L. S. Karieva makroiqtisodiyot


 Soliqlar, soliqlarning turlari, funksiyalari. Soliq va soliq stavkalari



Download 2,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/207
Sana17.07.2022
Hajmi2,99 Mb.
#816825
TuriУчебник
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   207
Bog'liq
макроиктисодиёт лотин

6.2 Soliqlar, soliqlarning turlari, funksiyalari. Soliq va soliq stavkalari
turlari. Soliq siyosati 
Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai bo‛lib soliqlar 
hisoblanadi. 
Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida, sof daromadning bir qismini byudjetga jalb 
qilish shakli bo‛lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi. 
Soliq - bu davlatning o‛z vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur bo‛lgan 
moliyaviy mablag‛larni shakllantirish maqsadida jismoniy va huquqiy 
shaxslardan byudjetga majburiy to‛lovlarni undirish shakli.
Soliq yordamida milliy daromadning tegishli qismi taqsimlanadi va qayta 
taqsimlanadi. Davlat moliyasi daromadlar va xarajatlarning yaxlitligidan iborat. 
Davlat daromadlari-bu milliy daromadni va boylikni taqsimlash va qayta 
taqsimlash jarayonida uning davlatga tekkan qismidir. U bevosita davlat ixtieridagi 
va davlat kopxonalapi qo‛lidagi daromaddan iborat bo‛ladi. Davlat daromadlari 
ichki va tashqi manbalardan tushadi, ammo asosiysi ichki manbadir. Ichki 
manbaning uch shakli mavjud: soliqlar, zayomlar va emissiya.
Soliqlar nafaqat davlat daromadlarini to‛ldirishning asosiy manbai, balki bozor 
iqtisodiyotiga hukumat ta’sirining asosiy vositalaridan biridir. Shuning uchun 
samarali soliq tizimini yaratish har qanday mamlakatning eng muhim vazifalaridan 
biridir 
Soliqqa tortishning asosiy elementi soliqlardir. Soliqlar bu davlat tomonidan 
yuridik va jismoniy shaxslardan jamoat ehtiyojlarini qondirish uchun undiradigan 
majburiy to‛lovlardir. 
Iqtisodiyotdagi soliqlar fiskal, tartibga solish va ijtimoiy funksiyalarni bajaradi.
Fiskal funksiya
mablag‛larning davlat byudjetiga, byudjetdan tashqari 
fondlarga tushishini ta’minlaydi. Soliqlarning fiskal funksiyasi (lotincha fiscus 
so‛zidan olingan bo‛lib, xazina degan ma’noni anglatadi), bu funksiyaning 
mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliyaviy resurslari 
hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko‛rsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi. 
Shu bilan birga, undiriladigan soliq miqdorini to‛g‛ri aniqlash juda muhimdir. 


118 
Soliqning juda yuqori darajasi ish uchun imtiyozlarni kamaytirishi va ishlab 
chiqarishni qisqartirishi mumkin. Soliqning juda past darajasi - byudjetga hukumat 
o‛z vazifalarini bajarishi uchun zarur bo‛lgan mablag‛larni to‛plashiga yo‛l 
qo‛ymaydi. Iqtisodchilar soliqlarni passiv emas, avvalo boylikning ishlab 
chiqaruvchi elementlaridan undirish kerak, deb hisoblashadi; resurslardan emas, 
balki daromaddan; soliq stavkalarini mutlaq miqdorlarda emas, balki nisbiy 
ravishda (foizlarda) belgilash muhim hisoblanadi. Soliqlar orqali korxonalar va 
fuqarolar daromadining bir bo‛lagini davlat apparatini, mamlakat mudofaasini, 
noishlab chiqarish sohasining umuman o‛z daromadlari manbaiga ega bo‛lmagan 
qismini yoki lozim darajada rivojlanishini ta’minlash uchun o‛zining mablag‛i 
etishmaydigan tarmoqlarni saqlab turish maqsadida undirib olish yo‛li bilan davlat 
byudjetining daromad qismini shakllantirish soliqlar fiskal funksiyasining eng 
muhim elementi hisoblanadi. 

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish