—3 yoshdagi bolalarga bir sutkada 55 g oqsil, 4—6 yoshdagi bolalarga — 72 g, 7—9 yoshdagi bolalarga 89 g oqsil kerak. 10—15 yoshdagi bolalar sutkasiga 100—106 g dan oqsil iste’mol qilishi zarur.
Ovqat ratsionida kamida 60 g yog‘ bo‘lishi zarur, chunki yog‘da eruvchi vitaminlar va hujayra tuzilishiga zarur lipoidlar yog‘lar tarkibiga kiradi. Odam bir sutkada 3000 kkal sarflaganda qariyb 100 g yog‘ iste’mol qilishi zarur. Shundan 30—50 protsenti hayvon yog‘lari bo‘lishi kerak.
Ovqatda uglevodlar, mineral tuzlar va yetarli miqdorda vitaminlar bo‘lishi zarur. Odam ovqatidagi uglevodlarning sutkalik miqdori 400—500 g bo‘lishi kerak.
Ontogenez davrida ovqatlanish tiplarini ketma—ket o’zgarishi sodir bo’ladi. Homilaning rivojlanishi davrida gistotrof va gemotrof ovqatlanish sodir bo’ladi. Gistotrof ovqatlanish—urug’langan tuxum hujayra (pusht) bachadon devoriga yonishgunga (implantatsiya) qadar sodir bo’ladigan ovqatlanish, embrion sitoplazmadagi tuxum hujayraning oziqa moddalarini zaxirasi va tuxum sariq xaltasining materiali hisobidan oziqlanadi. Plasenta hosil bo’lgan vaqtdan boshlab gemotrof (transplasentar) ovqatlanish asosiy rol o’ynaydi. Ushbu ovqatlanish, plasenta orqali onaning qonidan oziqa moddalarni pushtga transport bu — lishi bilan ta’minlanadi. Onaning qonidan pushtning qoniga glyukoza, aminokislotalar va dipeptidlar o’tadi. Plasenta ko’pchilik oqsillar, lipidlar va polisaxaridlarni o’zidan o’tkazmaydi. Bu moddalar plasentada gidrolizlanadi
O’t va hosil bo’lgan monomerlar xomilaning qoniga o’tkaziladi. Progeolitik, lipolitik va karbogidrozali faollik plasenta uchun xosdir. Unda oqsillar va glikogen sintezlanadi. Transilasentar ovqatlanish bola tug’ilgunga qadar muhim rol o’ynaydi.
Plasenta 14 —kuni hosil bo’la boshlaydi va 2 —oyda shakllanadi. U moddalar almashinuvi funksiyasidan tashqari gaz olmashinuvi, endokrin, ayiruv, immun, plasentar tushish funksiyalarini bajaradi. Plasentar tusiqni xorion varsinkalarining epiteliysi va kapillyarlar endoteliysi ga’minlaydilar. Ular, molekular massasi 600 gacha bo’lgan moddalarni o’tkazuvchan bo’lib, molekular massasi undan katta bo’lgan moddalarni pushtning qoniga o’tishini oldini oladi. Ushbu xususiyat ontogenez va filogenezda ma’lum bir tasodifiy bo’lmagan moddalarga (oqsillar, yog’lar, uglevodlar, vitaminlar, elektrolitlar, kislorodlar) nisbatan shakllanadi. Lekin, tasodifiy moddalarga nisbatan to’siq funksiyasi sust namoyon bo’ladi yoki umuman bo’lmaydi. Ularning qatoriga alkogol, giyohvand moddalar, nikotin, qo’rg’oshin, simob, mishyak, gemolitik zaharlar, turli toksik moddalar, viruslar, mikroorganizmlar, ko’p sonli dorivor moddalar (antibiotiklar, sulfanilamidlar, barbituralar, analgetiklar, gormonlar, glikozidlar) kiradi.
Amniotrof ovqatlanish homila rivojlanishining 4—5 oydan boshlanadi. Bu vaqtda, ovqat hazm qilish a’zolari faoliyatining boshlanishi kuzatiladi va transplasentar ovqatlanish bilan birgalikda amniotrof ovqatlanishni amalga oshirish boshlanadi. Bunday ovqatlanish, homilani o’rab turgan suvlarni (amniotik suyuqlikni), uning me’da ichak traktiga kirib kelib oziqa moddalarini qisman hazm bo’lishidan iborat. Homiladorlikning oxirgi oylarida bola organizmi tomonidan amniotik suyuqlikni iste’mol qilish 1l hajmga yetishi mumkin. Uni me’daga kirib kelishida homilaning so’rish, nafas olish, keyinchalik esa yo’tish harakatlari ham muhim ahamiyatga ega.
Amniotik suyuqlikning miqdori homiladorlikning 7—8 oyiga qadar ortib boradi va 1,0 — 1,5 l ni tashkil qiladi, keyinchalik 0,6—1,0 l gacha kamayadi. Ushbu suyuqlik 98% suvdan va 0,7% oziqa moddalardan tarkib topgan. Oziqa moddalarning tarkibiga oqsillar (0,2—0,4%), aminokislotalar, glyukoza, vitaminlar, gormonlar va enzimlar, jumladan proteazalar, lipazalar va karbogidrazalar kiradi. Amniotik suyuqlik tarkibiga, enzimlar homilaning so’lagi va siydigi bilan birga plasenta orqali ona organizmidan kelib qo’shiladi hamda platsentada hosil bo’ladi.
Amniotik suyuqlikning oqimi homiladorlikning 7—8 oyiga qadar ortib boradi va 1,0 — 1,5 l ni tashkil qiladi, keyinchalik 0,6—1,0 l gacha kamayadi. Ushbu suklushk 98% suvdan va 0,7% oziqa moddalardan tarkib topgan. Oziqa moddalarning tarkibiga oqsillar (0,2—0,4%), aminokislotalar, glyukoza, vitaminlar, gormonlar va enzimlar, jumladan proteazalar, lipazalar va karbogidrazalar kiradi. Amniotik suyuqlik tarkibiga, enzimlar homilaning so’lagi va siydigi bilan birga plasenta orqali ona organizmidan kelib qo’shiladi hamda plasentada hosil bo’ladi. Oziqa moddalarning bir qismi me’da ichak traktidan gidro lizlanmagan holda (glyukoza, aminokislotalar) hamda pinositoz yo’li bilan dimerlar, oligomerlar va hattoki polimerlar so’riladi. Amniotik suklushk oziqa moddalarining ayrim ^ismlari uning uzini enzimlari tomonidan hazm щilinadi, ya’ni homilaning amniotrof ovqatlanishida ovqat hazm qilishning augolitik tipi katta rol o’ynaydi.
Ingichka ichakning enzimatik faolligi ovqat hazm qilish trakti boshqa a’zolaridan oldin shakllanadi. Unda, oziqa moddalarning gidrolizi devor oldi va hujayra ichidagi hazm qilish tipi bo`yicha sodir bo’ladi. Bo`shliqdagi ovqat hazm qilish tipidagi amniotrof ovqatlanish homiladorlikning 2 — yarmidan boshlanishi mumkin, bu paytda me’da bo’shlig’iga pepsinogen ajralib chiqadi. U, me’dadagi sut kislotasi tomonidan faollashtiriladi.
Laktotrof va aralash ovqatlanish. Laktotrof (sutli) ovqatlanish hali ovqat hazm qilish apparati rivojlanmagan o’sayotgan organizmni zaruriy plastik va energetik resurslar bilan ta’minlaydi. Bola tug’ilgandan so’ng sutli ovqatlanishi orqali ona organizmi bilan aloqasi amalga oshirilib turiladi, bu hol, nafaqat bola organizmiga oziqa moddalarni kelib tushishini, balkim uni immun himoyasi uchun ham muhimdir. Ona suti orqali vitaminlar, enhamlar, mineral tuzlar, faol fiziologik modadlar oladi.
Bola tug’ilganidan keyingi ikki kun davomida onaning sut bezlari ovuz ajratadi va uchinchi kundan boshlab, u, ovuz sutiga aylanadi, 4 — va 5 — kundan boshlab oraliq sut va 2 — 3 —haftadan yetilgan sut hosil bo’ladi. Ona sutining 1 litrini kaloriyasi 700 kkal atrofida bo’ladi.
Sut bilan ovqatlanish davrida autolitik ovqat hazm qilish sutning enzimlari tomonidan amalga oshiriladi, bu enzimlar sut bezlari tomonidan sintezlanadi va leykositlardan ajralib chiqadi. Sut yuqori lipolitik va esterazali hamda amilolitik va peptidazali faollikka ega (ayniqsa ovuz).
Yangi tug’ilgan bolalarda membranada ovqat hazm qilish asosiy hisoblanadi, chunki bo’shliqdagi ovqat hazm qilish kuchsiz rivojlangan.
Membranada ovqat hazm qilishni ta’minlovchi mexanizmlar embrional rivojlanishning oxiriga kelib shaqllanadi. Bo’shkiqdada ovqat hazm qilish esa, aksincha, sutli ovqatlanishdan definitiv (aralash) ovqatlanishga o’tish paytida rivojlanadi. Bunda, ichak hujayrasi membranasining enzimlar spektrini o’zgarishlari va laktoza sintezining regtressiyasi kuzatiladi.
Bola tug’ilganidan keyingi birinchi kunlarda endoitoz tipidagi hujayra ichidagi ovqat hazm qilish birlamchi rol o’ynaydi. Gudaklarni ovqatlantirish, amaliyotida ona sutini sigir suti bilan almashtirish keng qo’llaniladi. Lekin, shuni e’tiborga olish ham zarurki, bu ikkala sutning kimyoviy tarkibida farq bor. Go’dak hayotining birinchi oyida faqat sigir suti bilan ovqatlantirish qoniqarsiz bo’lsa, biriichi kunlari o’ta xavflidir. Buning sababi quyidagicha tushintiriladi.
Bola tug’ilganidan keyinoq, jadal endotsitoz mavjud bo’lib, u ingichka ichak enterotsitlari tomonidan makro-molekulalarni yutilishi va ularni organizmning ichki muhitga yetkazib berilishidan iborat. Ayol suti tarkibidagi laktoza miqdori sigir sutinikiga nisbatan ancha yuqori. Ona suti bilan ovqatlanganda laktozaning bir jismi yuton ichak bo’shlig’iga yetib borib, unda salgina kislotali reaksiyani ta’minlaydi va unda sut kislotali hamda boshqa foydali bakteriyalar guruhlarini rivojlanishi uchun qulay bo’lgan muhit paydo bo’ladi. Sigir sutining tarkibida laktoza miqdori kam bo’lganligi tufayli, uni go’dakka ichirilganda laktoza yug’on ichakgacha yetib bormaydi va u yerda sut kislotali bijg’ish chirish jarayoni sodir bo’ladi, oqibatda, go’dak organizmini intoksikatsiyaga olib keladi.
Bola 5-6 oylik bo’lganda, uni o’sib borayotgan plastik va energetik ehtiyojlari uchun ona suti yetarli bo’lmay qoladi, shuning uchun, bu yoshdan boshlab sekin-asta ko’paytirib boriladigan qo’shimcha ovqatlantirish boshlanadi, ya’ni aralash ovqatlanishga o’tiladi. Bu vaqtga kelib, sutli bo’lmagan ovqatning oziqa moddalarini hazm qilish va surish mexanizmi shakllanadi. Qo’shimcha ovqatlantirish ovqat hazm qilish tizimini rivojlanishini va uni definitiv ovqatlanishga adaptatsiyasini tezlashtiradi.
Bola tug’ilgandan to bir yoshga to’lgunga qadar bo’lgan davrda me’da shirasining proteolitik faolligi uch marta ortadi, lekin kattalarnikiga nisbatan hali ham ikki marta past bo’ladi. Birinchi yosh davrida me’dadagi va ingichka ichakdagi ovqat hazm qilish bezlari rivojlanishi tez sodir bo’ladi, jigar massasi 2 baravar ortadi, pankreatik shira hajmi 10 martaba va uning tarkibida amilazani ajralishi 25 marotaba ortadi. Yosh ortgan sari tripsinogen, lipaza, fosfolipaza, ieptidazalar sekresiyasi ortadi. Aralash ovqatlanishga va ayniqsa, sun’iy ovqatlanishga o’tkazish ovqat hazm qilish shiralari sekresiyasini hajmini ham enzimlar hosil bo’lishini ham kuchli tezlashtiradi.
Sulak bezlari sekresiyasi 10 yoshgacha ortadi, sulakning amilolitik faolligi esa 1-4 yoshda keskin oshadi. 10— 14 yoshda so’lak ajralishi keng ko’lamda o’zgarib turadi, amilotik faolligi bir xil yoshdagi o’gil bolalarda qiz bolalarnikiga nisbatan yuqori bo’ladi. Me’daning shilliq, pardasi yuzasining ortishi bilan bir vaqtda me’da bezlari sekresiyasining hajmi ham ko’payadi. Xlorid kislota sekresiyasi bolaning yoshi va tana massasiga to’g’ridan—to’g’ri bog’liq bo’ladi.
Yosh kattalashgan sari me’da bezlari tomonidan pepsinogenlarni sekresiya qilishi faolligi ham kuchayadi. Me’daning motorli evakuatorli faoliyati ham mukammallashadi bunda uning mushakli qatlamini rivojlanishida elastik tolalarni soni va intramural asab tizimi muhim ahamiyatga ega. Me’daning motor faoliyatini mustahkamlanishi sodir bo’ladi.
Yosh kattalashgan sari ingichka ichakda ovqat hazm bo’lishi mukammallashadi, bo`shliqda ovqat hazm bo’lishida, ayniqsa, me’daosti bezi shirasining roli muhim bo’ladi.
4-6 yoshga kelib me’daosti bezi shirasi tarkibida proteazalar miqdori, 6-9 yoshga kelib uning amilolitik va lipolitik faolligi eng ko’p darajaga yetadi. Ushbu sekresiyaning keyinchalik ortishi enzimlarning taxminan bir xil konsentratsiyasi paytida sodir bo’ladi.
Yosh kattalashgan sari jigarda o’t hosil bo’lish tezligi hamda ajralishi muddati va hajmi ortadi. O’t suyuqligi tarkibida o’t kislotalarining miqdori ortadi va bu щolyorlarni hazm qilishni ancha samarali bo’lishiga olib keladi.
Oziq moddalarning energiyasi. Hozirgi vaqtga kelib muvozanatlashtirilgan oziqlanish konsepsiyasi tashkil topdi. Bu konsepsiyaga asosan iste'mol qilinadigan ovqatlaming miqdori odamlar tomonidan sarflanayotgan energiyaga mos bo‘lishi kerak. Boshqacha aytganda, oziqlanishda doimiy ravishda ma’lum darajadagi energetik muvozanati saqlanishi zarur. 1 g oqsil va 1 g uglevodlarning energtik qiymati o‘rtacha 17220 joulga teng bo’lsa , 1 g yog’ esa 39069 joulga tengdir. Iste'mol qilingan oqsillar, yog’lar va uglevodlarning energetik qiymatini bilgach, odamlarning oziq ratsionlarini kaloriyligini hisoblash mumkin, bu esa ratsional oziqlanishni tashkil qilishda muhim ahamiyatga egadir.
Oziqlanish normalari. Odatda, oziqlanish ratsionini tuzishda iste'mol qilinadigan oziq moddalarining kaloriyligi hisobga olinadi. Lekin to'la qiymatli oziqlanishni tashkil qilish uchun buning o‘zi yetari emas.
Oqsillar almashinuvi tiriklik uchun shart bo’lgan jarayon, u to’xtashi bilan hayot ham to’xtaydi. Oqsillar tarkibida azot elementa bo’lgan murakkab organik modda, uning o’rnini na yod, na uglevod bosa oladi (chunki bularning tarkibida azot bo’lmaydi). Oqsillar hujayra sitoplazmasi, membranasi, undagi organellalar, gemoglobin, qon shaklli elementlari va plazmasi, gormonlar, fermentlar, immun tanalar tarkibiga kiradi.
Barcha almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalarni o’z tarkibida saqlaydigan oqsillar to’la qiymatli oqsillar deyiladi. Ular ko’pincha hayvon mahsulotlari (go’sht, tuxum, baliq, sut va boshqalar) tarkibida uchraydi. Ikkinchi gruppa aminokislotalardan esa (alanin, serin, lizin va boshqalar) yangi hujayra va tuqimalar sintezlanmaydi. Agar oqsil tarkibida almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalardan birontasi uchramasa yoki ular faqat almashinadigan aminokislotalardan tashkil topsa, bunday oqsillarni to’la qiymatsiz oqsillar deyiladi. Bunday oqsillar asosan o’simlik oqsillaridir (un mazsulotlari, kartoshka, dukkaklilardagi oqsillar). Iste’mol qilinadigan kunlik ovqatda to’la qiymatli va to’la qiymatsiz oqsillar aralashgan holda bo’lsa maqsadga muvofiqdir. Bolalar organizmi kattalarnikidan tez o’sishi bilan ajralib turadi, o’sish esa asosan oqsillar hisobidan bo’ladi, shuning uchun ularning oqsilga bo’lgan talabi kattalarnikidan ancha yuqori. Agar katta odam 1 kg tana massasiga nisbatan 1g oqsil talab qilsa, 1 yoshgacha bo’lgan bolalarda bu ko’rsatkich 4-5 g, 1-3 yoshda 4-4,5 g, 6-10 yoshda 2,5 — 3 g, 12 yosh va undan katta bolalarda 2- 2,5 g ni tashkil qiladi.
Yog’lar almashinuvi oziq ovqatlar bilan qabul qilingan yog’lar oshqozon ichak yo’lida glitserin va yog’ kislotalarga aylanib asosan limfaga va qisman qonga suriladi. Ulardan va yana oqsil hamda uglevodlarning kimyoviy parchalanishidan yuzaga kelgan maxsulotlar hisobidan tanada yog’ sintezlanadi va organizmning energetik ehtiyojini qoplash va hujayra tuqimalar tarkibiy qismlarining yangidan hosil bo’lishi hamda yangilanishi uchun (sitoplazma, yadro, membrana va boshzalar) ishlatiladi. Yog’lar energetik jihatdan eng boy maxsulot hisoblanadi, ularning parchalanishidan hosil bo’lgan energiya oqsil va karbon suvga qaraganda ikki barobardan ham ziyodroq bo’ladi. Ayrim tuyinmagan yog’ kislotalari (linol, linolen va araxidon) organizmga tayyor holda qabul qilinishi kerak. Chunki ular tanada mustaqil holda sintezlanmaydi. Ular o’simlik yog’laridan kungaboqar, zig’ir va boshqa yog’lar tarkibida mo’l bo’ladi. Yog’ bilan tanada yog’da eriydigan vitaminlar ham (vitamin A, D, Ye, K) kiradi.
Olti oylikdan 4 yoshgacha bo’lgan bolalar har bir kg tana massasi hisobiga sutka davomida 3,5 — 4 g yog’ iste’mol qilishi lozim (bu umumiy energiya sarfining 30 — 40% tashkil qiladi). Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar ovqat bilan har bir kg tana massasiga sutkasiga 2-2,5g yog’ yeyish tavsiya qilinadi. Agar bola ovqatida yog’ yetarli bo’lmasa spesifik va nospesifik immunitetlarning hosil bo’lishi kamayib ketadi, bu narsa o’z navbatida turli kasalliklarga beriluvchanlikni kuchaytiradi. Uglevodlar almashinuvi uglevodlar organizm uchun eng oson va tez energiya beruvchi modda bo’lib, ular kartoshka, donlar, meva cheva va poliz maxsulotlari tarkibida ko’p bo’ladi . Tanaga polisaxarid ko’rinishida qabul qilingan uglevodlar oshqozon ichak yo’lida monosaxaridlargacha (masalan glyukozagacha) parchalanib, qonga so’riladi va tuqima hujayralarining faoliyati uchun energiya beradi. Agar uglevodlar qabul qilish yetarli bo’lmasa, organizmda yog’ va oqsillarning parchalanishi maxsulotlardan glyukoza hosil bo’lib qon tarkibida uning miqdori kerakli darajada saqlanishi uchun harakat qilinadi. Shunga qaramasdan qonda uning keskin kamayishi kuzatilganida darmonsizlik, bosh aylanishi, xushdan ketish kabi nojo’ya holatlar yuz beradi. Glyukoza faqat energiya manba bo’libgina qolmasdan nuklein kislotalar va hujayra sitoplazmasi tarkibiga ham kiradi. Shuning uchun o’sish jarayonida uning yetarli bo’lishi muhim plastik ahamiyatga ega. Sut emadigan bolalar sutkasida 1 kg tana massasi hisobiga 10-12 g uglevod qabul qilishi lozim. Qabul qilingan me’yorlarga ko’ra. 1-3 yoshli bolalar sutkasida 193 g, 4-7 yoshlilar 287 g, 9-13 yoshlilar 370 g va 14-17 yoshlilarda esa 470— 500 g uglevodlarni ovqat bilan iste’mol qilish belgilangan.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish