L. S. Karieva makroiqtisodiyot


Soliqlarning rag‛batlantirish funksiyasi



Download 2,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/207
Sana17.07.2022
Hajmi2,99 Mb.
#816825
TuriУчебник
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   207
Bog'liq
макроиктисодиёт лотин

Soliqlarning rag‛batlantirish funksiyasi
soliq tizimining eng muhim 
funksiyalaridan biri bo‛lib, tadbirkorlik subyektlarida soliq yukini kamaytirish 
orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga va 
investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag‛batlantiradi. Soliqlarning rag‛batlantirish 
funksiyasi orqali davlat iqtisodiyot taraqqiyotini ta’minlaydi, bu bilan fiskal 
funksiyani bajarish uchun bazani kengaytiradi, ishlab chiqarish, sanoat va xizmat 
ko‛rsatish sohalarini qo‛llabquvvatlab, davlat oqilona soliq siyosatini olib borish 
bilan xo‛jalik yurituvchi subyektlarning erkin faoliyat ko‛rsatishi ta’minlanadi. 
Davlat sarflari soliq tushumlari hisobiga amalga oshsada, davlat sarflari 
miqyosining o‛sishi o‛z navbatida soliqlarning o‛sishini taqozo qiladi va uning 
darajasini belgilab beradi. 
Ijtimoiy funksiya
davlatga progressiv soliqqa tortishni joriy etish orqali 
jamiyatdagi daromadlar farqlanishini yumshatish imkonini beradi. 
Qonunda belgilangan soliqlar, to‛lovlar to‛plami, ularni tuzish tamoyillari va 
yig‛ish usullari soliq tizimini tashkil etadi. Soliq tizimini tashkil qilish quyidagi 
tamoyillarga asoslanadi: 
- umumjamiyatlilik - barcha yuridik va jismoniy shaxslarni daromadlari, mol-
mulklari bilan soliq bilan qoplash; 
- majburiyat - soliqqa tortiladigan yuridik va jismoniy shaxslar ularni qat’iy 
belgilangan muddatlarda to‛lashlari shart, muddatlarni buzish yoki to‛lashdan 
bo‛yin tovlash qonun bilan jazolanadi; 
- teng samaradorlilik - soliq solish predmetidan qat’i nazar, yagona stavkalar 
bo‛yicha soliqlarni undirish; 
- bir martalik - soliqni bir necha bor undirilishining oldini olish; 


120 
- barqarorlik - soliq to‛lovlari stavkalari va ularni ushlab qolish tartibi tez-tez 
o‛zgarmasligi kerak; 
- idrok etishning soddaligi va qulayligi; 
- moslashuvchanlik - soliq tizimi iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini 
rivojlantirishni rag‛batlantirishi kerak; 
- adolatlilik- soliqqa tortish nazariyasida gorizontal va vertikal adolat 
tamoyillari farqlanadi. Birinchisi, teng iqtisodiy mavqega ega bo‛lgan soliq 
to‛lovchilar bir xil soliqlarni to‛lashlari kerak. Ikkinchisi, teng bo‛lmagan soliq 
to‛lovchilar teng bo‛lmagan soliqlarni to‛lashlari kerak. 
Soliq tizimi quyidagi elementlarni o‛z ichiga oladi: subyekt, vosita, obyekt, 
soliq manbai, soliq birligi, soliq stavkasi, soliq imtiyozlari, soliq to‛lovlari, soliq 
bazasi, soliq yuki. 

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish