Kostum va moda tarixi


Modaning  so‘nggi  kashfiyotlari



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/159
Sana31.12.2021
Hajmi12,37 Mb.
#219288
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   159
Bog'liq
kostum va moda tarixi (1)

Modaning  so‘nggi  kashfiyotlari. XX asr oxiri modasi 
deyarli har yili bir qancha yangi nomlarni kashf etdi. Agar 
ilgari moda olamida obro‘ topish uchun dizaynerga ko‘p yillar 
talab etilgan bo‘lsa, endi nomi chiqishi uchun ko‘pincha diplom 
ko‘rgazmasining o‘ziyoq yetarli bo‘lmoqda. Modelyerlarning 
baynalmilal komandasida Londondagi Saint Martin’s, Nyu-
Yorkdagi San’at va dizayn oliy maktabi, Parijdagi Berso 
studiyasi, Antverpendagi Qirollik san’at akademiyasi 
maktabiga o‘xshagan bilim maskanlari bitiruvchilari yetakchilik 
qilmoqdalar.
XX asr 1960-yillarida moda poytaxti deb shuhrat qozongan, 
barcha qoidalarni yo‘qqa chiqaradigan, eng nooddiy va 
«quvnoq» liboslar yaratiladigan London 1990-yillar oxiriga 
kelib qit’aga yosh dizaynerlar yetkazib beriladigan asosiy 
maskanga aylandi. Galyano va Mak-Kuin bilan bir qatorda 
Yevropaga Stella Makkartni ko‘chib o‘tdi va 2001-yilgacha 
Xloe Uyining dizayneri bo‘ldi.


123
 «Lagerfeld» va «Chanel» rusumlaridagi jamlanmalar 
ustida birgalikda ishlash uchun Karl Lagerfeld Parijga Julian 
Mak-Donaldni (yangi jimjimador to‘qish uslubini ixtiro 
qilgan) taklif etdi. 2001-yilda Mak-Donald Jivanshi Uyining 
yangi dizayneri bo‘ldi. Syuzan Klements va Ignasio Ribeyro 
o‘z jamlanmalari bilan bir qatorda endilikda «Kasharel» Uyi 
uchun modalar ishlab chiqmoqda. Asli turk bo‘lgan Husayn 
Chalayon 2000-yilgacha TSE Amerika firmasi uchun ishladi. 
Sofiya  Kokosalaki  2001-yilda  Ruffo  Risyorch  italyan  Moda 
Uyi uchun liboslar jamlanmasini yaratib berdi. Amerikada 
ispaniyalik Migel Efrover jamlanmasi ko‘p shov-shuvga sabab 
bo‘ldi, u matrasdan olingan matodan tikkan paltosini namoyish 
qilgandi. Keyingi safar esa dizayner yengil to‘kilib turuvchi 
matolardan  tikilgan  iffatli  liboslarni  yaratdi.  Modelchi  Molli 
Stern Amerikaning eng taniqli yulduzlarini kiyintirdi. Pank 
uslubini eslatuvchi uning modellari qo‘lda tikilgan va har 
doim bir nusxada yaratildi. Karl Lagerfeld homiylik qiluvchi 
amerikalik Jeremi Skott pank uslubi dadilligini 1980-yillar 
hashamati bilan uyg‘unlashtirdi. Oldingidek, Parij yoshlarni 
o‘ziga tortar edi. 1990-yillar boshida bu yerga Gollandiya-
dan Viktor Xorsting va Rolf Snyoren kelishdi va 1999-yilda 
birinchi ot-kutyur jamlanmasini taqdim etishdi. Viktor 
va Rolf juftligi turli fakturadagi matolarni (masalan, jun 
trikotaj va lake) uyg‘unlashtirib, kattakon yoqalar va yeng-
pocha qayirmalari bilan yoki sport uslubidagi jiletni oqshom 
uchun kiyiladigan bluzkaga aylantirish bilan e’tiborni tortib, 
g‘ayrioddiy bichimlardan foydalandi. 1990-yillar o‘rtalaridan 
sahnaga dizaynerlarning Belgiya maktabi chiqib keldi va 
modaga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu 1970–1980-yillar oxirida 
yapon dizaynerilarining sahnaga chiqib modaga ko‘rsatgan 
ulkan ta’siri darajasidagi o‘zgarishlar edi. Eng yorqin 
vakillari (katta qismi – Antverpen qirollik san’at akademiyasi 
bitiruvchilari) – Martin Marjyela, Ann Demelemester, Dirk 


124
Bikkembergs, Dris van Noten, Valter van Beyrendonk, Dirk 
vat Sayenlardir. 

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish