Kurs ishi arslonov Abbosxon Obidxon o’g’li



Download 56,28 Kb.
bet1/11
Sana26.02.2022
Hajmi56,28 Kb.
#465245
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abbosxon KURS ISHI[1]



O’zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi
Islom Iqtisodiyoti va Xalqaro Munosabatlar Fakulteti
Islom Iqtisodiyoti va Moliyasi Yo’nalishi
Islom Iqtisodiyoti Asoslari Fanidan
KURS ISHI
Arslonov Abbosxon Obidxon o’g’li
Mavzu:G’arar va Islomda taqiqlangan faoliyat turlari
Ta’lim yo’nalishi:5160200 – Islom iqtisodiyoti va moliyasi
Ilmiy rahbar: katta o’qituvchi N.Botirova

Mundarija


Kirish………………………………………………………………………………3
I Bob. Islomda taqiqlangan faoliyat turlarining mazmun mohiyati……………................................8

    1. G’arar,maysir va najshning mohiyati……………………………………………..8

    2. Taqiqlangan faoliyat turlarning o’rganilganlik darajasi………………….12

II Bob. Islomning taqiqlangan turlarga nisbatan munosabati………………………………………….......18
2.1. G’arar,maysir va sudxo’rlikning alomatlari……………………………......18
2.2. Shariatda g’arar,maysir va sudxo’rlikning harom qilinishi…………23
III Bob.Islom iqtisodiyotida ta’qiqlangan turlarning bozor iqtisodiyotidagi o’rni…….....27
3.1.Islom iqtisodiyotidagi sug'urtaga ulamolarning fikrlari........................27
3.2.Islom iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyotida sug’urtaning farqli jihatlari…33
Xulosa……………………………………………………....35
Foydalanilgan Adabiyotlar Ro’yxati…………………..................................................36

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.


Bizning bu kurs ishidan yozishimizning maqsadi hozirgi kundagi G'arar va islomdagi ta'qiqlangan turlarning qay darajada o'rganilganligi,ularning islom iqtisodiyotiga ta'sirlari va qur'on va hadisi sharifda qanchalik ulardan yiroq bo'lishimizga ko'rsatmalar berilgani haqida ko'plab ma'lumotlar yig'dik.
Islomda ta'qiqlangan turlarga:g'arar,g'abn,najsh,maysir, va ribo(ya'ni sudxo'rlik) kabi turlar kiradi. Har qanday g'arar – axborotdan bexabarlikdir. Ayrim holatlarda g'ararning mavjudligi tomonlarning huquq va manfaatlarini buzmasa, boshqa holatlarda (ortiqcha g'arar mavjudligi haqida so'z bormoqda) — bitim ishtirokchilari uchun xatar o'ta yuqori darajani tashkil etmoqda. Axborotdan bexabarlik sifatidagi g'arar, masalan, birja savdolaridagi faoliyatda, ayniqsa, o'zini namoyon qiladi. Fond bozori va kotirovkalar shakllanishi bilan bog'liq holatlarda malakali ishtirokchilar malakasizlarga nisbatan ko'proq axborotga ega bo'ladilar, bu esa ularga tajribasiz ishtirokchilar hisobiga, hatto inqiroz davrida ham kamroq yo'qotishlar bilan undan chiqishga imkon beradi. Xo'sh, shariat nuqtai nazaridan bu joizmi? Albatta, yo'q. Fond bozorida yetarli malakaga ega bo'lmagan har qanday ishtirokchi o'ziga nisbatan malakalilarning boyishiga imkon berishga mahkum hisoblanadi1. Xuddi shuni an'anaviy sug'urtalash haqida xam aytish mumkin, bu yerda sug'urtalovchi va sug'urta qildiruvchi o'rtasidagi munosabatdagi axborotdan bexabarlik musulmon fiqhshunoslarining aksariyatiga, sug'urta shartnomasining shariatga muvofiq emasligi to'g'risida so'z aytishga imkon beradi. Iqtisod bo'yicha Nobel mukofoti sohiblari Jorj Ake lof, Maykl Spens va Jozef Stiglits tomonidan shakllantirilgangan axborotdan yetarlicha (to'la) boxabar bo'lmaslik nazariyasi (Teoriya informatsionnoy asimmetrii)da, ikkinchi tomonga taklif etilayotgan tovar yoki xizmatning sifatiga nisbatan noaniqlik asosiy masala sifatida ko'rib chiqilgan. Shuni qayd ish lozimki, «g'arar» so'zi arab tilidan tarjima etilganda nafaqat «xatar», «xavf» ma'nolarini, balki «noaniqlik» ma'nosini ham anglatadi. Quyida shariat nuqtai nazaridan noqonuniy bo'lgan ortiqcha g'arar unsurlari bilan mavjud bitim shakllari keltirib o'tilgan: – noma'lum bo'lgan tovarlarni (masalan, yopiq qutilardagi ashyolar) yoki ma'lum tovarlarni nomunosib baholar bo'yicha sotish; - sotuvchi berishi mumkin bo'lmagan tovarlarni sotish (masalan, ona homilasida bo'lgan buzoqni onasidan alohida sotish); – tovarlarni aniq bayon etmagan holda sotish (masalan, do'kondagi mavjud kiyimlar aniq sidrasini ko'rsatmagan holda sotish); — aniq bahosi o'rnatilmagan tovarlarni sotish (masalan, joriy baholar bo'yicha sotish2); – shartnoma shartlarining bajarilishini noma'lum yoki kam ehtimolli hodisalarga bog'lab qo'yish (masalan, kelish vaqti noma'lum bo'lgan boshqa kishining kelishiga); — tuzalib ketishiga umid yo'q yoki cho'kayotgan kema tryumidagi jonivorni sotish; — noto'g'ri tavsif asosidagi tovarlarni sotish; – tovarlarni avvalgi tekshiruvdan o'tkazmasdan sotish3 va h. k. U yoki bu bitimda ortiqcha g'arar mavjudligi to'g'risidagi savollarga, islomiy bank va boshqa islomiy muassasalar shariat kengashlari a'zolari bo'lgan musulmon fiqhshunoslari javob bo’ladigan so’nggi so’zni aytadilar deb umid qilamiz.Ularning qarori, albatta, bitimning iqtisodiy o’lchovidan emas,balki shartnomalarning tahlili asosidan kelib chiqib qabul qilinadi. «Sudxo'rlik» faoliyat turi islom dinida juda og'ir gunohlardan biri.Sudxo'rlik haqida Payg'ambarimiz Muhammad(s.a.v) ko'plab hadislar kelgan.Qadim-qadimdan nafaqat islom dinida balki boshqa dinlarda ham sudxo'rlik qattiq qoralangan.Misol uchun E.A.Baydauletning Islomiy moliya asoslari kitobida Sudxo'rlikning kelib chiqish bayon etilgan.
«Sudxo'rlik» qarzning asosiy miqdoridan tashqari foiz undirish amaliyoti sifatida tushunilgan davrning katta qismida, garchi ayrim holatlarda, ayniqsa, so'nggi vaqtlarda bu tushuncha maqbul ijtimoiy yoki huquqiy stavkadan yuqori manfaat olish sifatida talqin etilayotgan bo'lsa-da, u uzoq tarixga ega. Hozirgi paytda mazkur keng qamrovli ta'rifdan foydalangan holda shuni kuzatish mumkinki, bundan to'rt ming yillar avval va undan keyingi davrlarda sudxo'rlik amaliyoti takror va takror axloqiy, ma'naviy, diniy va huquqiy asoslariga ko'ra qoralangan, man etilgan, nafratlanilgan va jazolangan. Hindiylik, buddaviylik, yahudiylik, nasorolik va islom diniy muassasalari uning ko'zga ko'rinarli va faol tanqidchilari bo'lganlar.
Hindiylik va buddaviylikda sudxo'rlik. Sudxo'rlik haqida bizlarga qadar yetib kelgan eng qadimiy eslatmalarni ko'hna hind diniy qo'lyozmalaridan qidirish lozim. Eng dastlabki yozuvlar Ko'hna Hindistondagi (er. av. 2000–1400 yy.) veda matnlariga oid bo'lib, ularda «sudxo'r» (kusidin) bir necha marta esga olingan va «sudxo'rlik» foiz ostidagi har qanday qarzdorlik sifatida talqin etilgan. Foiz to'lash bo'yicha yanada to'liq va batafsil ma'lumotlar «Sutra» (er. av. 700–100 yy.)ning so'nggi, shuningdek, buddaviy «Jataki» (er. av. 600–400 yy.) matnlarida ham uchraydi. Aynan mana shu so'nggi davrda sudxo'rlikka nisbatan dastlabki nafratlanish ifoda etilgan. Masalan, o'sha davrning mashhur hind qonunshunosi Vasishtxa maxsus qonun qabul qildi, unga ko'ra yuqori taba qadagi brahmanlar va kshatriylar (jangchilar) ga sudxo'rlik qilish yoki qarzdorlarga foiz asnosida pul berish man etildi. Bundan tashqari, «Jataki»da sudxo'rlik haqoratomuz tarzda esga olingan4: «Soxta zohidlar sudxo'rlik bilan shug'ullanishda ayblanadi». O'sha davrning «Manu qonunlari»dan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, bizning eramiz ikkinchi asrida sudxo'rlik nisbiy tushuncha bo'lib qoldi: «Qonunda o'rnatilganidan yuqori kelishilgan foiz noqonuniy bo'lib, qayta tiklanmaydi: ular buni (kreditlashning) sudxo'rlik usuli deb ataydilar» (Jayn, 1929: 3–10). Sudxo'rlik kontseptsiyasi bunday yemirilishda davom etdi va bugungi kunda ushbu nuqtai nazar hanuz qoralansa-da, sudxo'rlik faqat ijtimoiy joiz deb hisoblanuvchi foizdan yuqori miqdorga oid bo'lib qoldi hamda endilikda man etilmayapti yoki biron-bir jiddiy tarzda nazorat qilinmayapti.
Yahudiylikda sudxo'rlik.
Yahudiylikda sudxo'rlikning tanqidi Tavrotdagi bir qator parchalarda o'zining manbasiga ega bo'lib, ularda foiz undirish man etilgan yoki ma'qullanmagan yoxud undan hazar qilingan. Manfaatni ifoda etuvchi yahudiycha «neshex» (neshekh) so'zi so'zma-so'z «tishlab olish»ni anglatadi va qarzdor nuqtai nazaridan manfaatni undirishga doir deb taxmin qilinadi. «Chiqish» va «Levit»ning o'zaro aloqador matnlarida ushbu so'zdan kambag'al va qashshoqlarni kreditlashga nisbat berilsa, «Ikkinchi qonun» kitobida faqat chet elliklar bilan amaliy munosabatlarni istisno etganda, uning taqiq doirasi kengaytirilgan va kreditlashning barchasini o'z ichiga olgan.
Foizlarni undirish man etilgan bo'lsa-da, Tavrot amal qilgan davrda ushbu qoidaga amal qilinmaganligi to'g'risida yetarlicha dalillar mavjud deyishga asos bor. «Eski Ahd»dagi bir nechta dalillarga qo'shimcha sifatida shuni aytish mumkinki, qarz beruvchilarga talabchan va ular tomonidan foiz undirishga murosasiz bo'lishga undalgan, eramizdan avvalgi beshinchi asrda «Elefant papirus»larida Misr yahudiylari orasida kreditlar bo'yicha foiz olinishiga oddiy hol sifatida qaralgan. Foiz undirishga qo'yilgan ushbu saxovatpesha taqiqning tabia- tida uni buzish, o'zida jarima sanktsiyalariga olib keladigan jinoyat sifatida emas, balki axloqiy nojo'yalik sifatida ko'rib chiqilgan.
Nasorolikda sudxo'rlik.
Sudxo'rlikni tanqid qilish nasoro cherkovi muassasasi tomonidan zo'r ishtiyoq ila qo'llabquvvatlandi. «Eski Ahd»dagi amrlar yangidan uyg'ondi va «Yangi Ahd»dagi sudxo'rlik to'g'risidagi matnlar bilan to'ldirildi. Mazkur matnlarning obro'siga tayangan holda, rim-katolik cherkovi eramizdan avvalgi to'rtinchi asrda diniy idora tomonidan foiz undirishni man qildi: eramizning beshinchi asrida ushbu qoida dunyoviy qavmga ham tatbiq etildi. Sakkizinchi asrga kelib, Buyuk Karl davrida ular yanada oldinga yurdilar va sudxo'rlikni asosiy jinoyat deb e'lon qildilar. Sudxo'rlikka qarshi ushbu harakatlar o'rta asrlar avvalgi davrlarida yanada kuchaydi va 1311 yilda eng yuqori nuqtasiga yetdi, Papa Kliment V sudxo'rlikka taqiqni mutlaq qilib qo'ydi va uning foydasiga chiqarilgan dunyoviy qonunchilikning barchasini bekor qildi.
Papa va fuqaroviy qonun chiqaruvchilar tomonidan ko'p sonli taqiqlar chiqarilgan bo'lsa-da, qonunchilik va cherkov dalillariga zid keluvchi g'ayriqonuniy usullar topildi hamda sudxo'rlik harakati tobora o'sib borayotgan tijorat to'lqinida o'sa boshladi. Protestantlik va kapitalistik ta'sirning o'sishi ham mana shu o'zgarishlar bilan bog'liq edi, lekin shuni qayd etish lozimki, garchi sudxo'rlikni butkul qoralab bo'lmasligi to'g'risidagi qarashlariga qaramay, Lyuter va Kal`vin sudxo'rlik amaliyoti sababli o'zlarining ayrim shubhalarini bayon etdilar. Ushbu ta'sirlar natijasida 1620 yillar atrofida ruhoniy Ruston, «sudxo'rlik, nasoro hukumati bartaraf etishi lozim bo'lgan jamiyatdagi axloqqa qarshi jinoyat yo'lidan, toki shaxsiy diyonat masalasiga aylanishgacha bo'lgan masofani bosib o'tdi va nasoro ruhoniylarining yangi avlodi sudxo'rlikni o'ta yuqori foiz sifatida qayta ko'rib chiqdi» deb bayon qildi. Ushbu mavqe bugungi kunga qadar zamonaviy cherkovning tafakkurida saqlanib qolmoqda. Bank ishi va investitsiyalar axloqi bo'yicha tadqiqotlar to'g'risidagi hisobotda shotland cherkovi vakillari shunday bayonot beradilar: «Biznes va xususiy qarzlar uchun foizlar hisoblash amaliyoti mohiyatiga ko'ra nasoro axloqi bilan qarama-qarshi deb tan olamiz. Hisoblangan foiz stavkasining adolatli yoki o'ta yuqori ekanligini aniqlash yanada mushkuldir».

Download 56,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish