Yassi oyoqlik va uning kelib chiqish sabablari
102-guruh talabasi
Ermakova Sevinch
Yassioyoqlik – oyoq panjasi gumbazining yalpayib, tekis bo‘lib qolishidir. Oyoq bo‘yiga yoki eniga yassi bo‘lishi mumkin, goho har ikki belgi birga uchraydi. Oyoq eniga yassi bo‘lsa, uning tagi eniga yalpayadi, og‘irlik esa oyoqning 1 va 5-barmoqlariga tushmay, barmoq tagiga, kaft suyaklarining boshchasiga tushadi. Oyoq bo‘yiga qarab yassi bo‘lsa, uning tagi yerga bir tekis tegib turadi.
Bolalarda uchraydigan yassioyoqlikning oldini olish uchun ularning qaddi-qomatiga e’tibor berish, boshi va tanasini to‘g‘ri tutishga o‘rgatish lozim. Oyoqning muskul va boylamlarini mustahkamlashda badantarbiya va sport bilan shug‘ullanish, shuningdek, yozning issiq kunlari tuproqda yalangoyoq yurishning foydasi bor.
Bolalarda yassioyoqlik jiddiy muammo hisoblanadi. Kichkintoylarda ushbu holatning tug‘ma ko‘rinishini besh yoshgacha aniqlash qiyinchilik tug‘dirganligi sababli shifokorlar profilaktika maqsadida bolalarning oyoq kiyimiga ortopedik moslamalarni solishni tavsiya etishadi. Bunday moslamalar bolaning o‘sayotgan oyog‘ini to‘g‘ri shakllanishiga yordam beradi va yassi oyoqlik vujudga kelishining oldini oladi.
The quick brown fox jumps over a lazy dog. The quick brown fox
jumps over a lazy dog. The quick brown fox jumps over
a lazy dog. The quick brown fox jumps over
a lazy dog. The quick brown fox
jumps over a lazy dog.
NEXT
Yassioyoqlikni aniqlash uchun bolani yalangoyoq yurgizish kerak. U turli yo‘nalishlarda yurib ko‘rishi lozim. Ota-onalar esa oyoqchalarning ichki qismiga e’tibor berib kuzatishlari muhim. Ular yerga deyarli tegmasligi kerak. Kamdan-kam holatlarda yassi oyoqlik tug‘ma bo‘ladi. Odatda bola yura boshlasa nuqson ko‘zga tashlanadi.
Bolalarda yassioyoqlikning oldini olishni bola tug‘ilgan ilk kunlaridan boshlash lozim. Bunda bola oyoqlarining mushaklarini mustahkamlash zarur. Buning uchun uqalash, davolovchi gimnastika, maxsus muolajalardan foydalaniladi. Boldir va tovon mushaklarini uqalashni ota-onalarning o‘zlari bajarishi mumkin. Bunda boldir mushaklarini barmoqlar bilan uqalash yetarli.
Kattalar uchun esa quyidagi mashqlarni bajarish tavsiya etiladi:
1-mashq.
Tovonlar balandligini o‘zgartirishga va ularni to‘g‘ri holatda tutishga mo‘ljallangan. Bu mashqni ertalab bajargan ma’qul.
20-30 soniya oyoq uchida turing.
5-10 marta takrorlang.
2-mashq.
Zaif mushaklarni va boldir paylarini mustahkamlaydi.
Yerga bir necha sharchalarni qo‘ying.
Oyog‘ingiz barmoqlari yordamida har bir sharchani navbatma-navbat idish ichiga joylashtiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |