Klassik dixotomiya
kontseptsiyasida – ikki parallel bozor, real va pul bozori
alohida-alohida
amal
qiladi,
ular
o‛rtasidagi
muvozanat
avtomatik
barqarorlashtirgichlar orqali ta’minlab turadi deb hisoblanadi.
Pul bozori investitsiya va jamg‛armalar tengligini hamda to‛liq bandlik
sharoitini ta’minlaydi. Faqatgina, ishsizlikning tabiiy darajasida «ixtiyoriy»
ishsizlik bo‛lishi mumkin, deb hisoblashadi. Bu shuni bildiradiki, AD va AS ning
muvozanat nuqtasida ishlab chiqarish hajmi (Y) uning potentsial hajmiga esa (Y*)
teng. Iqtisodiyotda yaratilgan daromadlaning bir qismi jamg‛arilishi yalpi talabning
56
yalpi taklifni qoplashi uchun yyetishmasligiga olib kelmaydi, chunki har bir
jamg‛arilgan so‛m tadbirkorlar tomonidan investitsiyalanadi, deb ta’kidlashadi.
Agarda, tadbirkorlar uy xo‛jaliklarining jamg‛armalari miqdorida investitsiya
qilishsa, ishlab chiqarish hamda bandlik darajalari doimiy bo‛lib qoladi.
Klassik iqtisodchilar ta’kidlashlaricha, kapitalizmning o‛ziga xos pul bozori
mavjud va bu bozor jamg‛arma va investitsiyalarning tengligini ta’minlaydi.
Bunda tenglashtiruvchi omil rolini foiz stavkasi o‛taydi (4.1.1-rasm).
Shuning uchun ham to‛liq bandlik mavjud bo‛ladi. Bu iqtisodchilar davlatning
iqtisodiyotga aralashuvi qisqa muddatli samara bersada, uzoq muddatga, oxir-
oqibat bozor iqtisodiyotining tabiiy harakat mexanizmiga notabiiy aralashilganligi
uchun, salbiy oqibatlarga olib keladi deb hisoblashadi.
1936 yili ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns kapitalizm iqtisodiyotiga
yangi, ish bilan bandlik nazariyasini kiritadi. U o‛zining «Pul, foiz va ish bilan
bandlikning umumiy nazariyasi» asarida yangicha iqtisodiy muvozanat
nazariyasini izohlab berdi.
4.1.1-rasm. Jamg‛arish-investitsiya grafigi.
Keyns makroiqtisodiy muvozanatga to‛liq bo‛lmagan bandlik sharoitida ham
erishish mumkinligini, to‛la ish bilan bandlik qonuniy holat emasligini, balki
tartibga solinmagan iqtisodiyotda tasodifiy ro‛y berishigina mumkinligini isbotlab
berdi. Shuningdek, bu nazariyada iqtisodiyotdagi tebranishlar faqat urush, tabiiy
ofat va shu kabi vaziyatlargagina bog‛liq emasligini, balki u tinchlik yillarida ham
ichki omillarning salbiy oqibatlaridan kelib chiqishi mumkinligi asoslagan.
Ishsizlik va inflyatsiyaning kelib chiqishi investitsiya va jamg‛armalarga bevosita
57
bog‛liq. Narxlarning oshishi va ish haqining pasayishi boshqa salbiy omillar bilan
birga iqtisodiyotning beqarorligiga olib keladi.
Bunday nomutonosibliklar rejalashtirilgan investitsiyalar va jamg‛armalarning
bir-biriga mos kelmasligi tufayli ro‛y beradi.
Bunga sabab birinchidan, jamg‛arish va investitsiyalash to‛g‛risidagi qarorlarni
har xil guruhlardagi odamlar turli maqsadlarda qabul qilishi bo‛lsa. ikkinchidan,
jamg‛aruvchilar va investorlarni jamg‛arish va investitsiyalashga turlicha sabablar
undaydi. Keynschilar fikricha, jamg‛arma va investitsiyalar bitta omilga bog‛liq
bo‛lmagan holda turli sabablar asosida amalga oshiriladi. Masalan, kishilar qiymati
o‛zining ish haqi miqdoridan ortiq bo‛lgan mahsulotlarni sotib olish uchun,
masalan avtomobil yoki televizor xarid qilish uchun jamg‛arishadi. Jamg‛armalar
biror shaxs yoki oilaning kelajakdagi iste’molini qondirish maqsadida, ya’ni, uy
xo‛jaliklari oila boshlig‛ining nafaqaga chiqqandan keyingi hayotini yoki bolalari
kelajagini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Bundan tashqari jamg‛armalar
tasodifiy vaziyatlarda foydalanish maqsadida ham amalga oshiriladi.
Investorlarni investitsiya qilishga undovchi sabablar esa foiz stavkasi bilan
birga kutilayotgan sof foyda normasi hamdir.
Klassiklar nazariyasi bo‛yicha jamg‛arma va investitsiyalar miqdorini
aniqlaydigan asosiy omil foiz stavkasi hisoblanadi. Agarda, u oshsa, uy xo‛jaliklari
kamroq iste’mol qilib, ko‛proq jamg‛arishga harakat qilishadi. Uy xo‛jaliklarida
jamg‛armalarning ko‛payishi kredit narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa
o‛z vaqtida investitsiyaning o‛sishini ta’minlaydi.
Keynschilar fikricha esa, foiz stavkasi emas, balki aholining ixtiyoridagi
daromadi iste’mol va jamg‛arish dinamikasini belgilab beradi. Keltirilgan nazariy
asoslarga tayangan holda Keyns o‛zining makroiqtisodiy muvozant modelini ishlab
chiqdi.
Keynschilar nazariyasi bo‛yicha aholi o‛z mabalg‛larini nafaqat kunlik
xaridlarni amalga oshirish uchun, balki o‛z boyliklarini amalga oshirish uchun ham
saqlashadi. Bu pul vositalarini bir qismining kamayishi va ularni pul bozorida
investorlarga berish joriy jamg‛armalarga nisbatan solishtirganda vositalarning
58
ortiqchaligiga olib kelishi mumkin. Shunga o‛xshash kredit beradigan
muassasalardan ssudalarning berilishi pulning taklifini ko‛paytiradi. Bank yoki
boshqa moliyaviy tashkilotlardan kreditlarning berilishi joriy jamg‛armalar
ko‛payishiga asos bo‛ladi. Natijada uy xo‛jaliklari qo‛lidagi pul vositalarining
kamayishi va banklar tomonidan ssudalarning berilishi investitsiyalar miqdorini
joriy jamg‛armalar miqdoridan oshishiga olib kelishi mumkin. Bu shuni
bildiradiki, Sey qonuni faoliyat ko‛rsatmaydi.
Klassik nazariyachilar barcha joriy jamg‛armalar pul bozoriga chiqariladi deb
noto‛g‛ri aytishadi. Chunki, birinchidan uy xo‛jaliklari jamg‛armalarining
qandaydir bir qismini pul bozoriga yubormasdan qo‛lida olib qolishi mumkin,
ikkinchidan joriy jamg‛armalar bank foizlarini to‛lash uchun ishlatiladi.
Keynschilar yondoshuvi shundan iboratki, jamg‛arish va investitsiyalar rejasi
bir biriga mos kelmaydi va shuning uchun ham ishlab chiqarish, daromad, bandlik,
narxlar darajasida o‛zgarishlar bo‛lib turadi. Bundan tashqari keynschilar fikricha,
narxlar darajasi va ish haqi haqiqatda pasayishga yo‛naltirilgan egiluvchanlikdan
iborat emas, chunki narxlar va ish haqining pasayishi keng tarqalgan ishsizlikni
biroz yumshatishi mumkin xalos.
Klassiklar nazariyasi asosida ikkita asosiy tushuncha mavjud: birinchidan,
to‛liq bandlik sharoitida mahsulotlarni sotib olish uchun xarajatlar miqdorining
yetishmasligi mumkin emas, ikkinchidan, agarda umumiy xarajatlar miqdori
etishmay qolgan sharoitda ham baho va ish haqi kabi dastaklar ishga tushadi va
natijada xajatlar miqdorini kamayishi ishlab chiqarisho‛ning real hajmi, bandlik va
real daromadlar miqdorining kamayishiga olib kelmaydi deb hisoblashgan.
Klassiklar nazariyasini tan olmaslik asosan Sey qonunidan boshlangan. Sey
qonuni bo‛yicha mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonining o‛zi ishlab chiqarilgan
mahsulotlar qiymatiga teng ravishda degan oddiy g‛oyadan iborat. Demak,
mahsulotlarni sotib olish uchun har qanday mahsulotlar hajmini ishlab chiqarish
o‛z-o‛zidan daromad yaratadi. Ya’ni, taklif o‛zining xususiy talabini paydo qiladi.
Sey qonunining mohiyatini mahsulotlar ayirboshlash savdosida ham ko‛rish
mumkin. Poyafzalchi poyafzal ishlab chiqaradi yoki o‛ziga zarur bo‛lgan boshqa
59
mahsulotlarga bo‛lgan talabini qondirish uchun poyafzal taklif qiladi. Poyafzalchi
tomonidan poyafzalni taklif qilinishi uning talabidan iboratdir. Xuddi shunday
butun iqtisodiyot bo‛yicha mahsulotlar almashishi amalga oshadi.
Ammo Sey qonunining mahsulotlar ishlab chiqarish mos ravishda pul
daromadalari summasini olish imkonini bersa ham iste’molchilar ushbu
daromadlarning hammasini to‛liq xarajat qilmasligi umum qabul qilingan
tushunchadir. Ya’ni daromadlarning qandaydir bir qismini jamg‛ariladi va bu
jamg‛arilgan qismi yuqoridagi baxsda o‛z javobini topmaydi. Jamg‛arish
daromadlar tarkibidan ma’lum miqdordagi mablag‛larni o‛zida mujassamlashtiradi.
Demak, iste’mol xarajatlari barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotib olishga
etmaydi. Agarda uy xo‛jaliklari o‛z daromadlarini bir qismini jamg‛arishsa, u
xolda taklif o‛zining talabani paydo qilmaydi. Jamg‛arish iste’molning
yetishmasligiga olib keladi. Natijada sotilmay qolgan mahsulotlar ishlab
chiqarishning kamayishiga olib keladi. Ammo klassik iqtisodchilar haqiqatda
jamg‛arish talabning yetishmasligiga olib kelmaydi, chunki har bir jamg‛arilgan
so‛m tadbirkorlar tomonidan investitsiyalashadi deb ta’kidlashadi. Agarda
tadbirkorlar uy xo‛jaliklarining jamg‛armalari miqdorida investitsiya qilishsa Sey
qonuni amal qiladi va ishlab chiqarish hamda bandlik darajasi doimiy bo‛lib
qoladi. Iqtisodiyotning to‛liq bandlik sharoitidagi daromadlar va mahsulotlar ishlab
chiqarishini ta’minlashi uchun xarajatlar darajasiga erishishi va saqlab qolishi
tadbirkorlar tomonidan uy xo‛jaliklari jamg‛armalari miqdorida investitsiyalashiga
bog‛liqdir.
Klassik iqtisodchilar ta’kidlashadiki, kapitalizmni o‛ziga xos pul bozori
mavjud va bu bozor jamg‛arma va investitsiyaning tengligini ta’minlaydi. Shuning
uchun ham to‛liq bandlik mavjud deyishadi. Pul bozorida (foiz stavkalari)
jamg‛arma tariqasida daromadlar va xarajatlar miqdoridan chiqqan mablag‛lar o‛z-
o‛zidan investitsion mahsulotlarga sarf qilingan mablag‛lar miqdoriga qaytadan
kelishi ustidan nazorat olib boradi. Tovar va xizmatlar iste’moli insoniyat talabini
qondiradi. Iste’molchilar ularning tejamkorligini rag‛batlantirish tariqasida foiz
stavkalari to‛lansagina jamg‛arishlari mumkin. Foiz stavkalari qanchalik yuqori
60
bo‛lsa, shunchalik ko‛p mablag‛ jamg‛ariladi. Korxona egalari, investorlar ishlab
chiqarishni kengaytirish, yangilash uchun pul kapitalini izlovchilar hisoblanishadi.
Foiz stavkalari ishbilarmonlarning ishlab chiqarish xarajatlariga bevosita ta’sir
ko‛rsatadi. Ular foiz stavkasining pastroq bo‛lishiga intilishadi. Tadbirkorlar
tomonidan taklif qilingan mahsulotlar hajmining darajasi umumiy xarajatlar
miqdori bilan birga mahsulot bahosi darajasiga ham bog‛liq. Masalan, 40000
so‛mga 10000 so‛mdan to‛rtta ko‛ylak sotib olishsa, narxlar 5000 so‛mga
kamayganda 20000 so‛mga shuncha ko‛ylak sotib olish mumkin, sotuvchilar
o‛rtasida raqobat bahosining egiluvchanligiga olib keladi. Talabning pasayishi
ortiqcha mahsulotlardan qutilish uchun narxlarni pasayishiga olib keladi.
Narxlarning pasayishi resurslar narxining pasayishiga olib keladi. Xususan ish
haqini pasayishiga olib keladi. Bu esa ishsizlar sonini oshishiga olib keladi.
Raqobatning mavjudligi ishchilarni past ish stavkalarida ishlashga majbur
bo‛lishiga olib keladi. Klassik iqtisodchilar fikricha davolatning iqtisodiyotga
aralashuvi umuman mumkin emas.
1936 yili ingliz iqtisodchisi Jon Keyns kapitalizm iqtisodiyotiga yangi ish bilan
bandlik nazariyasini yaratdi. U o‛zining “Pul, foiz va ish bilan bandlikning
umumiy nazariyasi” asosida uning noto‛g‛riligini isbotlashga urindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |