119
1990-yillar oxiridan pret-a-porte toifasidagi liboslar ishlab
chiqaruvchi ko‘pgina Moda uylari ham o‘zlariga yangi
dizaynerlarni taklif qila boshladilar.
1990-yillarda butun dunyo bo‘ylab minimalizmga qaytish
kuzatiladi. Bu vaqtga kelib Kelvin Klyayn va Donna Karan
ushbu uslubning mumtozlari sanaladilar. O‘nyillik boshida
«Barney’s» nomli Amerikadagi katta do‘kon 1930-yillar
bezak san’atidagi minimalizm otalaridan biri Jan Mishel
Frank uslubida bezalgandi. Do‘konning beshta qavatida
ham qaymoqrang devor fonida turli dizaynerlarning faqat
qora rangdagi liboslari qo‘yib chiqilgandi –
bu hayratomuz
ta’sirchan chiqqandi. Avstriya modelchisi Xelmut Lang ham
(1956-yilda tug‘ilgan) minimalizm uslubida ishlab, 1998-yilda
Nyu-Yorkdagi ayollar liboslarining yangicha yo‘nalishini
taqdim etadi. Langning o‘zi uslubini hech bir manbaga olib
borib taqamaydi va uni zamonaviy urbanizm deb tavsiflaydi.
Minimalizm rangdan xasislarcha foydalanishga, bir xil rangdagi
matolarga, qo‘shimcha bezaklar emas, balki bichim orqali
ma’nodorlik qidirishga yaqin turadi.
Minimalizmga berilishning so‘nggi mavji 1999-yilga
to‘g‘ri kelgandi, o‘shanda dizaynchilarning qariyb barcha
jamlanmalarida turli fakturali bir
xil matolardan tikilgan, detallar
soni juda oz bo‘lgan sodda siluetlar yetakchilik qilgandi.
Amerikada ko‘cha modasi (Street style) katta ta’sir kasb
etdi. «Nirvana» musiqa guruhining yirtiq-yamoq kiyimlaridan
chiqqan granj uslubi Moda uylari mijozlarini dong qoldirib
qo‘ydi. O‘z mohiyatiga ko‘ra, granj uslubi, dastavval,
antimodaning mumtoz namunasidan biri edi. Bir-birining
ustidan katta-kichikligi qandayligiga qaramay eski yirtiq
buyumlarni kiyib chiqib, mashshoqlar ham, muxlislar ham odob
me’yorlari va kiyinish qoidalariga to‘la befarqlikni namoyish
etdilar. Biroq har doim antimodada bo‘lgani kabi, «Nirvana»
guruhining ijrochisi Kurt Kobeyn
MTVda va moda jurnallari
120
sahifalarida paydo bo‘ldi deguncha, uning liboslari – uniqqan
futbolkalar, cho‘zilib shaklini yo‘qotgan trikotaj jemperlar, jinsi
va kedalari modali uslubga aylana boshladi. 1970-yillar xippi
uslubiga biroz o‘xshashib ketishiga qaramay, granjda «gullar
bolalari»ning romantikasi uchramaydi,
unda pank-modaning
yorqin tomoshabopligi ham yo‘q.
Britaniyada – ko‘chalarda ham, sahnalarda ham, granj
uslubi nyu-eyj uslubi bilan qo‘shilib ketdi. Musiqada bu
uslubga shaklsizlik, sidirg‘alik, samoviy ohanglar va elektron
ovozlar xos. Nyu-eyj liboslarida bir kostum doirasida turli
madaniyatlar va uslub yo‘nalishlarining erkin qorishuvi paydo
bo‘ldi. Granjdan farqli o‘laroq, nyu-eyj ongli ravishda yuzaga
keldi, zero, zamondosh qiyofasining jo‘shqinligi ta’kidlanishi
lozim edi.
Etnik mavzular ilgarigidek ommabop edi. Valentino, Mak-
Kuin, Galyano, Versache (sari), Dolche va Gabbana (erkaklar
jamlanmasidagi sarong yubkasi)
jamlanmalarida hind, xitoy,
yapon yo‘nalishlari paydo bo‘ldi. Romeo Jili L.Bakst va
A.Benua tomonidan 1907–1914-yillarda Parij va Londondagi
«Rus mavsumlari» spektakllariga ishlangan libos va bezaklariga
rangorang variatsiyalar qildilar.
Issey Miyake, Shirin Gvild, Asha Sarabhay kabi dizaynerlar
yapon, eron, hind milliy liboslarini asos qilib, kutilmagan va
qiziqarli kiyimlar yaratishga muvaffaq bo‘ldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: