Kostum va moda tarixi



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/159
Sana31.12.2021
Hajmi12,37 Mb.
#219288
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   159
Bog'liq
kostum va moda tarixi (1)

Dambal  – erkaklarning ichki ishtoni hisoblangan. Erkak-
larning ichki va ustki ishtonlari bir-biridan uncha farq qilma-
gan. Ishtonlar qadam tashlashga qulay bo‘lishi uchun keng 
qilib, bel qismida ham katta bichilgan va belboqqa tikilgan 
keng uzun bog‘ich – tasma yordamida belga tortib mahkam-
langan. 
Qishda qo‘y terisidan mo‘ynasi ichki tarafga o‘girib tikilgan 
ishton – teri shalbar
 (teri shalvar) yo bo‘lmasa, paxta yoki jun 
solib qavilgan shalvar kiyilgan. Boylar esa ipak bilan kashta 
tikilgan, naqsh chekilgan, qizil yoki sariq rangli, maxsus ishlov 
berilgan, ya’ni oshlangan mayin, baxmalsimon charmdan 
tikilgan ishton kiygan (1-rasm). 
Ustki ishtonlar Semirechye, Markaziy va Sharqiy Qozog‘is-
tonda sim (shim) deb atalgan va u yozgi hamda qishki turlarga 
bo‘lingan. XIX asrda yozgi ustki ishtonlar oshlangan, mayin, 
baxmalsimon mato, charmdan va jun matolardan tikilgan. XIX 
asrda turkiy xalqlar orasida juda keng tarqalgan ichki ishtonlar 


128
dambal, tambal yoki ishton
ustki ishtonlar esa shalbar deb 
atalgan. 
Ko‘ylak ustidan erkak-
lar yengil, oldi ochiq, tugma 
taqiladigan, gavda qomatiga 
moslab bichilgan, etak tomo-
ni xiyol kengaygan – kemzal 
(kamzul) kiygan. Kamzul astarli qilib tikilgan. Sovuq tushgan-
da kamzul astari jun matodan qalin qilib, avrasi bilan birga 
qavilgan. Qishda esa kamzul astari mo‘ynali qilingan. 
Qozoqlar yilning qaysi fasli bo‘lishidan qat’i nazar, ustki 
kiyim – shapan (chopon) kiygan. Choponlar har xil, yupqa 
va qalin, ranglari ham turli matolardan, ko‘pincha astari jun-
li matodan tikilgan. Oshlangan mayin, baxmalsimon teri, 
charm choponlar ham bo‘lgan. Erkaklarning ustki kiyim-
lari: mo‘ynadan ikki qavat qilib tikilgan chakmon – shek-
pen; plash-yopinchiq – kebenek; kigiz yopinchiqlar, avrasiz 
po‘stin  –  ton  (to‘n),  mo‘ynali  po‘stin  –  іshіk  hisoblangan. 
Ustki kiyim turlari, uzunligi va eni, yupqa va qalinligi bilan 
farq qilgan. Ayrimlari, kigiz yoki mo‘ynali qilib tikilgan (46-
rasm). 
Erkaklar libosiga qo‘shimcha detal sifatida charm kamar 
taqilgan. Kamarga tilla, kumush va misdan naqsh chekib, be-
zak berilgan. Aksariyat katta yoshli kishilar bosh kiyim kiygan. 
Ular sochlarini qirib, kichkina qalpoqcha – do‘ppi, uning us-
45-rasm. Yigitlarning(djigit) 
qishki libosi: ustki kiyim – 
ishik, shapan, ton; bosh kiyim 
– borik; bel kiyim – jarg‘aq 
shalbar; belbog‘ – belbeu;  
etik – saptama yetik.


129
tidan boshqa bosh kiyimlarni kiyganlar. Do‘ppilarning – taqiya 
va kepesh kabi turlari ham bo‘lgan. Yozda do‘ppi va bosh-
qa bosh kiyimlar o‘rniga boshga oramal – kichik oq ro‘mol 
bog‘langan. Yoshlarning ro‘mollariga kashta tikilgan. Do‘ppi 
baxmal, movut, ipak, sidirg‘a va yo‘l-yo‘l matolardan tayyor-
langan. 
46-rasm. Erkaklarning ustki kiyimlari: 1-mo‘ynali po‘stin 
(іshіk); 2-avrasiz po‘stin (ton); 3-chakmon (shekpen);  
4-chopon (shapan)
Yozgi yengil qalpoq; kigiz qalpoq va chekkasi mo‘ynali 
bosh kiyimlar; qishki timak, maxsus bichimli, mo‘ynali telpak 
qozoqlarning ustki bosh kiyimlari sanalgan. Timak (tumoq) 
orqasi uch bo‘lakdan iborat, peshona qismi bo‘rtib chiqqan, 
orqa  tarafidagi  bo‘lagi  kattaroq  bo‘lib,  bo‘yin  va  yelkalarni 
yopib turgan.
Erkaklar bosh kiyimiga chit astarli, qora movutdan tikilgan 
jalbag‘ay ham kiradi. Jalbag‘ay qattiq bo‘ron turgan vaqtlar-


130
da timak ustidan kiyilgan, To‘rg‘ay va Markaziy Qozog‘iston 
hududlarida qor va yomg‘irdan himoya qiluvchi vosita sifatida 
keng tarqalgan. O‘lchami kichikroq, shunga o‘xshash boshqa 
bir bosh kiyimi dalbay, deb ataladi. Dalbay Qozog‘istonning 
janubiy qismida keng tarqalgan bo‘lib, u erkaklarning yozgi 
bosh kiyimi hisoblanadi. 
Hukmdorlar, sultonlarning bosh kiyimlari konussimon uzun 
qalpoq shaklida bo‘lib, hoshiyasi keng va qayrilib turgan.  
Qalpoq och pushti yoki qizil rang kimxob bilan qoplanib, 
hoshiyasiga yashil rangli zar iplar bilan kashta tikilgan. Yo 
bo‘lmasa, qalpoq kumushrang parcha bilan qoplanib, u do‘ppi 
ustidan kiyilgan. 
Qozoq erkaklari oyoqlariga yumshoq poshnasiz mahsi – masi 
ichkaridan tashqariga chiqqan kavush – kebis kiygan. Erkaklar 
poyabzalidan yana biri – kiiz yetik (kigiz etik) hisoblanadi. 
Erkaklarning qishki etiklari – saptama yetik, dau yetik, baypaq 
yetik bo‘lib, ular bir-biridan balandligi va eni, qo‘njining kengligi 
bilan farqlangan. Etiklar atayin shunday keng tikilgan, chunki 
qishda etiklar kigiz paypoqlar bilan kiyilgan.

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish