134
Erkaklarning ustki kiyimi chepken hisoblanadi.
Chepken
maxsus ishlangan movutdan tikilgan bo‘lib, u boshqa kiyim-
lar ustidan kiyilgan. Sovuq tushganda chepkenning o‘rni uni
boshqa hech qaysi kiyim bilan bosolmaydi. Chunki chepken
shamol-to‘zonga dosh bergan. Movut chepkendan nam o‘tma-
gan, bo‘kmagan, sovuqdan ham, quyosh nuridan ham bir xil-
da himoya qilgan. Pishiq-puxtaligi uchun ham u kundalik ki-
yim sifatida kiyilgan. Tuya junidan
tikilgan bu ustki kiyim
ko‘proq ko‘chalik, ya’ni kishilik bo‘lgan. Chepkenning narxi
juda qimmat bo‘lgani uchun uni badavlat qirg‘izlar kiygan.
O‘ziga to‘q kishilar tuya junidan to‘qilgan ishtonlar ham
kiygan.
Erkaklarning yana bir uzun ustki kiyimi –
chapan (cho-
pon), deb atalgan (48-rasm). Ko‘chaga choponsiz chiqish
mumkin bo‘lmagan. Bu beodoblik sanalgan. Qadimda cho-
ponlar ichiga paxta, tuya juni solib qavilgan. Avrasi baxmal,
movut chit-duxoba, astari mata (mato) yoki chitdan qilingan.
Choponlarning
naygut chapan, kaptama chapan degan bir
necha turlari bo‘lgan. Ular etnik ko‘rinishi
jihatidan bir-biri-
dan farq qilgan. Keng, tunikasimon to‘g‘ri bichimli, yengla-
riga hishtak solingan chopon naygut chapan, deb ataladi. Yeng
o‘mizi yumaloq shakldagi o‘tkazma yengli, to‘g‘ri bichimli,
etagining ikki yon tomoni qirqimli, tor chopon kaptama cha-
pan, deb atalgan. Kaptama choponning
etagi va yengiga ip-
dan jiyak tikilgan.
Shalvar – jargashim erkaklarning bel kiyimi hisoblanadi.
Ushbu shalvar jun, chit, ba’zida oshlangan mayin, baxmalsi-
mon charm va teridan ham tikilgan.
Qirg‘iz erkaklarining bosh kiyimiga to‘xtalganda, dastlab
qalpoqlarni qayd etish mumkin. Qalpoqlarning bichimi har xil
bo‘lgan. Kalpak (qalpoq), haqli ravishda, qadimiy qirg‘iz bosh
kiyimlaridan biri sanaladi. Qalpoq to‘rt qiyiqli bo‘lib, yuqori-
dan pastga tomon kengayib borgan. Ikki yonining uch qismi
135
tikilmagan. Quyosh nuridan saqlash uchun uni yuqoriga qa yirib
qo‘yish yoki pastga tushirish mumkin bo‘lgan. Qalpoqning uch
qismi shokila bilan bezatilgan. Zodagonlar qalpoqlarining tepa
qismi baland bo‘lib,
chekkalariga qora baxmal tikib, jilo beril-
gan. Oddiy xalq qalpoqni satin, bolalar qalpog‘ini qizil baxmal
yoki qizilrang mato qo‘yib bezagan. XIII asrlarda kigiz qal-
poqlar O‘rta Osiyo xalqlarining bosh kiyimlari safidan o‘rin
oldi. Oq kigiz qalpoq qirg‘izlarda eng keng tarqalgan bosh
kiyim hisoblanadi.
48-rasm. Erkaklar liboslari.
136
Malaxay – bosh kiyimning bir turi. Ushbu bosh kiyim
kurakkacha tushib turganligi, orqasi uzun,
chakkasi yon qismi-
ga ulanib ketganligi bilan qalpoqdan farq qiladi. Malaxay tulki
mo‘ynasi, qo‘zi yoki bug‘u mo‘ynasidan tikilgan, ustiga mato
qoplangan.
Qirg‘iz milliy erkaklar libosining bir qismini tashkil eta-
digan, keng tarqalgan qishki bosh kiyim –
tebetey hisoblana-
di. Tebeteyning tepa qismi tekis to‘rtta qiyiq bo‘lakdan ibo-
rat bo‘lib, baxmal yoki movut matosidan tikilgan, unga tulki
yoki suvsar mo‘ynasi bilan bezak berilgan. Agar biror kishi
xonlikka ko‘tarilganda, ya’ni mavqeyi oshganda boshiga qizil
tebetey kiygan. Qadimda qirg‘iz xalqining bir udumi bo‘lgan.
Bu udumga ko‘ra, nufuzli boyon xizmat vajidan tegishli joyga
o‘z choparini yuboradi. Chopari esa xo‘jayinining tebeteyini
kiyib oladi.
Erkaklar
ilgari tagi qalin kigiz etik kiygan. Qirg‘iz poyab-
zalining yana biri turi –
ichigi hisoblanadi. Ichigi yumshoq,
poshnasiz charm etik bo‘lib, uni erkaklar ham, ayollar ham kiy-
gan. Etik ustidan
kepich – poshnali kalish kiyilgan. Odatda, ki-
yimlar tayyorlanishi va mato sifatiga qarab tabaqalar farqlangan.
Qabila ulug‘lari, oqsoqollar, martabali kishilar – a’lo sifatli qizil
charm poyabzal kiygan, avom esa xom charmdan etik kiygan.
Etiklarning bir necha turi bo‘lgan. Uchi qayrilgan –
chokoy;
qo‘nji kalta, g‘ijim,
xom charmdan charik (choriq); yumshoq,
oshlanmagan charmdan tikilgan
paycheki shular jumlasidandir.
Mo‘ynali, qo‘nji qayrilgan
maasi (mahsi) qishki poyabzal
hisoblangan.
Do'stlaringiz bilan baham: