- sof eksport xarajatlarining o‛zgarishi
. Xorijiy mamlakatlar tovar va
xizmatlarimizni tobora ko‛proq sotib olishlari natijasida sof eksport xarajatlari
oshib boradi. Ya’ni: a) chet el fuqarolari daromadlari ko‛paygan taqdirda va ular
tobora ko‛proq nafaqat o‛zlarining ichki mahsulotlarini, balki import qilinadigan
mahsulotlarini ham sotib olishadi; b) agar milliy valyuta kursi tushsa, bu chet
elliklarni jalb qiladi, chunki ular ko‛proq tovarlar va xizmatlarni sotib olishlari
mumkin bo‛ladi. Masalan, dollarning so‛mda narxi 1000 dan 1050 so‛mgacha
45
ko‛tarildi. Bu shuni anglatadiki, chet elliklar 1 dollarga ko‛proq o‛zbek
mahsulotlarini sotib olishlari mumkin va mahsulot eksporti o‛sadi va aksincha.
Shunday qilib, yalpi talabning o‛sishi AD egri chizig‛ini o‛ngga, pasayishini
chapga siljitadi.
Keyns nazariyasiga ko‛ra, tushkunlikka tushgan iqtisodiyot narxlar
ko‛tarilmasdan
o‛sishi mumkin. Bu tushunarli, chunki, avvalambor,
foydalanilmayotgan imkoniyatlar jalb qilinadi - bu ishchi kuchi, xuddi Keyns
nazariyasi ilgari surilgan "Buyuk Depressiya" yillarida bo‛lgani kabi.
3.3 Yalpi taklif tushunchasi va AS egri chizig‛i. Yalpi taklifga ta’sir
etuvchi omillar
Yalpi taklif deganda muayyan baholar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif
qilinishi mumkin bo‛lgan tovar va xizmatlarning real hajmi tushuniladi.
Yalpi
taklif – mavjud narx darajasida sotish mumkin bo‛lgan, sotishga chiqarilgan va
tayyorlangan turli-tuman tovarlar va xizmatlarning hajmidir, yoki yalpi taklif
deganda muayyan narxlar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin
bo‛lgan tovar va xizmatlarning real hajmi tushuniladi. Bu narxlarning harxil
mumkin bo‛lgan o‛rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning mavjud real
hajmini ko‛rsatadi. Ancha yuqori narxlar qo‛shimcha tovarlar ishlab chiqarish
uchun rag‛bat yaratadi. Narxlarning past darajasi tovar ishlab chiqarishning
qisqarishiga olib keladi. Shu sababli narxlar va milliy ishlab chiqarish hajmi
o‛rtasida to‛g‛ridan-to‛g‛ri yoki bevosita bog‛lig‛lik mavjud bo‛ladi.
Yalpi taklif tushunchasi ko‛pincha yalpi ichki mahsulot sinonimi sifatida
qo‛llaniladi. Baholarning yuqori darajasi ishlab chiqaruvchilarga qo‛shimcha
mahsulot ishlab chiqarishga rag‛bat yaratadi va aksincha past baholar mahsulot
ishlab chiqarish hajmini qisqarishga olib keladi. Shuning uchun ham milliy ishlab
chiqarish hajmi bilan baholar darajasi o‛rtasida to‛g‛ri aloqa mavjud. Demak,
mahsulot ishlab chiqarish hajmi baholar o‛sib borishi bilan o‛sib, pasayishi bilan
tushib boradi. Yalpi taklif (AS) egri chizig‛i alohida tovar taklifi egri chizig‛idan
farq qilib uch qismdan, gorizontal yoki keyns kesmasi, ko‛tarilib boruvchi yoki
oraliq kesma hamda vertikal yoki klassik kesmadan iborat (3.3.1-rasm).
46
Do'stlaringiz bilan baham: |