L. S. Karieva makroiqtisodiyot


-rasm. Yalpi taklif egri chizig‛i



Download 2,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/207
Sana17.07.2022
Hajmi2,99 Mb.
#816825
TuriУчебник
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   207
Bog'liq
макроиктисодиёт лотин

3.3.1-rasm. Yalpi taklif egri chizig‛i. 
Bunday holat yalpi taklifni tahlil qilishga klassik va keynschilarga xos 
yondashuv bilan izohlanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda ko‛pincha oraliq kesma ham 
keyns kesmasiga kiritib yuboriladi.
Yalpi taklifning keyns kesmasida milliy ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi 
uning potentsial hajmidan, ya’ni to‛liq bandlik sharoitida erishishi mumkin bo‛lgan 
hajmidan kamdir. Demak bu kesma iqtisodiyot pasayish bosqichida bo‛lgan va 
katta 
miqdordagi 
resurslardan 
foydalanilmagan 
sharoitni 
ko‛rsatadi. 
Foydalanilmayotgan ushbu resurslarni esa baholar darajasiga ta’sir ko‛rsatmagan 
holda ishga tushirish mumkin. Bu kesmada milliy ishlab chiqarish hajmi oshishi 
baholar darajasi o‛zgarmay qolgan sharoitda ro‛y beradi.
Yalpi taklif egri chizig‛ining 
Keyns kesmasida
 
iqtisodiyotni nisbatan qisqa 
muddatda amal qilishini xarakterlaydi. Keyns nazariyasiga ko‛ra, tushkunlikka 
tushgan iqtisodiyotda narxlar ko‛tarilmasdan o‛sishi mumkin. Bunda avvalambor, 
foydalanilmayotgan imkoniyatlar jalb qilinadi - bu ishchi kuchi, xuddi Keyns 
nazariyasi ilgari surilgan “Buyuk Depressiya” yillarida bo‛lgani kabidir. 
Bu kesmada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi:
- iqtisodiyot ishlab chiqarish omillari to‛liq band bo‛lmagan sharoitda amal 
qiladi;
- baholar, nominal ish haqi qayd etilgan, bozor tebranishlaridan juda kam 
ta’sirlanadi;


47 
- real miqdorlar (ishlab chiqarish, bandlilik, real ish) haqi harakatchan va bozor 
tebranishlaridan tez ta’sirlanadi.
Vertikal yoki klassik kesmada
iqtisodiyot to‛liq bandlik sharoitiga yoki 
ishsizlikning tabiiy darajasi sharoitiga erishgan vaziyatni ko‛ramiz. Bunda to‛liq 
ish bilan ta’minlanish va o‛sishga joy yo‛q xolat yuzaga keladi. Tovarlar va 
xizmatlarga talabning yanada o‛sishi narxlarning o‛sishini oshiradi. Ushbu xolat
klassik (neoklassik) nazariyaga mos keladi, agar davlat iqtisodiyotni tartibga 
solishga aralashmasa, u holda u o‛zini to‛liq ish bilan ta’minlash holatini 
ta’minlaydi. Demak, iqtisodiyot egri chiziqning bu kesmasida o‛zining ishlab 
chiqarish potentsiali darajasida bo‛ladi. Bu shuni bildiradiki, baholarning har 
qanday oshishi ishlab chiqarish hajmining oshishiga olib kelmaydi. Chunki, 
iqtisodiyot to‛liq quvvatda faoliyat ko‛rsatayapti. To‛liq bandlik sharoitida ayrim 
firmalar boshqa firmalarga nisbatan resurslarga yuqoriroq baholarni taklif etish 
orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishga harakat qiladi. Ammo, bunday holatda 
ayrim firmalarning resurslar va ishlab chiqarish hajmini oshirishi, boshqalari uchun 
yo‛qotishga olib keladi. Natijada bu mahsulotlar bahosi oshishi mumkin, lekin 
ishlab chiqarishning real hajmi o‛zgarmay qoladi.
Klassik nazariyada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi:
- ishlab chiqarish hajmi faqatgina ishlab chiqarish omilari hajmiga va 
texnologiyalarga bog‛liq va baholar daoajasiga bog‛liq emas;
- ishlab chiqarish omillari va texnologiyalarda o‛zgarish sekinlik bilan ro‛y 
beradi;
- iqtisodiyot to‛liq bandlik sharoitida amal qiladi, ya’ni ishlab chiqarish hajmi 
potentsial darajaga teng;
- baholar va nominal ish haqi o‛zgaruvchan, ularning o‛zgarishi bozorlarda 
muvozanatni ta’minlab turadi.

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish