Ayollar libosi. An’anaviy tojik ayollari libosi to‘piqqacha
tushadigan uzun ko‘ylak bo‘lgan. Bu ko‘ylak – kurta deb atal-
144
gan. Kurta tunikasimon bichilgan, uning yon-etak qismi va
yeng uchlari xiyol kengayib borgan. Ko‘ylakka solinadigan
kvadratsimon shakldagi kulfak yoki hishtak boshqa rangli ma-
todan qilingan. Kulfakning har xil rangda qilinishi zamirida
ko‘ylak egasi bo‘lgan juvon serfarzand bo‘lsin, degan tilak
yotadi.
Qizlar ko‘ylagi yoqasi – kitfaki gorizontal qirqimli bo‘lib,
unga old va ort o‘ng yoqa o‘mizining yon qismidan past-
ga qarab, katta bo‘lmagan qirqim beriladi. Agar ko‘ylak kir
bo‘lib qolsa, orqasini oldiga aylantirib kiyib olinishi uchun
shunday qirqim qo‘yilgan. To‘ydan so‘ng yosh kelinchak-
lar ayollarning peshkusho yoki peshyala vertikal qirqimli
ko‘ylagini kiygan.
Qadimda tojik ayollarining kurtayi marmar yoki kurtayi
peshmarmar ko‘ylaklari ham bo‘lgan. Bu ko‘ylaklar nafis, oq
matodan tikilgan bo‘lib, yengil harir kiseya, biyor yoki axobo-
nigi matosidan tikilgan. Ko‘krak qismini yopish uchun siyna-
po‘shak yoki siynabandak taqilgan. Siynapo‘shak ustiga iroqi-
simon kashta tikilgan. Ayollar ko‘ylak ustidan kurtacha kiygan.
Kurtachaning uzunligi belgacha tushgan, yenglari ko‘ylakniki-
ga nisbatan kalta bo‘lgan. Albatta, oddiy xalq bunday kiyimlar-
ni kiya olmagan. Bunday serhasham liboslarni boyvuchcha
ayollar kiygan.
Ayollarning kishilik hisoblangan, to‘y-hashamlarda ki-
yadigan kiyimi uch qavatdan iborat bo‘lib, o‘zida uch xil
ko‘ylakni namoyish etadi. Ushbu ko‘ylaklarning yenglari
uzun va eni har xil bo‘ladi. Yenglar uchi mohiri kashta
usulida tikilgan gullar bilan bezaladi. Bezaklar bir-biriga
o‘xshamaydigan, betakror naqshlari bilan e’tiborni tortadi.
Bunday ko‘ylaklar bezagi, matosining hashami bilan ajralib
turadi. Ushbu ko‘ylakni kiygan ayol, avvalo, libos dabdaba-
si bilan birga o‘z-o‘zini ham ko‘z-ko‘z qiladi. Davrlar o‘ta-
di, vaqt o‘tishi bilan birga kiyimlar ham o‘zgaradi. Endi bu
145
ko‘ylaklarni faqat kelinchaklargina to‘y-hashamlarda kiya
boshlaydi.
Chakion xalati ko‘proq uy sharoitida kiyishga mo‘ljallan-
gan. Bu xalat uyda ham, ko‘chada ham kiyilgan. Chakionni
ko‘proq qishda katta yoshdagi ayollar belbog‘siz kiygan.
Ayollar kiyimining ikkinchi asosiy qismi shalvar bo‘lib, u
poyjoma, lozim, azor, tambon deb ataladi. Bunday lozim va
shalvarning yuqori qismiga rezinka tasma qo‘yiladi. Shalvar,
asosan, ikki xil matodan tikiladi, pastki qismi ko‘ylak ostidan
ko‘rinib turadi. Shuning uchun lozimning tizzadan past qismi
qimmatbaho matodan, tizzadan yuqori qismi esa mayin, arzon
matolardan tikiladi. Lozim pochasiga matoning o‘zidan manjet
qilinadi. Yoki bo‘lmasa, lozim pochasiga boshqa matodan man-
jet qilinadi, yoki jiyak qo‘yiladi.
Tojik ayollari lozimi pochasiga bir xil matodan bezak
be riladi. Lozimning eni va uzunligi har xil bo‘ladi. Tog‘li
hududlarda yashaydigan ayollar uzun, to‘g‘ri shalvar kiyadilar.
Bunday ishtonlarning pocha qismi torroq bo‘ladi.
Yuqoridagi kiyimlarning ustidan paxtali uzun xalat, joma,
chopon ham kiyilgan. Ayrim vohalarda uzun va kalta kam-
zul kiyilgan. Bundan tashqari, ayrim tojiklar kamzul va nim-
cha astarligi, ya’ni rasposhonka (ichki ko‘ylak) kiygan. Bu
kiyim yengsiz, yoqasiz, ikki yonida qirqimi bo‘ladi. Uning nomi
munisak yoki xaltacha deb ataladi. Ayollar ko‘chaga chiqqan-
larida paranji yopingan. Paranji uzun va yolg‘ondakam yengi
bo‘lgan. Ayollar paranjisi bilan birga yuzni yashirish uchun
qalin va tikka, to‘rli chachvon ham taqilgan va u chashmband
deb atalgan. Chashmband qora ot yolidan to‘qilgan. Chashm-
band ba’zan munchoqlar bilan ham bezalgan.
Ma’lumki, musulmon davlatlarida paranji yopinish sha-
riat talabi hisoblanib, bu yopinchiq ayolning qaddi-qomatini
yashirishga mo‘ljallangan. Tog‘li tumanlarda ayollar, jumladan,
kelinlar xalatning hamma turlari, shuningdek, paranji yopingan.
146
Borib-borib bu paranjilar o‘rniga shohi ro‘mol – duband yoki
chashmband taqilgan. Bu – kelinni yomon ko‘zlardan asragan.
Pomirda ustki kiyim sifatida gilamnusxa qilib bosilgan
rasposhonkali xalat kiyilgan. Ayollar to‘rtburchak ro‘molni
sevib o‘ragan. Bu ularning bosh kiyimi hisoblangan. Har bir
viloyatning o‘ziga xos ro‘moli bo‘lgan. Yosh juvonlar sharfga
o‘xshash ro‘mol o‘ragan. Bu ro‘mol uzun bo‘lib, chekkalari-
ga naqshli kashta tikilgan. Do‘ppi XX asr o‘rtalarida kiyilgan.
Do‘ppi ayollarning ko‘chalik bosh kiyimi sanalgan va keyin-
chalik kelinchaklarning bosh kiyimi bo‘lib qoldi.
Keksa va o‘rta yoshli ayollar kulutapo‘shak qalpog‘ini kich-
kina ro‘mol bilan birga o‘ragan. Tog‘li tumanlarda keksa ayollar
bunday qalpoq ustidan salla o‘ragan. To‘g‘ri to‘rtburchak yoki
uzun mato bo‘lagi bilan tomog‘i va bo‘ynini o‘ragan va uning
ustidan yana bitta katta ro‘mol yopib yurgan. Qizlar yumshoq
matodan tikilgan bunday do‘ppi ustidan ro‘mol o‘ragan. XX
asrga kelib, asta-sekin salla o‘rash, qalpoq kiyish urfdan chiqa
boshladi. Xo‘jakentda hozir ham asosiy bosh kiyim asosini kat-
ta to‘rtburchak ro‘mol tashkil etadi. Bosh – rangi qora yoki
to‘qrang, eni 15–17 sm li kichkina ro‘mol bilan o‘raladi. Bu
ro‘molni o‘raganda ko‘ylak burmalari ko‘rinmaydi, gulli va
qora ro‘mol bir-biriga xoch shaklida bog‘lanadi. Odatda, bun-
day bosh kiyimni ayollar o‘g‘illarining sunnat to‘ylarida o‘ray-
dilar. Buxoroda bunday ro‘mollar ustidan uzun doka tashlab
yuriladi.
Bu bosh kiyimlardan tashqari, yosh juvonlar, asosan,
turmushga chiqqan qizlar birinchi marta mehmonga borganlarida
har xil bosh kiyimlar kiyadilar. Bu – sarbandak yoki mandil,
tilla va kumushrangda tikilgan peshonabandlardir. Buxoroda
qoshi tillo, bilak, barmoq, boshga taqadigan kumush va tilladan
yasalgan har xil qimmatbaho toshli taqinchoqlar taqilgan.
Taqinchoqlar aksariyat kumush va tilladan yasalgan. Qadimda
oddiy doka va kashta tikilgan ro‘mol o‘ralgan. Eng sevimli
147
bosh kiyim shohi matodan tayyorlangan. Kashmiri ro‘mol, ka-
marut ro‘mol, sholro‘mol. Sholro‘mol to‘ylar, har xil tadbirlar-
ga o‘ralgan.
Poyabzal – juda xilma-xil bo‘lib, kavush, charm etik shu-
lar jumlasidandir. Etikning qo‘nji uzun bo‘lib, ichiga shalvarlar
kirgizilgan. Badavlat odamlar sirti shohi iplardan tikib bezalgan
iroqi tufli kiygan. Etik qo‘njli bo‘lib, oyoqqa paytava o‘ralgan.
Paytava yumshoq paxmoq matodan qilingan, paypoq bilan ham
kiyilgan. Tog‘li tumanlarda, qishloqlarda ko‘proq charm etik,
tufli kiyilgan. Qishda kalish, cho‘bi, kavush kiyilgan. Pomir va
Darvoza mintaqalarida issiq kunlarda poshnali tufli payzor –
afg‘on tufli kiyilgan. Afg‘on tuflisi chiroyli kashtalar bilan be-
zalgan. Qishda ko‘chaga chonus, choruk – yumshoq etik kiyil-
gan, uning ichki qismi jundan tikilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |