Kostum va moda tarixi



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/159
Sana31.12.2021
Hajmi12,37 Mb.
#219288
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   159
Bog'liq
kostum va moda tarixi (1)

Erkaklar libosi. Erkaklar ichki kiyimiga ko‘ylak va ish-
ton kiradi. Erkaklar ko‘ylagi koynek – tunikasimon bichimli, 
o‘rtacha uzunlikda (bo‘ksadan pastroq), keng, uzun yengli, 
etak qismining ikki yon tomonida yartmach – qirqimi bo‘ladi. 
XIX asr boshlarida ko‘ylaklar yoqa o‘mizi ko‘ngdalang, ya’ni 
gorizontal o‘yilgan va bir yoki ikki tomonidan tizimcha bilan 
bog‘langan. Bunday yoqali, tegeyelek yaka ko‘ylagini aksari-
yat qariyalar va bolalar kiygan. Mazkur ko‘ylak turi hozirga-
cha saqlanib qolgan.  Bundan tashqari, erkaklar ko‘ylagi yoqa 
o‘miziga qarab turlicha nomlanadi: sopi yaka koynek, kurtayi 
mullocha, sha yaka koynek. Yoqalar nomi ham har xil: epleme 
yaka, oris yaka, golbi, chek yaka, sopi yaka, sha yaka. Turk-
man erkaklar ko‘ylaklari etagi erkin tushib turadi, belga bel-
bog‘ bog‘lanmaydi. 
Oxirgi yuz yil ichida ko‘ylaklar bichimi sezilarli darajada 
o‘zgardi. Ularning alohida qismlari va rangiga o‘zga rishlar 
kiritildi. XIX asrda ko‘ylaklar oq ipli matodan tikilar edi. 
XX asr boshlarida turkman (qariyalardan tashqari) erkak-


149
lar ko‘ylaklarida ma’lum o‘zgarishlar bo‘ldi. Ko‘krak qismi 
o‘ng tomonidan vertikal kesimi – chek yaka qo‘yildi. Turk-
maniston janubida yosh yigitlar qizil ipakdan ko‘ylaklar kiy-
gan, ularning yoqasi qismi va yeng uchlariga (manjetlariga) 
nozik qilib kashta tikilgan. Qariyalar paxta tolali ip matoli 
ko‘ylak ustidan, sovuq tushgan paytlar yoki bayramlarda kur-
ta ko‘ylagini kiygan. Kurta – ipak matodan bichilib, astar-
li, paxtasi yupqa solib qavilgan, yoqasi gorizontal o‘yilgan 
ko‘ylak. Ko‘ylak va xalatning asosiy detali hishtak-be-geyik 
hisoblanadi. Be-geyik uchburchak shaklida qilinadi.
 Erkaklar bel kiyimi ikki turda bo‘lgan: ichki – balak (ba-
loq),  dizdan ishtan (ishton) va ustki – jalbar (shalvor). Turk-
man ishtonlari – balak deyiladi. Balaklar katta qadam tashlab, 
bemalol yurishga mo‘ljallangan. Buning uchun mato katta, 
yaxlit qilib bichiladi. Unga bog‘ich taqiladi. Katta tikilgan bu 
ishton tasma yoki bog‘ich bilan bog‘lanadi .
XVII–XIX asrlarda erkaklar otda yurgan. Otliqqa qulay 
bo‘lishi uchun ishtonlar keng-mo‘l qilib tikilgan. Aksariyat 
turkman urug‘i erkaklari oq rangli ishton kiygan. Faqat yosh 
yigitlargina yashil yoki ko‘k rang ishton kiygan. Qishda issiqroq 
matodan to‘qroq rangdagi kiyim kiyilgan. Badavlat kishilar jal-
bari qimmat matolardan tikilgan. Oddiy xalq esa arzon mato-
lardan tikilgan jalbar kiygan yoki ustki ishton kiymagan.
Erkaklar ustki kiyimi ayrim xususiyatlariga ko‘ra ikki xil: 
issiq va yengil kiyim bo‘lgan. Issiq ustki kiyimga quyidagi-
lar kiradi: don (to‘n) – turkman erkaklarining keng tarqalgan 
ustki kiyimi sanaladi; qo‘y terisidan tikilgan po‘stin – ichmek
postun. Yengil ustki kiyim: astarli va ayrim turlari astarsiz – 
paxtasiz don bo‘lgan. Turkmanlar yengil ustki xalatlar ustidan 
ko‘k, qora va havo rangli movutdan tikilgan mavut don (movut 
to‘n) ham kiygan. 
Tunikasimon bichimli yektay astarsiz, ustki kiyim – chek-
men juda keng tarqalgan. Plashga o‘xshash chekmen qo‘y 


150
yoki tuya junidan ishlangan movutdan tikilgan. Kundalik kiyish 
uchun mo‘ljallangan – yegin chekmen dag‘al movutdan tikilgan  
(51-rasm). 
O‘rta Amudaryoning shimoliy tumanlarida qishda yo‘l-yo‘l 
matodan, yelkadan belgacha bo‘lgan qismiga avra-astar orasiga 
paxta solib qavilgan – lenke don kiyilgan. 
Kundalik po‘stin – deri ichmek bo‘lib, uni tikish uchun 
6–7 ta qo‘y terisi ketgan, to‘y-hashamlarda kiyiladigan qishlik 
po‘stin – silkme ichmek esa 10–11 ta hali juni olinmagan yosh 
qo‘zilarning jingalak terisidan tikilgan. Qo‘y terisidan tikilgan 
51-rasm. Turkman erkaklar libosi.


151
erkaklar qishki kiyimi – ichmek, postun ovullarda hozirgacha 
kiyiladi. 
Turkman ustki kiyimlarining hammasi tunikasimon bichim-
da bo‘lgan. XI asr oxirlarida tunikasimon bichimda bo‘lma-
gan, ustki kiyim – guppi-kemzor kiyilgan. Bu kamzul paxtalik 
bo‘lgan.
Qadimda xalatlar bo‘yi ham, yenglari ham uzun bo‘lib,  
kiyganda yeng qo‘l barmoqlarigacha tushib turgan. XIX asr  
oxirlariga kelib xalatlar uzunligi qisqardi va shunga qarab, 
ularning yenglari ham kalta qilindi. Ushbu xalatlarning ko‘krak 
qismiga tasmalar tikilgan bo‘lib, bular kiyim old qismini 
bog‘lash uchun mo‘ljallangan.
Ersarin turkmanlari sidirg‘a, kulrang xalat kiygan. Amu-
daryo  taraflarda  buxorocha  xalatlar  kiyilgan.  Xalatlar  yorqin 
tus berilgan gullar bilan bezatilgan. Kundalik kiyish uchun 
mo‘ljallangan xalat – yektay bir xil rangda bo‘ladi.
Turkmanistonning ko‘pgina tumanlari, ya’ni sharqiy va 
janubiy tomonlarida – girmizidon deb atalgan, to‘y-tantanalar-
da kiyiladigan xalatlar bo‘lgan. Ushbu xalatlar qizil ipak, qora 
va oq, yo‘l-yo‘l matodan tikilgan. Aslzodalar qimmatbaho ma-
tolar, ya’ni movut va baxmal girmizidon xalatlar kiygan.
 Erkaklar bosh kiyimlari o‘ziga xos qadimiy xususiyati bilan 
ajralib turadi. Ushbu bosh kiyimlarda turkman xalqi an’analari 
saqlanib qolgan. Turkman erkaklari ham aksariyat O‘rta Osiyo 
xalqlari kabi, birdaniga ustma-ust ikki xil bosh kiyim: ichki – 
mayin do‘ppi, bir necha qavat matodan tikilgan, shakli har xil 
va turli shakldagi ustki – mo‘ynali telpak kiygan. Erkaklarning 
ichki  bosh  kiyimi  dumaloq,  konussimon  shaklda  bo‘lgan. 
Har xil turkman elatlari yashagan joyiga qarab, bosh kiyim-
lar ham turlicha nomlangan: taxya yoki tayxa, borik, kalpak 
va h.k. Erkaklar ustki bosh kiyimi mo‘ynali bo‘lib, kishi  
yashayotgan joyi, bichimi va mo‘ljallangan o‘rniga qarab har 
xil nomlangan: telpek, borik, chovre, chulakchin va h.k. Bosh 


152
kiyim yechilmagan. Yilning qaysi fasli bo‘lishidan qat’i na-
zar, mo‘ynali telpak quyoshning jazirama issig‘idan, qishning 
qahraton sovug‘idan asragan. Telpak uchun qora, oq, sarg‘ish  
rangli qo‘y va qorako‘l terisi ishlatilgan (51-rasm). 
Turkmanistonning ayrim tumanlarida qariyalar salla – selle 
o‘ragan, salla uchun uzunligi 3–4 metrli, rangli ipli mato  
olingan. Oq sallani, aksariyat, din peshvolari, domla-imomlar 
va taqvodor qariyalar o‘ragan. 
Turkman erkaklarining milliy oyoq kiyimi har xilligi bilan 
diqqatga sazovor. Chokoyi va charik, chepek yoki yelken, edik, 
kaush, mesi – ana shunday erkaklar poyabzali sirasiga kira-
di. Chokoyi – ushbu poyabzal uchi tepaga qayrilgan tumshuqli 
bo‘lib, buzoq terisidan tikiladi. Chepek – cho‘ponlar poyabzali 
hisoblanadi. O‘ziga xos bu sandalning poshnasi charmdan yasa-
lib, jun bog‘ich yordamida bog‘lanadi. Erkaklar qish-u yozda 
etik kiyganlar. Aksariyat, badavlat kishilar otda yurishga qulay 
bo‘lgani uchun etikni ma’qul ko‘rgan. Bunday etiklar baland, 
ingichka poshnali bo‘lgan. Ayrim erkaklar o‘zlariga poshnasiz 
yumshoq etik tiktirib olganlar. 

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish