L. S. Karieva makroiqtisodiyot


Y=C+I+G+Xn C=a+b(1-t)xY



Download 2,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/207
Sana17.07.2022
Hajmi2,99 Mb.
#816825
TuriУчебник
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   207
Bog'liq
макроиктисодиёт лотин

Y=C+I+G+Xn
C=a+b(1-t)xY 
Xn=g+m’Y, 
Agarda (2) va (3) tenglamalarni asosiy makroiqtisodiy ayniyatga qo‛yib, 
yechsak quyidagi yechimga ega bo‛lamiz: 
Y=
 (a+I+G+g), 


129 
bu yerda: 
1 / 1(1-b(1-t)+m’
ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlar multiplikatori
 
Ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari multiplikatori va soliq multiplikatorini 
hisobga olganda muvozanatli ishlab chiqarish hajmi modeli quyidagicha bo‛ladi: 
Y=
 (a+I+G+g) - 
 Ta. 
Aytaylik hukumat o‛z xarajatlarini qandaydir miqdorga oshirdi va bu 
xarajatlarni moliyalashtirish uchun soliq miqdorini ham shuncha oshirdi.
Bunda davlat xarajatlari va avtonom soliqlar miqdorlarining bir vaqtning 
o‛zida bir xil miqdorda o‛zgarishi natijasida daromadlarning jami o‛zgarishi ΔY 
miqdori quyidagiga teng bo‛ladi: 
∆Y= 
 ∆Ta. 
Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga ko‛paysa 
muvozanatli ishlab chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki undan kamroq 
summaga ko‛payadi. Buni balanslashgan 
byujet multiplikatori
deb yuritiladi. 
Balanslashgan byujet multiplikatori birga teng yoki undan kichikroq bo‛ladi.
Davlat xarajatlari o‛zgarishidan yuzaga keladigan multiplikativ samara soliqlar 
pasayishidan olinadigan multiplikativ samaradan kattaroq bo‛ladi. Bu holat davlat 
xarajatlarining daromadlar va is’temol hajmiga ta’siri (soliqlar o‛zgarishi ta’siriga 
nisbatan) kuchliroq ekanligi oqibatidir.
Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muhim rol o‛ynaydi. Agar 
hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo‛lsa, davriy pasayishni tugatish uchun 
o‛z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi 
maqsadga muvofiq bo‛ladi.
Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo‛lsa, davriy 
pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko‛tarilish paytida esa davlat 
xarajatlarini oshirish maqbul yo‛l hisoblanadi.
 
Xukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflyatsiya sur’atlari va 
to‛lov balansi holatini o‛zgartirishga yo‛naltirilgan maxsus qarorlarni qabul qilishi 
natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig‛ini maqsadli 
o‛zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi. Diskret fiskal siyosat yuritilganda 


130 
iqtisodiy pasayish davrida jami talabni rag‛batlantirish uchun davlat xarajatlarini 
oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat byudjeti kamomadi yuzaga 
keltiriladi. O‛z navbatida davriy ko‛tarilish paytida byudjet ortiqchaligi yuzaga 
keltiriladi.
Diskret fiskal siyosat iqtisodiy tebranishlarni yumshatishda muhim rol 
o‛ynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalam bor, vaqt oraliqlari 
bilan bog‛liq. Ya’ni iqtisodiyotda pasayish yoki inflyatsion zo‛riqishning paydo 
bo‛lishi, bu holatlarni aniqlash yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun davlat 
xarajatlari va soliq tushumlarini o‛zgartirish borasida qaror qabul qilish, bu qaror 
bajarilishini ta’minlash jarayonlarining har biri o‛rtasida ma’lum vaqt o‛tadi.
Bu vaqt davomida iqtisodiy vaziyat o‛zgaradi va ko‛rilgan chora-tadbirlar 
ko‛tilgan natijani bermasligi mumkin. Shu tufayli davriy tebranishlarni avtomatik 
tarzda yumshatib turish mexanizmini yaratish zarurati yuzaga keladi.
Nodiskret fiskal siyosat – davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti 
qoldig‛ini avtomatik o‛zgartirishni ko‛zda tutadi. Nodiskret fiskal siyosat 
o‛rnatilgan barqarorlashtirgichlarga asoslanadi. Rivojlangan davlatlarda o‛rnatilgan 
barqarorlashtirgichlari rolini progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va 
foydada ishtirok etish tizimi o‛ynaydi. Nodiskret fiskal siyosat davriy 
tebranishlarni yumshatish uchun hukumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi. 
Davriy pasayish sharoitida daromadlar pasayishi tufayli soliq stavkalari pasayadi. 
Bu esa jami talabning oshishiga, ishlab chiqarishni kengaytirishga rag‛batni yuzaga 
kelishiga olib keladi. Shuningdek pasayish davrida davlat transfertlari, jumladan 
ishsizlik nafaqasi to‛lovlari miqdori oshadi. Bu holat ham jami talabni oshirib, jami 
taklif hajmini oshishiga ijobiy ta’sir ko‛rsatadi.
Iqtisodiy yuksalish davrida ortiqcha talab iqtisodiyotga inflyatsion ta’sir 
ko‛rsatayotgan sharoitda daromadlar darajasi oshishi bilan soliqlar stavkalari 
pasayadi va bu jami talabga cheklovchi ta’sir ko‛rsatadi. Ayni paytda davlat 
xarajatlari (ishsizlarga nafaqalar, davlat transfertlarining bir qancha turlar) ham 
pasayadi. Ammo nodiskret fiskal siyosat vositalari iqtisodiy tebranishlarni to‛liq 
yumshatish imkonini bermaydi va u diskret fiskal siyosat yuritishni inkor etmaydi.

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish