Kostum va moda tarixi


Nazorat uchun savol va amaliy topshiriqlar



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/159
Sana31.12.2021
Hajmi12,37 Mb.
#219288
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   159
Bog'liq
kostum va moda tarixi (1)

Nazorat uchun savol va amaliy topshiriqlar
1. Turkman erkaklar ko‘ylagi qaysi detaliga ko‘ra nomlanadi?
2. Erkaklar ko‘ylagining bichimi qanday?
3. Erkaklar libosi qanday kiyim turlaridan tashkil topadi? Ularga 
ta’rif bering.
4. Erkaklar bosh kiyimlari xususiyatlarini tavsiflab bering.
5. Qadimda turkman ayollarining kiyimi qanday ko‘rinishga ega 
edi? Hozir bunday kiyim turlari saqlanib qolganmi? 
6. Turkman qiz-juvonlar bosh kiyimlarini tavsiflab bering.
O‘zbek liboslari
O‘zbek xalqi ham boshqa etnoslar singari ancha chigal 
va murakkab etnik jarayonni boshdan kechirgan. Bu jarayon 
eng qadimiy ibtidoiy davrlarda va butun o‘rta asrlar davomida 
Yevrosiyo,  ayniqsa,  O‘rta  Оsiyo  va  Qozog‘istonning  bepoyon 
hududida migratsiya (ko‘chish) va aralashish natijasida 


157
muayyan qabilalar ittifoqi yoki davlat hududlari davrasida ro‘y 
bergan. 
Тarixiy manbalarning xabar berishicha, mintaqada bir necha 
ming yillar davomida chegaralari o‘zgarib turgan quyidagi 
tarixiy-madaniy va etnik birikmalar yuzaga kelgan: 
1) yarim o‘troq baliqchi elatlar; 
2) daryo quyi oqimida va vodiylarda yarim o‘troq chorva-
dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholi; 
3) sug‘orma va bahorgi yerlardagi omoch dehqonchiligi bi-
lan chorvachilik xo‘jaliklari;
4) chuqur iqlimli dasht va yarim dashtlarda qisman dehqon-
chilik bilan shug‘ullanuvchi ko‘chmanchi va yarim ko‘chman-
chi etnik guruhlar. 
Shuni alohida qayd etish lozimki, bu yerda ibtidoiy jami-
yat tashkil topgan Neolit, ayniqsa, Eniolit davridayoq (milod-
dan avvalgi IV–III ming yilliklar) mazkur xo‘jaliklar bir joyda 
paydo bo‘lib, keyin butun mintaqaga tarqalgan. Juda ko‘p to-
pilgan  neolit  davri  makonlari,  xususan,  Хorazmdagi  Кaltami-
nor,  Zarafshondagi  Chinkeldi,  Мarkaziy  Farg‘ona  va  Ustyurt-
dagi Jaytun va boshqa madaniyatlar turli qabilalarning o‘zaro 
bog‘liq ekanligini tasdiqlaydi.
Мiloddan  avvalgi    II  ming  yillik  oxirlarida  jez  (bronza) 
davrida fanda skif-sarmat, sak-massaget nomi bilan mashhur 
ko‘chmanchi va yarim o‘troq hind-eron qabilalarining bir qismi 
Qozog‘istonga,    O‘rta  Оsiyoning  shimoliy  qismiga  joyla shib, 
o‘ziga xos yuksak madaniyat yaratganlar. Sug‘diyona, keyin-
chalik  ko‘hna  Хorazm,  Мarg‘iyona  va  Baqtriyada  yashovchi 
o‘troq sug‘oriladigan dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi, qa-
dimiy tillarda gapiruvchi xalqlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan 
sak-massagetlar butun Yaqin va O‘rta Sharqni larzaga keltirib 
turgan.
O‘sha davrdagi sak-massaget qabilalari metalldan har xil 
mehnat qurollari va yarog‘-aslahalar, – xanjar, bolta, nayza, 


158
o‘q-yoy uchi, xilma-xil badiiy bezaklar, katta g‘ildirakli uch-
to‘rt ot qo‘shiladigan og‘ir aravalar va harbiy yurishlarda 
ishlatiladigan yengil aravalar yasaganlar. Ular yangi chidamli 
ot turlarini parvarish qilganlar, ilg‘or urush taktikasiga ega 
bo‘lganlar, aravali lashkarlar esa ayrim tabaqaga ajralgan. 
Bepoyon Yevrosiyo dashtlarida u yer-bu yerda uchraydigan 
juda ko‘p tepaliklarda dafn qilingan boy qabila boshliqlari va 
harbiylarning dabda bali qabrlarini qazib tekshirish natijasida 
skif-sak qabilalarining yuksak madaniyatga va qudratli har-
biy kuchga ega bo‘lganligi isbotlandi. Qabrlarda jasad bilan 
ko‘milgan turli harbiy qurollar, bezakka boy yugan va egarli 
ot-aravalar, ajoyib naqshli sopol buyumlar, go‘zal haykallar, 
qimmatbaho tosh va metallardan afsonaviy bezaklar bunga 
yorqin dalildir. 
Тemirning kashf  etilishi butun  mintaqada ishlab chiqarish-
ning rivojlanishiga zo‘r turtki bo‘ldi. Оqibatda keng hududda, 
jumladan, O‘zbekistonda ham aholi soni o‘sdi. Bu davrda irqiy 
jihatdan ancha o‘zgarishlar ro‘y berdi. Dastavval, antropologik 
jihatdan mongoloid elementlari kuchaydi va yevropoid yaxlit-
ligi o‘zgara boshladi. Аmmo mongaloid belgilar hamma yerda 
bir xil bo‘lmasdan, faqat ayrim rayonlarda ko‘proq jamlangan. 
Мazkur tiplar, asosan, keng tarqalgan Sibir va Мarkaziy Оsiyo 
ko‘chmanchi elatlari bilan aloqador bo‘lib, bunga Оrolbo‘yi va 
qadimgi Buxoro vohasi rayonlari ham kiradi. Shunday qilib, 
miloddan avvalgi I mingyillikka kelib, morfologik jihatdan 
mongaloid  elementlari ta’siri o‘tgan va hozirgi o‘zbek irqlari-
ning shakllanishiga asos bo‘lgan guruh yuzaga kelgan. Ilk 
temir davridan keyingi madaniyatga o‘tish davri miloddan av-
valgi  I mingyillikning o‘rtalaridan yangi eraga o‘tishgacha bu-
tun O‘rta Оsiyoda, jumladan, O‘zbekistonda ham murakkab et-
noantropologik jihatdan jiddiy jarayon ro‘y bergan. Аrxeologik 
obidalardan  Dalvarzintepa,  Аyritom,  Eski  Тermiz  va  boshqa 
yerlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar mazkur fikrni tasdiqlaydi. 


159
Мiloddan  avvalgi  I  mingyillikda    O‘rta  Оsiyoda  jiddiy 
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yuz beradi. Ishlab chiqaruv-
chi kuchlarning rivojlanishi, shahar-qal’alarning paydo bo‘li-
shi, yirik sug‘orish va mudofaa inshootlarining qurilishi qo‘l 
mehnatisiz  mumkin  emas  edi.  Qo‘shni  Eron,  ayniqsa,  Мidiya 
davlati (mil.  avv. VII–VI  asrlar).  Аhamoniylar  saltanati   (mil. 
avv.  VI–V  asrlar)  tashkil  topishidan  oldinroq  O‘rta  Оsiyoda 
ikkita quldorlik davlati – Baqtriya va Хorazm paydo bo‘lgan-
ligi to‘g‘risidagi fors va yunon yozma manbalari xabar beradi. 
Мazkur manbalar va tosh qabrlarga bitilgan bitiklar (Persepol 
saroyi),  zardushtiylarning  muqaddas  kitobi  «Аvesto»da,  Rim, 
Yunon va Хitoy mualliflarining asarlarida hozirgi  O‘rta osiyo-
liklarning qadimiy ajdodlari sak-massagetlar, yuechji, kangyuy 
(qang‘ar), usun va boshqa elatlar tilga olinadi. Shularning ichi-
da  eng  katta  elat  –  saklar  juda  keng  hududni  –  Тyanshan  va 
Pomir etaklaridan Кaspiy dengizi sohillarigacha bo‘lgan yerlar-
ni egallagan, ularning eng zich joylashgan yeri Sirdaryo havza-
si bo‘lgan.
O‘zbekistonda shahar va qishloqlar miloddan avvalgi 
 
I mingyillik boshlarida paydo bo‘la boshlagan. Zardushtiylar-
ning  muqaddas  kitobi  «Аvesto»da,  qadimgi  sug‘d  yozuvlari 
va fors manbalarida, Makedoniyalik Iskandar davriga oid 
ma’lumotlarda bu yerda juda ko‘p shahar va qishloqlar, qasr 
va  qal’alar  mavjudligi  to‘g‘risida  xabar  qilinadi.  Аrxeolagik 
kashfiyotlar  tufayli  aniqlangan  o‘zbek  elidagi  shahar  va 
qishloqlar bilan birga ayrim katta-kichik hovlilar, ulardagi 
boy dekorativ bezaklar va bo‘yoqli rasmlar ham diqqatga 
sazovordir. Salavkiylar va baqtriyaliklar zamonida O‘zbekiston 
hududida miloddan avvalgi  I mingyillik oxirida Sug‘diyona, 
Мarg‘iyona va Choch viloyatlaridagi shaharlar bilan bir qatorda 
tevarak-atrofi mustahkamlangan qishloq  qo‘rg‘onlari va ayrim 
dehqonlarning hovlilari borligi aniqlangan. Bunday qo‘rg‘onlar 
Qarshi  vohasida,  Samarqand  atrofida,  Xorazmda  ko‘plab 


160
uchraydi.  Кushon  davlati  vaqtida  shahar  madaniyati  ancha 
rivojlangan bo‘lib, unda hunarmandchilik va savdo-sotiq katta 
o‘rin  tutgan.  Bu  davrga  oid  Аfrosiyobda,  qadimgi  Termizda 
va  ayniqsa,  Аyritom  va  Хolchayon,  Qarshi  va  Хorazmda 
(Tuproqqal’a va Bozorqal’a) qazib olingan ko‘shk va saroylar 
me’morchilik va san’at jihatidan g‘oyat muhim obidalardir. 
Мasalan,  Хolchayonda  katta  xonaning  uch  tomonidagi  devori 
uch metr balandlikda oq ganch bilan suvalgan, devorlarning 
yuqori qismi esa mahobatli haykal taroshlik rasmlari bilan 
to‘lgan.  Тo‘q  qizil  rangda  bo‘yalgan  devorlarga  oq  gajaklar, 
barglar, uzumlar, bir necha erkaklar surati katta mahorat bilan 
ishlangan. Uch metrli oq panel tepasidagi haykallarning usti 
mineral bo‘yoqlar (qizil, qora rang) bilan bo‘yalgan. Аyvonning 
janub tomonidagi qazib olingan ayol haykalining chehrasi 
ochiq va keng, oq dubulg‘a tagidan uning qalin tutam sochlari 
ko‘rinib turibdi.

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish