Kostum va moda tarixi



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/159
Sana31.12.2021
Hajmi12,37 Mb.
#219288
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   159
Bog'liq
kostum va moda tarixi (1)

Ichik, kemsal – ayollarning ustki kiyimiga kiradi, qishki 
po‘stin desa ham bo‘ladi (49-rasm).
Elechek – ayollar bosh kiyimi bo‘lib, to‘liq ko‘rinishi uch 
qismdan tashkil topadi: do‘ppi; uning ustidan to‘g‘ri to‘rt-
burchak mato bo‘lagini yopib, u bilan bo‘yin va iyak yashiril-
gan; ularning ustidan esa oq matoli dastor o‘ralgan.
Oq matodan o‘ralgan salla ko‘rinishidagi elechek, ele-
ki, kolyak ayollar bosh kiyimlari bo‘lib, xalq orasida keng 
tarqalgan. Elechek necha marta o‘ralishiga qarab bezalgan. 
Shimolda elechekka marjon tizilgan, tangachalar tikilgan 
ipak mato bog‘langan. Boyvuchcha juvonlar boshlariga 
naqsh chekilgan, kumush plastinkali kumush kirgak kiygan-
lar (49-rasm). 
Qadimda to‘y-ma’rakalarda kiyiladigan bosh kiyimi – shok-
yulo turli marjonlar bilan bezalgan. Janubda elechekka saymo 
kirgak degan mato tikilgan. Ba’zan elechekning bezagi ham 
bo‘lgan. Qirg‘iziston janubida yashovchi qirg‘izlarning qalpoq-
lari ham to‘rtburchak yoki dumaloq shaklli plastinkalar bilan 
bezatilgan.
Ayollar va qisman erkaklarning milliy liboslarida kashta 
alohida o‘rin egallaydi. Yana ayollar orqasiga taqib yuradigan 
arkaliq mashhurdir. Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, ilgari-


138
lari arkaliq bosma bahyalar, toshlar bilan bezatilgan. Qadimda 
bunday taqinchoqlarni qizlar yelkalariga tushib turgan, o‘ril-
gan sochlariga taqib yurganlar. XX asrning birinchi choragidan 
boshlab qirg‘iz qiz-juvonlari arkaliq taqmaganlar. Boshqirdlar 
arkalig‘i – yo‘l-yo‘l matodan tikilgan bo‘lib, unga tangalar qa-
dab chiqilgan.
Qirg‘iz ayollari soch uchlariga osilchoq osib yurganlar. Shi-
molda yashaydigan qirg‘izlarning qadimgi shokildalari: chach 
ushtuk yoki chach monchoq (uzunligi 60 sm va undan ortiq) 
bo‘lgan, yana kumush shokilda – cholpu urf bo‘lgan. Chach 
49-rasm. Ayollar liboslari.


139
monchoq – soch munchog‘i uchburchak yoki figurali plastinka 
shaklida, Issiqko‘l cholpulari esa katta-katta plastinkali, jim-
jimador yoki silliq bo‘lgan. Cholpular yumaloq, naqshin tan-
galardan iborat bo‘lib, bunday shokildalar – zeyer deb atalgan. 
XIX asr oxirida chalpu o‘rnini marjonlardan ishlangan chach 
ushtuk egallaydi. Bu turdagi taqinchoqlar qozoqlarda shalpi, 
Qozon tatarlarida cho‘lpi va boshqirdlarda sulpi deb yuritilgan.
Zirak-isirg‘alar – iymek, kulol soyka o‘zining turli xilda 
ishlanishi, shakllarining har xilligi bilan ajralib turadi. Qa-
dimda shimoliy qirg‘izlar orasida murakkab shakldagi ko‘krak-
osilchoq taqinchoqlari tarqalgan va bezaklarining o‘ziga xosli-
gi bilan ajralib turgan. Bu taqinchoqlar soyko jelbyurooch, deb 
nomlangan. Uning ikki turi ma’lum: eng qadimgisi – soyko 
jelbyurooch juft konussimon shokildalardan iborat; yuqori qis-
mi ilgaksimon taqilmali bo‘ladi. Soyko jelbyurooch – kunda-
lik taqadigan taqinchoq hisoblanmaydi. Soyko jelbyuroochni 
qiz-juvonlar to‘y-hasham, bayramlarda taqqanlar. Bir necha 
marjon tizilgan iplardan tashkil topgan shuru bo‘yin taqin-
choqlaridan biri hisoblanadi. 
Ko‘krak taqinchoqlarining yana bir necha turi mavjud: 
birinchisiga qizlar taqinchog‘i, marjonlardan tizilgan ko‘krak 
taqinchog‘i – ala tashak kiradi. Kumushdan ishlangan uch-
burchak va to‘rtburchak shakldagi boytumor ham shu jumladan-
dir. Boytumor ichida faqat taqinchoqlar emas, balki «Qur’on» 
suralari ham saqlangan. Boytumorga ornament-naqshlar che-
kilib, bezak berilgan. Bu turdagi taqinchoqlarni O‘rta Osiy-
oning qozoq, o‘zbek, turkman, uyg‘ur va boshqa xalqlarida, 
hatto mo‘g‘ullarda ham uchratish mumkin. Bilerek bilaguzugi 
esa mahalliy ustalar tomonidan ishlanib, hozirgi davrgacha 
ayollar taqinchog‘i sifatida xizmat qilib kelmoqda. Qirg‘iz ust-
alari yana topchu degan kumush tugmalarni ham yasaganlar. 
Kumush tugmalar qiz-juvon liboslarida bezak o‘rnida qo‘llanil-
gan. Qirg‘izlarda karga tirmak nomi bilan mashhur uch yaproq 


140
mazmunidagi chizgilar urf bo‘lgan. Boshqa turdagi bezakli 
tugmalar ham bo‘lib, ular tuyme, shuuru, topchu yoki  chok  
topchu, deb ataladi. Issiqko‘lda bunday tugmalar ikki xil 
ko‘rinishda bo‘lgan. 
O‘shning janubi-sharqi hamda shimoliy tumanlarda ayol 
liboslari, ayniqsa, ustki ko‘ylaklarining ko‘krak qismiga onur 
kashta tikilgan. 
Qirg‘iziston janubida turmush qurgan ayollar qadimiy bosh 
kiyimlari – chach kep yoki kep takiya hisoblanadi. Kep takiya 
kashtasining nafisligi, nozikligi bilan katta badiiy ahamiyat kasb 
etadi. Qalpoq aksariyat nafis, oq rangli surpdan tikilgan. Yuqori 
qismiga oq rangli salla (elechek, eleki, kalyak) o‘rab qo‘yilgan. 
Kashta, asosan, ko‘rinadigan joylarga: yuz, orqa, yelka, pesho-
na qismiga tikilgan. Qirg‘izlar ro‘mollari tojiklarnikiga tikilishi 
jihatidan juda yaqin. Ularning nomi ham bundan dalolat berib 
turibdi. Masalan: duriya; tojikchasi: duruya
Ayollar poyabzali erkaklarnikiga o‘xshab ketadi. Ayollar 
poyabzali naqshin bezak berilgani va poshnali ekanligi bilan 
erkaklarnikidan farq qilgan.

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish