Kurs ishi arslonov Abbosxon Obidxon o’g’li


Muammoni o'rganilganlik darajasi



Download 56,28 Kb.
bet2/11
Sana26.02.2022
Hajmi56,28 Kb.
#465245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abbosxon KURS ISHI[1]

Muammoni o'rganilganlik darajasi.
Islomda taqiqlangan turlarni o'rgangan jahon olimlari:
Ayub Muhammad, Jamaldeen, Faleel, Ahmed, Naeem, Uddin,Md Akhter,Al-Darir, Mahmoud A., Ali Mohsin,R.I.Bekkin va boshqalar
Islomda taqiqlangan turlarni o'rgangan O'zbekistonda olimlar:
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf,Shayx Abdulaziz Mansur,R.B.Abdullayev,C.M. Dusanov,
I bob.Islomda taqiqlangan faoliyat turlarining mazmun mohiyati.
1.1 G’arar,maysir va najshning mohiyati.
"G'arar" tushunchasi
G'arar — “axborotdan yetarlicha boxabar emaslik” sifatida talqin qilinadi.
G’arar arabchadan tarjima qilinganda “xavf” ma’nosini bildiradi. Musulmon fiqhi nuqtai nazaridan shartnomada g’arar unsurining mavjudligi uni amalga oshirishni bekor qilishi mumkin. Shariatning ikki asosiy manbasi bo'lgan Qur'on va hadisda «G’arar» tushunchasi aniq tavsiflanmagan. Shuning bilan birga, ayrim hadislarda savdolashishning bir nechta qoidalari batafsil bayon etib berilgan, bunda xaridor va sotuvchi o'rtasidagi munosabatlarda noaniqlik butunlay taqiqlangan. Masalan, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam bitim tuzish vaqtida sotuvchining qo'lida bo'lmagan molni sotishni man etganlar. Sunan egalari keltirgan rivoyatda: «...Huzuringda bo'lmagan narsani sotish ham», deyilgan». Bundan kelib chiqadiki, xaridorga berish imkoni bo'lmagan narsani sotish, yo'q narsani sotish bilan barobar hisoblanadi.Masalan, islomgacha bo'lgan davrda ham ma'lum bo'lgan oldi-sotdi shartnomalarining ayrim shakllarida aynan g'arar unsurlari mavjudligi sababli, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam ko'plab bitimlarni bekor qilganlar:
1.Habal al-habala. Shartnoma predmeti sifatida onasining homilasida turgan tuya hisobga olingan.
2. Mulomasa. Mazkur shartnomaning shartlariga ko'ra agar xaridor mahsulotga (odatda, matoga) qo'l tekkizib ko'rgan bo'lsa, olinadigan ashyoning xususiyatlari sotuvchi tomonidan o'rganishga imkon berilmasdan sotib olishga majbur edi.
3. Munobaza. Sotuvchi matoni xaridorga tashlar va garchi xaridor mahsulotni ko'rib chiqish imkoniyatiga ega bo'lmasa-da, shu yo'l bilan matoni sotish amalga oshirilar edi.
4. Muzobana. Sotuvchi va xaridor o'zaro bir-birlari bilan noekvivalent (nomuvofiq) tovarlarni barter (ayirboshlash) qilishni amalga oshirganlar. Masalan, xom xurmoni kelgusida sara xurmolar ila qaytarish evaziga berilgan, bunda o’lchov miqdori hajmi bir xil bo'lishi talab ham etilmagan. 5. Hassot. Bitim yakuni tosh tashlash bilan aniqlangan. Masalan, matoni sotishda xaridorga toshlarni tashlash taklif etilgan. Tosh kelib tushgan mato xaridorga alohida imtiyozli narxlarda sotilgan va h. k. Ushbu shartnomalarning barchasi man qilingan bo'lib, ular tasodifga asoslangan edi. Xaridor ba'zan sotilayotgan tovarning soni va sifati haqida tasavvurga ham ega bo'lmagan. Savdo mazmuni bo'taloq tug'ilgach yoki tosh matoga tushib bo'lgandan keyingina ma'lum bo'lgan. Ushbu shartnomalardagi g'arar unsurlari keyinda so'z yuritiladigan maysir (qimor) unsurlari mavjud shartnomalar bilan juda ham o'xshashdir. Yana ham aniqrog'i, shariat tomonidan taqiqlangan aksariyat shartnomalarda nafaqat g'arar unsurlari, balki maysir unsurlari ham mavjud bo'lgan. Yuqorida sanab o'tilgan barcha shartnomalarda g'ararni taqiqlashdan ko'zlangan maqsad – bir tomonning ikkinchi tomonga nisbatan nohaq ustunlikka ega bo'lishini oldini olishdan iboratdir (adolat tamoyili). Lekin g'arardan mutloq holi bo'lgan shartnoma tuzishning iloji bormi? Aniqki, tadbirkorlik faoliyatining har qanday shakliga xatar va noaniqlik hamroh bo'ladi. Musulmon fiqhi eng avvalo, savdo munosabatlarini tartibga soluvchi huquq sifatida vujudga keldi va rivojlandi. Yana ham aniqrog'i, taraflarning biri kapital yoki mehnat sarflamagan holda, foydaga erishishga yo'l qo'yadigan bitimlarni shariat tan olmaydi. Masalan, ssuda foizi undirishga qarshi yo'naltirilgan eng salmoqli dalillardan biri, qarz beruvchining qarz oluvchiga nisbatan kam darajada tavakkal qilgani holda, qarz oluvchining mehnati hisobiga kafolatlangan foydaga ega bo'lishga da'vogarligidir.Lekin tadbirkorlikning muqarrar tavakkalchiligi va bitim natijasida tomonlarning faqat birigina xatarni o’z bo'yniga olishi hamda shu orqali zarar ko'rish ehtimoli bilan yuzma-yuz kelishi, umuman, boshqa-boshqa narsalardir. Boshqacha aytganda, hammasi g'ararning qanday talqin etilishiga bog'liq. Agar g'ararni har qanday xatar sifatida talqin etiladigan bo'lsa, u holda uning har qanday shartnomada mavjud ekanligi va muqarrarligini hisobga olish lozim bo'ladi. Agarda g'ararni haddan oshiq tavakkalchilik sifatida ko'rib chiqiladigan bo'lsa, u holda uning darajasini baholash faqat musulmon fiqhshunoslari vakolatiga taalluqlidir.5
Maysir:
Maysir(arab.-qimor)-islom iqtisodiyotida spekulatsiya,olib sotarlik yoki qimor o’yini,ya’ni “bir nimaga osongina erishish yoki boyish.Qur’oni Karim hamda Payg’ambar (s.a.v.) Hadislariga ko’ra har qanday o’yinlardan topilgan daromad va mehnat qilmay turib pul toppish ta’qiqlanadi.Islomdagi moliyaviy munosabatlarni bozor iqtisodiyotidagi moliyaviy munosabatlardan farqli jihatlaridan biri M.dan holi bo’lishi bo’lib,islom iqtisodiyotida bank fyucherslari,opsionalar bilan spekulyativ operatsiyalarni amalga oshirish yoki foyda olinishni kafolatlaydigan shartomalar tuzish ta’qiqlanadi.(glossariy)
Azaldan maysir (arabchadan so'zma-so'z tarjima qilganda «qimor o'yini») islomgacha bo'lgan davrda yetarli darajada ommabop bo'lgan qimor o'yinini o'zida gavdalantiradi. O'yinning mohiyati quyidagidan iborat bo'lgan. Xalfana o'yinining barcha ishtirokchilari tomonidan (teng ulushlarda) tuya sotib olingan. Tuyani so'yishgach, go'shtni maydalab, qismlarga bo'lib chiqqanlar. Shundan keyin go'sht bo'laklari sonicha kamon o'qlari olingan va har bir kamon o'qiga so'yilgan hayvon tanasining u yoki bu qismi yozib chiqilgan. Tuya o'rkachi go'shtning eng yaxshi, tuyog'i esa yomon qismi hisoblangan. Keyin ishtirokchilar kamon o'qlarini tortganlar. Kimki tuya tanasining yaxshi qismi yozilgan kamon o'qini tortgan bo'lsa, o'sha yutuq egasi hisoblangan, yomon qismini tortgan kishi esa yutqizgan bo'lib chiqqan.G'arardan farqli ravishda, maysir islomda butkul rad etilgan: «Ey imon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) cho'plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo'ling. Shoyadki, najot topsangiz». (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. Moida, 906) Qur'oni karimda qimor o'yinlarini man etishizohi bayon etilgan: «Sendan xamr va qimor haqida so’rarlar. «Ikkisida katta gunoh va kishilar uchun manfaat bor va gunoh naflaridan kattadir», deb ayt. Va sendan nafaqa qilishni so'rarlar. «Ortiqchasini», deb ayt. Alloh shundoq qilib sizga O’z oyatlarini bayon qiladi. Shoyadki, tafakkur qilsangiz». (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. Baqara, 219) «Albatta, shayton xamr va qimor tufayli oralaringizga adovat va yomon ko'rishlikni solishni hamda sizlarni Allohning zikridan va namozdan to'sishni xohlaydir. Endi to'xtarsizlar?!» (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. Moida, 91) Boshqacha aytganda, maysir va boshqa qimor o'yinlari xuddi xamr singari birdaniga emas, bosqichma-bosqich man etilgan. Avvaliga Alloh taolo ulardan jamiyat uchun ozroq manfaat borligini e'tirof etgan, lekin ziyoni nafidan ko'pligini ta'kidlagan holda, oradan biroz vaqt o'tib, ularni butkul taqiqlagan. Qimor o'yinlarining man qilinishi bosqichma-bosqich amalga oshirilishining boisi, ushbu illat arablar o'rtasida keng tarqalgan edi va unga barham berish uchun katta tayyorgarlik ishlari olib borish lozim bo'lgan.
Najsh
Najsh-Ma’lumotni ishirib (ko’pirtirib) ko’rsatish.Yo’q hususiyatlarni bor deb aytish.
Masalan:Telefonni olaylik.Buni soatayotgan vaqtda eski bo’lsa ham yangi deb aldab sotish.Undagi yo’q xuxusiyatlarni(Kamerasi 5mp bo’lsa 13mp deb ko’pirtirib aytish,hotirasi 8 gb bo’lsa 16 gb deb aytish,Xitoyda ishlab chiqarilgan bo’lsa Amerikaning mahsuloti deb aytish kabi mahsulotda yo’q xususiyatlar) aytishga Najsh deyiladi.

Download 56,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish