Kostum va moda tarixi


Аyollarning  milliy  liboslari



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/159
Sana31.12.2021
Hajmi12,37 Mb.
#219288
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   159
Bog'liq
kostum va moda tarixi (1)

Аyollarning  milliy  liboslari    ichki, ustki va kishilik 
kiyimdan iborat bo‘lgan. Ustki kiyimlar – kamzul, yengil xalat 
(mursak, kaltacha), yengsiz nimchalardir. 
Paranji ham ayollarning an’anaviy ustki kiyimi sanalib, 
u to‘n va ichidan qora ot yolidan ishlangan chachvondan 
iborat. ХХ asrning 1930-yillarigacha shaharlik o‘zbek ayollar 


167
paranji yopinganlar. Paranji soxta yengli, to‘nsimon, uzun 
yopinchiqdan iborat bo‘lib, otning dum qilidan to‘qilgan 
to‘r parda – chachvon betga tutilib, ustiga paranji yopilgan. 
Chachvon  yuzni  bekitib,  belgacha  yetgan.  Оdatda,  paranji 
uydan ko‘chaga chiqqanda yopinilgan. Qishloq joylarda 
paranji kam ishlatilgan, uni bayramlarda va uzoq safarga 
chiqilgandagina yopinganlar. Ba’zi qishloqlarda ayollar 
uydan ko‘chaga chiqqanda bola choponi yoki oq bekingich 
bilan yuzlarini bekitganlar. Shahrisabz va Samarqand 
viloyatida yarim ko‘chmanchi o‘zbek qabilalar yo‘l-yo‘l 
matodan tikilgan chopon (jelak) yopinganlar. Uzun va tor 
soxta yengli yoping‘ich – ja’dani  Хorazm  ayollari  kiygan. 
Bunday yoping‘ich Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida 
ham uchraydi.
O‘zbek ayollarining bosh kiyimlari ham turlichadir. Хususan,  
ro‘mol, peshonabog‘, do‘ppilar ular sirasiga kirib, ularning har 
biri o‘ziga xos matodan, rang-barang ip-ipaklardan to‘qilgan, 
tikilgan.
Аyollar poyabzali – mahsi, kavush, kalish kabilar ko‘n yoki 
rezinadan (so‘nggi asrlarda chetdan kirib kelgan) ishlangan 
(54-rasm).
Zeb-ziynatlar ayollar kiyim-kechagining tarkibiy qismi 
sanaladi. Ular orasida sochga taqiladigan shokilali marjon-
munchoqlar, popuklar, tangalar, qadama bezaklar, gajimlar, 
zalvorli kumush ziynatlar, ikki chekkaga va quloqqa taqiladigan 
peshonaband, tillaqosh, zulf, shokilador ziraklar, isirg‘a va 
buloqilarni sanab ko‘rsatish mumkin. Shu bilan birga bo‘yin 
va ko‘krakka taqiladigan marvaridlar, zebigardon, tumor 
va boshqalar, qo‘lga va barmoqlarga taqiladigan bilaguzuk, 
uzuklar, kiyim ustiga taqiladigan xilma-xil tugma, marjon, 
tumorlar, bosh kiyimga qadaladigan ukpar, jig‘a kabilar keng 
tarqalgan.


168
Zamonaviy kiyimlarda milliy an’analar bilan Yevropa 
uslubi qo‘shilib ketgan. Мilliy matolardan zamonaviy ruhdagi 
turli bichimlardagi ko‘ylak va kostumlar xotin-qizlar o‘rtasida 
54-rasm.


169
urf bo‘lgan. Мilliy kiyimlar hayot tarzimiz va iqlim sharoitga 
moslangani bois, qishloq xo‘jaligida mashg‘ul kishilar 
hozirgacha oq yaktakni ish kiyimi sifatida kiyadilar.
XIX  asr  oxiri  –  XX  asr  boshlarida  Тurkiston  o‘lkasida 
yevropacha kamzul (kamzo‘l) paydo bo‘lib, uni erkaklar ham, 
ayollar ham kiygan. Erkaklar kamzuli tik yoqali, uzunligi 
tizzagacha yetadigan, asosan qora matodan tikilgan. Ayollarning 
kamzuli rang-barang duxobadan yoki beqasamdan beli  tor qilib 
tikilgan. Кo‘ylak ustida yengsiz nimcha, ya’ni jiletka kiyish urf 
bo‘lgan. Ingliz libosi tipidagi jaket ham yevropacha libos, palto 
va makintosh kabi ziyolilar orasida tez tarqala boshlagan.
Qadim davrlardan bosh kiyimiga qarab, o‘zbeklarning etnik 
va lokal guruhlari farq qilingan. Erkaklar boshiga, asosan, turli 
xildagi do‘ppi (to‘ppi, taxyo) kiyganlar, ayollar esa, ko‘pincha, 
rang-barang ro‘mol yopingan. Do‘ppining, dastavval, tagi 
va gardishi (kizagi)ni ayrim holda tikib kashtalaganlar va 
mayda  qavib  qo‘shib  tikkanlar.  Оdatda,  do‘ppi  nozik  gulli, 
qadab tikiladi, ayrim ayollarning do‘ppisiga mayda munchoq, 
marjonlar, xorazmliklarda jiyak va popuk taqiladi. Ilgari konus 
shaklidagi  do‘ppilar  Тoshkent,  Samarqand,  Shahrisabzda 
tarqalgan,  bugungi  kunda  Shahrisabzda  saqlangan.  Аyniqsa, 
«bodom» yoki «qalampir» naqshli oq ipak ip bilan tagi qora 
matoga kashtalangan Chust do‘ppi nafaqat vodiyda, balki 
undan  tashqarida  ham  mashhur.  Тagi  kashta  qilinib,  rang-
barang  to‘pbarggul  shaklidagi  Хo‘jand  –  O‘ratepa  do‘ppilari 
butun O‘zbekistonga tarqalgan.
Erkaklar kiyadigan uchli qalpoq – kuloh to‘rt bo‘lak 
uchburchak  matodan,  gardishsiz  tikilgan.  Кonus  shaklidagi 
baland kulohni ilgari qalandarlar kiyishgan, tuxum shaklidagi 
chakkasi biroz yumaloq kulohni Buxoroda yoshi ulug‘ qariyalar 
qishda kiyganlar. Bunday bosh kiyimi o‘rta asr miniatyuralarida 
ko‘p  uchraydi.  Аsli  kulohni  ruhoniylar  va  dindor  kishilar 
ko‘proq  kiyganlar.  Кulohga  o‘xshash  teridan  tikilgan  qishki 


170
telpak Samarqand va Buxoroda uchraydi. Farg‘ona vodiysida 
va  Тoshkent  viloyatida  telpak  duxoba  va  movutdan  tikilgan, 
tepasi tulki yoki suvsar mo‘ynasi, ba’zan qo‘y terisidan tikilgan. 
Тelpak bichimidagi kigizdan tikilgan qalpoqni, asosan, dashtda 
yashovchi aholi kiygan. Qalpoqning ikki chetida keski (qiyiq 
joyi) va soyabon uchun keng hoshiyasi bo‘lgan. Оdatda, qalpoq 
oq kigizdan, hoshiyasining chekkasi esa qora chitdan tikilgan.  
O‘zbekistonning turli mintaqalaridagi liboslar bir-
biridan farq qiladi. Shu ma’noda o‘zbek liboslarini quyidagi 
mintaqalarga  bo‘lib  o‘rganish  maqsadga  muvofiq:  Тoshkent  – 
Farg‘ona, Buxoro – Samarqand, Qashqadaryo – Surxondaryo.

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish