Kurs ishi arslonov Abbosxon Obidxon o’g’li


Sudxo'rlikning alomatlari



Download 56,28 Kb.
bet6/11
Sana26.02.2022
Hajmi56,28 Kb.
#465245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abbosxon KURS ISHI[1]

Sudxo'rlikning alomatlari
Alloh taolo aytadi:
«Ey mo‘minlar, (bergan qarzlaringizni) bir necha barobar qilib (olish bilan) sudxo‘rlik qilmangiz! Allohdan qo‘rqingiz! (Shunda) shoyad najot topgaysiz!» (Oli Imron surasi, 130).
«Sudxo‘r bo‘lgan kimsalar (qiyomat kunida qabrlaridan) turmaydilar, magar jin chalgan majnun kabi turadilar. Bunga sabab ularning: «Bay' (oldi-sotdi) ham sudxo‘rlikning o‘zi-ku?!» deganlaridir» (Baqara surasi, 275).
Ya'ni, ular Alloh harom qilgan ish - sudxo‘rlikni halol bildilar. Shu sababli qiyomat qoim bo‘lib, Alloh odamlarni qayta tiriltirgan vaqtda sudxo‘rlardan tashqari barcha odamlar qabrlaridan tezda turib ketadilar.
Sudxo‘rlar xuddi tutqanog‘i bor odamdek o‘rinlaridan turishlari bilan yiqiladilar. Ularning dunyoda sudxo‘rlik orqali yegan harom narsalarini Alloh qiyomat kunida qorinlarida ko‘paytirib qo‘yadi va bu ularga og‘irlik qiladi. Ular turmoqchi bo‘ladilar-u, biroq yiqilib tushaveradilar.
Samura ibn Jundub roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kechqurun (tushimda) ikki kishini ko‘rdim. Ular kelib meni muqaddas yerga olib chiqishdi. Yurib-yurib qonli daryoga duch keldik. Daryoda bir kishi bor edi. Sohilda boshqa kishi harsang tosh ushlab turardi. Daryodagi kishi kelib chiqmoqchi bo‘lgan edi, narigi kishi tosh bilan og‘ziga urib kelgan joyiga qaytarib yubordi. U qa chon kelib chiqmoqchi bo‘lsa, tosh bilan og‘ziga urar va u yana oldingi joyiga qaytib ketar edi. «Daryodagi kishi kim?» deb so‘ragan edim, «Sudxo‘r», deya javob berishdi» (Buxoriy rivoyati).
Sudxo‘r o‘lgan vaqtidan to qiyomat kunigacha qonli daryoda suzib, tosh bilan «siylanadi». Bu azob barzax-qabrda bo‘ladi. Bundan tashqari, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sudxo‘rni (foiz yeyuvchini), oldiruvchini, kotibni va guvoh bo‘luvchining hammmasi (gunohda) barobar», deganlar (Muslim rivoyati).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qaysi qavm orasida zino va sudxo‘rlik avj olsa, ular o‘zlariga Allohning azobini halol qilgan bo‘ladilar» (Abu Ya'lo rivoyati).
Abdulloh ibn Hanzala roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kishining bilaturib sudxo‘rlikdan yegan bir dirhami o‘ttiz olti marta zino qilganidan og‘irroqdir» (Imom Ahmad, Tabaroniy rivoyati).
Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Sudxo‘rlikning yetmish ikkita turi bo‘lib, ularning eng kichigi kishining onasiga yaqinlik qilishi bilan barobardir. Sudxo‘rlikning eng yaramasi esa, kishining o‘z birodari nomusiga tajovuz qilishidir» (Tabaroniy rivoyati).
Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhu aytgan ekanlarki: «Sudxo‘rlikda yetmish ikkita gunoh bo‘lib, ularning eng kichigi musulmonning o‘z onasiga yaqinlik qilishi bilan barobar. Sudxo‘rlikdan topilgan bir dirham o‘ttizdan ortiq zino qilishdan og‘irroqdir».
Yana aytgan ekanlar: «Alloh qiyomat kunida yaxshi-yu yomonga turish uchun izn beradi. Sudxo‘rlar esa bundan mustasno. Chunki ular: «jin chalgan - majnun kabi turadilar» (Ibn Abu Dunyo, Bag‘aviy rivoyati).
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu aytganlar: «Foiz oluvchi (sudxo‘r) ham, beruvchi ham do‘zaxdadir».
Qatoda roziyallohu anhu aytadilar: «Sudxo‘rlar qiyomat kunida jinni holida tiriladilar. Bu ularning alomati bo‘lib, mahshargohdagilar ularni shundan tanib oladilar».
Xabarlarda vorid bo‘lishicha, sudxo‘rlar o‘z qilmishlarida ishlatgan hiylalari sababli «shanba sohiblari» kabi it va to‘ng‘iz suratida qayta tiriladilar. «Shanba sohiblari» haddan oshgan yahudiy kimsalar bo‘lib, avvaliga Alloh ularni shanba kuni baliq ovlashdan qaytargan edi. Ular hovuzlar qazib, shanba kuni baliqlarni unga qamab olar va keyingi kuni ovlar edilar. Shunday hiyla ishlatib hadlaridan oshganlari sababli Alloh ularni maymun va to‘ng‘izlarga aylantirib qo‘ygan edi.
Sudxo‘rlar ham o‘zlaricha turli hiylalarni ishlatadilar. Alloh taologa ularning hiylalari maxfiy emas.
Ayyub Saxtiyoniy aytgan ekanlar: «Ular xuddi yosh bolani aldamoqchi bo‘lgandek, Allohni aldamoqchi bo‘ladilar. Agar ishga ongli ravishda yondoshganlarida edi, o‘zlariga oson bo‘lardi».
Ibn Mas'ud roziyallohu anhu aytadilar: «Sendan qarzdor kishi biron narsa hadya qilsa, olma. Chunki bu ish sudxo‘rlikdir».
Hasan roziyallohu anhu aytganlarki: «Agar bir kishi sendan qarzdor bo‘lsa, uning xonadonidan yegan narsalaring senga harom bo‘ladi».
Ibn Mas'ud roziyallohu anhu yana aytadilar: «Kim bir kishi uchun vositachalik qilsa-yu unga (narigi kishi) hadya bersa, u (hadya) haromdir. Quyidagi hadis gapimni tasdiqlaydi: «Kim bir kishi uchun vositachilik qilsa, buning evaziga unga hadya berishsa va u hadyani qabul qilsa, batahqiq, u sudxo‘rlik eshiklarining kattasiga yaqinlashgan bo‘ladi10» (Abu Dovud rivoyati).

Download 56,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish