2.2 Shariatda g’arar,maysir va sudxo’rlikning harom qilinishi.
G'ararning payg’ambarimiz hadislarida harom qilinganligi.
G’arar deb hisoblangan shartnomalar yoki bitimlarni man qilishning asoslari va ko'rsatmalari hadis, islom dinida tan olingan kitoblardan olingan. Unda Muhammad payg'ambarning osmondagi qushlarni, suvdagi baliqlarni yoki qornidagi tug'ilmagan buzoqni sotishga qarshi so'zlagan so'zlari bor: "O'zingda bo'lmagan narsalarni sotma". Shu sababli, egalik huquqi haqidagi da'vo noaniq yoki shubhali bo'lganda, garar bilan bog'liq savollar paydo bo'ladi. G'arorning mo'ljallangan ma'nosining ravshanligi Qur'onda ham mavjud bo'lib, u shunday deydi: “Mulkingizni o'zaro yo'lda yemang”, bu yirtqich ish yuritishning taqiqlanishi deb tushuniladi12.
Ribo (ya’ni sudxo’rlik)ning haromligi
«Ribo» lug'atda «ziyoda» ma'nosini anglatadi. Shariatda esa molni molga almashtirishda evazsiz ortiqcha mol olishga aytiladi.Ribo, ya'ni sudxo'rlik bechoralarning nochorligidan foydalanib, ularning mehnati evaziga boylik orttirishdan iboratdir. Bir inson nochor bo'lib, ish yuritishga, oila tebratib, bola-chaqa boqishga sarmoyasi qolmay, puldor kishining oldiga hojatini aytib borsa, unga sadaqa yoki yaxshi qarz berishning o'rniga sudxo'rlik yuzasidan muomala qiladi. Ya'ni «Men senga ma'lum muddatga, ma'lum miqdor pul beraman. Sen bu pulni buncha foizga ko'paytirib berasan», deydi. Agar tayinlangan muddatdan kech qolsa, yana ustiga foiz qo'shiladi va hokazo.Shunday qilib, bir toifa odamlar boshqalarning nochor holidan mehnatsiz boylik orttirish uchun foydalanadilar. Riboxo'rlik bor jamiyatda nohaqlik, iqtisodiy zulm avjga chiqadi13. Oqibatda
mol-mulk bir guruh sudxo’rlarning qo’liga o’tib qolib,jamyat ularning xoxishiga binoan yashashga majbur bo’ladi.
Islom johiliyatdagi noma’qul ishlardan hech biriga qarshi sudxo’rlikka qarshi o’t ochganchalik o’t ochmagan.Qur’oni Karimda bu haqda bir qancha oyatlar kelgan. Jumladan,hozir o’rganiladigan oyatlarimiz ham.
Alloh taolo Baqara surasida quyidagilarni aytadi:
«Riboni yeydiganlar (qabrlaridan) shayton urib, jinni bo'lgan kishidek turarlar, xolos. Bu ularning «Savdo ham riboga o'xshash-da», deganlari uchundir. Vaholanki, Alloh savdoni halol, riboni harom qilgan. Kimki Robbidan mav'iza kelganda to'xtasa, avval o'tgani o'ziga va uning ishi Allohga havola. Kimki yana (riboga) qaytsa, ana o'shalar do'zax egalaridir. Ular unda mangu qoluvchidirlar», (275-oyat).
Bizning tilimizda «ribo» so'zi «sudxo'rlik» deb tarjima qilib kelingan. Yaxshiroq tushunish, ma'noning Qur'oni Karimdagiga yanada yaqinroq bo'lishi uchun aytish kerakki, arab tilida «ribo» so'zi «ziyoda bo'ldi», «ko'paydi» degan ma'nolarni anglatadi. Shariatda esa qarz beruvchi qarzdordan ma'lum vaqt muqobiliga asl mol ustiga oladigan ziyoda ribodir.Riboning naqadar yomon narsa ekanligini kishilar ongiga avvaldan yaxshilab singdirish maqsadida oyati karima sudxo'rning qiyomatdagi holini bayon qilish bilan boshlanmoqda. Qiyomatdagi har bir odamning sirtqi holidan ishi qanday ekanligi bilib olinadi. Xuddi turayotganlarida sudxo’rlar albatta, o'zlariga xos bir holatda turar ekanlar. Ularni hech kim tanitmasa ham, qabrdan turishlarini ko'rganlar, anavilar sudxo'rlar, der ekan. Ularning bu holini oyati karima quyidagicha vasf qiladi: «Riboni yeydiganlar (qabrlaridan) shayton urib, jinni bo'lgan kishidek turarlar, xolos». Ya'ni ularning o'zlarini tutishlari sog’-salomat, aqlli kishilar kabi bo'lmaydi. Odatda jin urib14, aqldan tartibsiz Dovdirab, o'zini har tarafga urib, uyat ishlarni ham qilaveradilar.Sudxo’rlarda ham ana shu holat bo’lar ekan.
Ba’zi tafsirchilarimiz “Sudxo’rlarning bu holatlari faqat qiyomat kuniga bog’liq emas,balki bu dunyoda ham shunday bo’ladi ’’ bo'ladi», deganlar. Ularning bunday ayanchli holatga tushishlarining sababi kelgusi jumlada bayon qilinadi. «Bu ularning «Savdo ham riboga o'xshash-da», deganlari uchundir». Sudxo'rlar riboni halol deb e'tiqod qiladilar va uni tijoratga o'xshatadilar.Ular tijoratda moliyaviy muomala ortidan foyda kelganidek, sudxo'rlikda ham foyda keladi, deb o'ylaydilar.Boz ustiga, ularning «ijorat ham riboga o'xshash-da», deyishlaridan ribo aslida halol qilingan narsa, tijorat ham unga o'xshab, halol qilingan degan ma’no kelib chiqmoqda.,Vaholanki: «..Alloh savdoni halol, riboni harom qilgan». Chunki tijoratda foyda ko'rishning ham, kuyib qolishning ham ehtimoli bor.Tijoratda insonning mehnati, mahorati, atrofdagi tabiiy holatlarning foyda yoki zarar ko’rishiga ta’siri bor.Savdogar foyda ko’rishga umid qilish bilan bir vaqtda kuyib qolishni ham bo’yniga olgan holda ish boshlaydi.mehnat qilib, odamlarga kerakli mollarni olib keladi, saqlaydi va boshqa hizmatlarni qiladi.
Sudxo’r-chi? U hech narsa qilmay,joyida o’tiradi.Nima bo’lishidan qatiy nazar,foyda olishi muqarrar.Kuyib qolish xavfi yo’q.
«Kimki yana (riboga) qaytsa, ana o'shalar do’zax egalaridir. Ular unda mangu qoluvchidirlar». Kimki riboning haromligi haqida Alloh tomonidan oyat kelganiga ham qaramay, yana riboga qaytsa, unday odam albatta do'zaxi bo'ladi, do'zaxi bo'lganda ham, undan hech qachon qaytib chiqa olmaydigan, o'sha yerda abadiy qoladigan do'zaxi bo'ladi. Kelasi oyatda sudxo'rlikning kasofati faqat oxiratdagina bo'lmasdan, balki bu dunyoda ham urishi eslatiladi: «Alloh riboni nobud qilur va sadaqalarni ziyoda qilur. Va Alloh har bir kofir, gunohkorni suymas», (276-oyat). Bandalar mol-dunyolarining ziyoda bo'lishi uchun riboxo'rlik qiladilar foydani sanab yuradilar. Aslini olganda natija buning teskarisi bo'ladi.
«Alloh riboni nobud qilur». Sudxo'rning puli hisob jihatidan ko'p bo'lsa ham, Alloh uning barakasini ko'tarib, yegani o'ziga yuqmaydigan qilib o'zlariga kelgan va qo'yadi. Sudxo'rni turli qiladi, tinchligini, kasalliklarga duchor xotirjamligini oladi. Yana biz bilmaydigan ko'p balo-ofatlarga duchor qiladi. Shuningdek, sirtdan qaraganda, sadaqa qilgan kishilarning moli kamayganga o'xshaydi. Aslida esa ish buning teskarisi bo'ladi: Alloh taolo «sadaqalarni ziyoda qilur». Agar hisobda sadaqa qiluvchining molining hajmi oz bo'lsa ham, Alloh taolo unga baraka ato qiladi, balo-ofatlardan saqlaydi, o'zini tinch, xotirini jam qiladi. Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayh qilgan rivoyatda Payg'ambarimiz alayhissalom: «Ribo garchi ko'paysa ham, oqibati albatta, ozayishga qaytadi», deganlar. «Va Alloh har bir kofir, gunohkorni suymas». Shundan ko'rinib turibdiki, riboxo'rlar kofir va gunohkor hisoblanar ekanlar. Alloh taolo Baqara surasining keyingi oyatlaridan birida: «Ey iymon keltirganlar! Agar mo’min bo'lsangiz, Allohga taqvo qiling va riboning sarqitini ham tark qiling», degan (278-oyat). Ushbu oyatdan ko'rinib turibdiki, Alloh taolo ribodek noxush, harom narsani yo'q qilishda boshqa holatlardagi kabi, avvalo musulmonlarning ruhiy-ma'naviy tarbiyasiga alohida e'tibor bergan. Yana ushbu oyat musulmonlar uchun mahbub bo'lgan: «Ey iymon keltirganlar!» degan xitob bilan boshlanmoqda. Davomida esa: «Agar mo’min bo'lsangiz», deb, yana iymonni oraga solmoqda va nihoyat: «Allohga taqvo qiling », deb, bandalarni taqvodor bo'lishga chaqirmoqda. Oxiri kelib, riboning sarqitini ham tark qilishga amr etmoqda. Islomda hukm yuritishning eng ta'sirchan yo'li tashqi kuchlarni ishga solish emas, balki har bir odamning qalbini o'ziga kuzatuvchi qilib qo'yishdir. Bu holatda har bir kishining vijdoni o'ziga qo'riqchi bo'ladi. Alloh taolo ushbu oyati karimada musulmonlarni riboning o'zi u yoqda tursin, sarqitidan, qoldig'idan ham qaytarmoqda. Bu ma'noni alohida ta'kidlash uchun keyingi oyatda bo'lajak jazolarni oshkora marhamat qiladi15: «Agar unday qilmasangiz, Alloh va Uning Rasulidan urush (bo'lishini) biling. Agar tavba Zulm qilmassiz va sizga ham zulm qilinmas», (279-oyat). Ya'ni iqtisodiy agar muomalalaringizda o'rtadan riboni ko'tarib, uning sarqitlarini tark etmasangiz, Alloh va Uning Payg'ambari sizga qarshi qattiq urush ochadi. Agar tavba qilib, riboxo'rlikdan qaytsangiz, sarmoyangizni olasiz. Shunda siz sudxo'rlik bilan birovga zulm qilmagan bo'lasiz va sizga ham zulm qilinmagan bo'ladi.
Ribo ikki xil bo'ladi :
1.Nasiya ribosi.
Qarzni ado etishni kechga surish evaziga olinadigan foyda. U oddiy qarz bo'lsa ham, sotib olingan narsaning narxi bo'lsa ham, baribir.
2.Savdo ribosi.
Oltin, kumush, bug'doy, arpa, tuz va xurmo kabi mahsulotlarda bir jinsdagi narsani almashtirishda ziyoda olish.. Bu muomala «Ribo al-Fazl» ham deyiladi. Sarlavhada kelgan ikkinchi so'z, ya'ni «Sarf» esa lug'atda «ziyoda» degan ma'noni anglatadi.
Shariatda xoh bir jinsdan bo'lsin, xoh turli jinsdan bo'lsin, naqd pulni naqd pulga sotishga «sarf» deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |