Kostum va moda tarixi



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/159
Sana31.12.2021
Hajmi12,37 Mb.
#219288
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   159
Bog'liq
kostum va moda tarixi (1)

XXI asr modasi. XX asr 1990-yillari oxirida modaga 
munosabat ko‘rgazmalar va moda namoyishlaridagi yangi 
an’analarga rasman ergashishdan ko‘ra o‘z uslubini yaratishda 
ifoda etildi. 1960-yillarda bo‘lgani kabi yana «multibrend 
butik»lari paydo bo‘ldi, u yerda muayyan g‘oya yoki uslub 
asosida to‘plangan bir qancha dizaynerlarning liboslari 
sotilmoqda. Ko‘pgina modelyerlar 1990-yillar oxiridan boshlab 
faoliyat doiralarini kengaytirdilar va o‘z rusumlari ostida nafaqat 
kiyim va parfyumeriyalarni, balki uy ichi jihozlarini ham 
ishlab chiqara boshladilar. Masalan, Milandagi 2000-yillarda 
qurilgan Armani Uyi do‘konida kiyimlar jamlanmalari, uy 
jihozlari  va  «Sony»  firmasining  videotexnikalari  namoyish 
etildi. Modelchilar ko‘pincha o‘z butiklarining me’moriy 
qiyofasini ishlab chiqishda faol ishtirok etdilar. Donna Karan 
va Rey Kavakubo ana shunday yo‘l tutishdi, ularning butiklari 
haqida me’morchilik va dizaynga oid nashrlarda allaqachon 
yozib chiqishgan. Issey Miyake va me’mor Day Fudzivera 
2000-yilda Parijda «A-ROS» («Epok» deb o‘qiladi, pilece of 
clotn – «bir parcha mato»ning qisqargani) deb atalgan yangi 
butikni ochishdi. Bu yerda kiyim do‘koni va fabrikasi birlashib 
ketgan. Tom ma’nodagi xaridor taklif etilgan chala tayyor 
ashyodan o‘ziga kiyim tikib oladi. 
Bu davrda ba’zan me’morchilik, haykaltaroshlik, dizayn 
va kiyim-kechak yanada uzviyroq aloqaga kirishib ketdi. 
Sinitiro Arakava 2000-yilda devorlarga ilib qo‘yilgan suratlar 
ko‘rinishidagi kuz – qish jamlamasini taqdim etdi. Ingliz 
«ekstremal» rassomi Gotcho modelchilarning ixtirolarini 
haykaltaroshlik va installyatsiya qismlariga aylantirdi. 
Masalan, u «Dior» Modalar Uyi ko‘ylagini Lyudovik XIV 
uslubidagi («Orqama-orqa», 1997-yil) stulning poxol to‘rdan 
qilingan o‘rindig‘i va suyanchig‘iga aylantiradi va bu ish 


125
«Cristian Dior» butigi peshtaxtasiga qo‘yiladi. Husayn 
Chalayon o‘z ko‘ylaklarini me’mor singari har bir qoralama 
texnik chizmalariga qo‘shib namoyish etadi. Moda san’at 
hisoblanadimi, degan eski savol moda foydasiga yana bir 
karra hal etildi. Endi yosh dizaynerlar ishlarida u zamonaviy 
san’atning ajralmas qismiga aylanib qoldi. Ilgari bo‘lganidek, 
bugungi kunda eng modali an’analar va epkinlar adabiyot, 
rangtasvir yoki kinoda emas, balki dizaynga bag‘ishlangan 
jurnal va albomlar sahifalarida aks etmoqda. XXI asrda aynan 
dizayn o‘zining keng ma’nosida – bizni qurshab turgan narsalar 
(me’morchilik, maishiy buyumlar, kiyim-kechak va hokazo)  
zamon ruhi ifodasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish